1 3 7
Bugungi kunda aholi turmush darajasining doimo oshib borishi,
transport vositalarining yanada takomillashishi jahonda avtomobillar
sonining muntazam o‘sishiga olib kelayapti. O‘zbekiston
Respublikasida 1,5 mln dan ortiq avtotransport vositalari bo‘lib,
kelgusida ularning soni keskin oshishi kutilmoqda. Shubhasiz, bunda
«UZDAEWOO AVTO» avtomobil zavodi tomonidan va yaqin hamda
uzoq xorij mamlakatlaridan xalqaro standartlarga mos keladigan av-
tomobillarning kelishi hisobiga erishiladi.
Afsuski, transport vositalari sonining ko‘payishi salbiy oqibatlarga
olib keladi. Ya’ni yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar
ko‘payishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati
xavfsizligi boshqarmasining ma’lumotlariga qaraganda birgina 2000-
yilning 9 oyi mobaynida 1981 ta yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan
bo‘lib, unda 150 kishi halok bo‘lgan
1
.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston
Respublikasida transport vositalari va boshqa o‘ziyurar mashina
hamda mexanizmlar egalari fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasi
to‘g‘risida» 1994-yil 30-dekabrda qabul qilgan 632-sonli qaroriga
(bu qarorga Vazirlar Mahkamasining «Sug‘urta xizmatlari bozorini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2002-yil 27-
noyabrdagi 413-son qarori bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
kiritilgan) muvofiq, 1995-yil 1-yanvardan boshlab transport vositalari
egalari fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi joriy etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulk-
chilikning barcha shakllaridagi transport vositalari egalari fuqarolik
javobgarligi majburiy sug‘urtasiga jalb qilinadilar.
Ushbu fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasining joriy etilganligi
yo‘l-transport ishtirokchilari manfaatlarini himoya etishga va ularni
ijtimoiy muhofaza etishga qaratilgandir.
Quyidagi jadvalda transport vositalari
egalarining fuqarolik javobgarligini maj-
buriy sug‘urta qilish bo‘yicha transport
vositasi birligidan bir yilda bir marta
undiriladigan sug‘urta summasi hajmidan
sug‘urta mukofotlari tariflari miqdorlari
keltirilgan (6-jadval).
Dostları ilə paylaş: