O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə108/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Offshor sug‘urta kompaniyasi — maxsus maqomga ega bo‘lgan
sug‘urta kompaniyasi. Offshor sug‘urta kompaniyalari soliq to‘lash
stavkalari eng kam bo‘lgan offshor zonalarda (Bermud oroli,
Gernsi, Men va Keymanov orollari) tashkil etiladi. Offshor
zonalarda amalga oshiriladigan sug‘urta operatsiyalari sug‘urta
kompaniyasini tashkil etishda qatnashgan ta’sischilar joylashgan
davlat organlari tomonidan nazorat etilmaydi.
Prolongatsiya — o‘zaro kelishgan holda sug‘urta shartnoma-
sining amal qilish muddatini uzaytirish. Prolongatsiya yozma
ko‘rinishda tasdiqlanishi mumkin.
Proporsional qayta sug‘urtalash— qayta sug‘urtalash shartno-
masini tuzish shakli. Bu yerda qayta sug‘urtalash kompaniyasi
sug‘urta mukofotlarining umumiy tushumidagi va sug‘urta qop-
lamalarini to‘lashda o‘z ulushiga ega. Proporsional qayta sug‘urta-



2 0 3
lash shartnomalari kvotali, eksedentli va kvota-eksedentli


shartnomalarini o‘z ichiga oladi.
Risklarni joylashtirish — 1) sug‘urta manfaati tufayli yuzaga
keladigan sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarning boshlanish
jarayoni. Risklarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi
joylashtirish, teng ravishda sug‘urtalash, qayta sug‘urtalash va
retrotsessiyaga to‘g‘ri keladi. Bozor munosabatlariga asoslangan
iqtisodiyotda risklarni joylashtirish sug‘urta vositachilari orqali
sug‘urta bozorida amalga oshiriladi; 2) sug‘urta brokeri yordamida
bir vaqtning o‘zida yirik va xavfli risklarni qismlarga bo‘lib, bir
nechta sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalash uslubi. Bir qancha
sug‘urta kompaniyalari tarkibidan bittasi yetakchi sifatida ajralib
chiqadi va u sug‘urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, risk-
ning tegishli qismini o‘z javobgarligiga oladi. Keyin broker boshqa
sug‘urta kompaniyalariga murojaat qilib, riskning qolgan qismini
ham joylashtiradi.
Raqobat — sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta bozoridagi o‘z
ulushini egallashi uchun o‘zaro iqtisodiy musobaqasi. Raqobat
sug‘urtalanuvchi uchun sug‘urta kompaniyalarini tanlab olishlarida
ko‘mak beradi. Raqobat sug‘urta xizmatining kengayishida va ular
sifatining oshishida muhim ahamiyatga ega. Bir sug‘urta xizmatini
ko‘rsatayotgan bir necha sug‘urta kompaniyalari raqobat sharoitida
mijozlarni jalb etish uchun ularga sug‘urta shartnomalarini tuzish-
da, sug‘urta mukofotlarini to‘lashda va sug‘urta qoplamalarini
qisqa muddatlarda to‘lashda imkoniyat yaratadi.
Retrotsedent — qabul qilib olingan qayta sug‘urtalash riskini
retrotsessiyaga (ikkinchi qayta sug‘urtalash) beruvchi sug‘urta yoki
qayta sug‘urtalovchi kompaniya.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin