O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə107/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Tibbiy sug‘urta — aholi sog‘lig‘ini himoya qilish vositalaridan
biri. Sug‘urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan, sug‘urta polisi
orqali bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish
bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta kompaniyasi to‘laydi. Tibbiy
sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.
Mulkiy sug‘urta — turli ko‘rinishdagi mol-mulklarni saqlash
bilan bog‘liq manfaatlar sug‘urta munosabatlarining obyekti
hisoblangan, sug‘urtaning mustaqil tarmog‘i. Sug‘urtalanuvchi-
ning shaxsiy mulki, uning qaramog‘ida joylashgan mol-mulklar
sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi sifatida, nafaqat mol-
mulkning sohiblari, balki mol-mulkning saqlanishi uchun
mas’uliyatli bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar ham bo‘lishi
mumkin.



2 0 2
Netto-stavka — brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-


stavka sug‘urta qoplamasini to‘lashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari
resurslari bo‘lib, u brutto-stavkaning 90 foizigacha miqdorini
tashkil etadi.
Obligatorli qayta sug‘urtalash — 1) qayta sug‘urtalashning
majburiy shakli. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga ko‘ra, ushbu
mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta
kompaniyalari qabul qilgan risklarining bir qismini majburiy
ravishda qayta sug‘urtalash kompaniyasiga beradi. Bu chora qayta
sug‘urtalash orqali chet elga valutaning chiqib ketishining oldini
oladi; 2) sug‘urta kompaniyasi (sedent) ma’lum bir sug‘urta turi
bo‘yicha riskni qayta sug‘urtalovchiga berishini va o‘z navbatida,
qayta sug‘urtalovchi, riskni qabul qilishni nazarda tutuvchi qayta
sug‘urtalash shartnomasi.
Majburiy sug‘urta— sug‘urta munosabatlarining qonun kuchiga
ega bo‘lgan shakli. Majburiy sug‘urta qonunchilik hujjatlari asosida
amalga oshiriladi. Ushbu hujjatda sug‘urtaga tortiladigan obyektlar
soni, sug‘urta javobgarligining hajmi, sug‘urta munosabatlarida
qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa
rekvizitlar ko‘rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan, O‘zbekis-
tonda majburiy sug‘urtani tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan har
qanday sug‘urta kompaniyasi o‘tkazishi mumkin.
Oferta — asosiy shartlar ko‘rsatilgan holda sug‘urta shartno-
masini tuzish taklifi. Sug‘urta kompaniyasi ofertani konkret yuridik
yoki jismoniy shaxsga yo‘llashi mumkin.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin