Yuridik shaxslar mol-
mulki sug‘urtasida
ishtirok etayotgan
tomonlarning huquq
va majburiyatlari
1 3 1
va tiklash ishlari boshlangunga qadar o‘zi qiladigan ishlarni
sug‘urtalovchi bilan kelishib olishi kerak.
Yuridik shaxslar quyidagi huquqlarga ega bo‘lishi mumkin:
— butun mulkni va ayrim obyektlarni tomonlarning qo‘shim-
cha kelishuvi yoki yangi sug‘urta shartnomasi shartlari asosida
qo‘shimcha sug‘urtalash;
— sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda mustaqil ekspertiza
o‘tkazilishini talab qilish;
— sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urtalovchi-
dan sug‘urta masalalari borasida maslahatlar olish;
— sug‘urtalovchi bilan kelishgan holda sug‘urta shartnomasi-
ga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish.
Yuridik shaxslar oldida sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta
tashkiloti quyidagi majburiyatlarga ega bo‘ladi:
— shartnomada belgilangan muddatlarda sug‘urta polisini
berish va shartnoma tuzishda asoslanilgan sug‘urtalash qoidalari
bilan tanishtirish;
— sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta hodisalari
yuz berganda sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi haqidagi
dalolatnoma asosida sug‘urta qoplamasi to‘lash;
— sug‘urtalanuvchi bilan bo‘ladigan munosabatlarda max-
fiylikni ta’minlash.
Shu bilan bir qatorda, sug‘urta tashkilotining huquqlari
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
— agar sug‘urta hodisasi:
a) sug‘urtalovchining sug‘urta hodisasini keltirib chiqarish
uchun ataylab qilgan xatti-harakatlari natijasida yuz bergan bo‘lsa;
b) sug‘urtalanuvchi riskdagi jiddiy o‘zgarishlar haqida
sug‘urtalovchiga xabar qilmagan bo‘lsa;
d) sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi to‘g‘risida sug‘urtalov-
chiga xabar bermagan yoki yetkazilgan zarar tafsilotlari, turi va
miqdorini aniqlashda sug‘urtalovchi yoxud uning vakili ishtirok
etishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lsa;
e) sug‘urtalanuvchi zararni aniqlash uchun zarur bo‘lgan
hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, sug‘urta tovoni to‘lashni rad etish;
— sug‘urta shartnomasining muddati mobaynida sug‘urtalangan
mulkning ahvoli va qiymatini, shuningdek, sug‘urtalanuvchi o‘z mulki
haqida ma’lum qilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish;
— sug‘urtalanuvchidan sug‘urta hodisasi haqida xabar kelishi-
ni kutib o‘tirmasdan, sug‘urta hodisasi yetkazgan zararni ko‘zdan
kechirish va baholashga kirishish;
1 3 2
— sug‘urta hodisasi yuz berish xavfining darajasini ifodalov-
chi qo‘shimcha hujjatlarni talab qilib olish.
Sug‘urtalanuvchi bo‘lgan yuridik shaxslar sug‘urta mukofotini
shartnomada ko‘rsatilgan muddatda to‘lamaganda shartnoma
yuridik kuchini yo‘qotishi mumkin.
Agar sug‘urtalangan mulkning yo‘qolishi yoki zararlanishiga
quyidagilar sabab bo‘lsa, sug‘urta tashkiloti sug‘urta javobgarli-
gidan ozod etilishi mumkin:
a) sug‘urtalanuvchining majburiyatlari kuchga kirgunga qadar
mulkda mavjud bo‘lgan hamda sug‘urtalanuvchi yoki uning
vakillariga ma’lum bo‘lgan kamchilik va nuqsonlar;
b) sug‘urtalangan mulkdan foydalanish qoidalarining
sug‘urtalanuvchi yoki uning vakillari tomonidan buzilishi natijasida
zarar yetkazilishi;
d) sug‘urtalanuvchining yoki uning shartnoma bo‘yicha su-
g‘urtalangan mulk ishonib topshirilishi mumkin bo‘lgan xodim-
laridan, vakillaridan yoki boshqa shaxslardan birining ehtiyot-
sizligi, vijdonsizligi, nosamimiyligi, shuningdek, mulkka
mulkdorlik yoxud egalik huquqining qalloblik yo‘li bilan boshqa
shaxsga o‘tkazilishi;
e) doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi foydalanish omillari (eskirish,
zanglab chirish) va ob-havo omillari ta’sirida yoxud sug‘urtalangan
narsalardan foydalanmaslik oqibatida asta-sekin zararlanish;
f) sug‘urtalanuvchi yoki uning vakillari tomonidan yong‘in
xavfsizligi qoidalarining buzilishi;
g) yengil alangalanadigan modda va materiallarni saqlash yoki
ulardan foydalanish qoidalarining buzilishi;
h) sug‘urtalanuvchi zararlangan narsalarni yoki ularning
qoldiqlarini sug‘urtalovchiga ko‘rsatishdan bosh tortgan taqdirda,
butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin bo‘lgan narsalar bundan
mustasnodir;
i) urush yoki urush harakatlari (urush e’lon qilingani-
qilinmaganidan qati nazar), g‘alayon, inqilob, qo‘zg‘olon, isyon,
fitna, ish tashlash, noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatni qo‘lga olish,
suiqasd, qo‘poruvchilik harakati, amalda yoki qonuniy mavjud
bo‘lgan hukumatning yoki biror hokimiyat organining farmoyishi
bilan musodara qilish, rekvizitsiya, buzish yoki zararlantirish,
yadro reaksiyasi, yadro nurlanishi yoxud radioaktiv zararlanish.
Ichki sanitariya texnikasi tizimlari buzilganda quyidagi:
1 3 3
a) agar falokat sug‘urtalanuvchining ehtiyotsizligi yoki noshud
xatti-harakatlari tufayli yuz bergan;
b) basharti falokat uchinchi shaxslarning ataylab qilgan yoki
ataylab qilmagan xatti-harakatlari oqibatida yuz bergan hollarda
sug‘urta tashkiloti yetkazilgan zarar uchun javob bermaydi.
Sug‘urta qoplamasi sug‘urtalanuvchining
zararni qoplash to‘g‘risidagi yozma
arizasi, shuningdek, vakolatli organlar-
dan olingan tegishli hujjatlar asosida
to‘lanadi. Bunday hujjatlarning taqdim
etilmasligi sug‘urtalovchiga ushbu hujjatlar bilan tasdiqlanmagan
zarar uchun tovon to‘lashni rad etish huquqini beradi.
Sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgani haqida ariza
bergach, komissiya tuzilib, uning tarkibiga sug‘urtalanuvchining,
sug‘urtalovchining, zarur hollarda esa vakolatli tashkilotlarning
ham vakillari kiritiladi.
Komissiya muayyan muhlat ichida zararlanish sabablari va
miqdorini aniqlaydi. Komissiya sug‘urta hodisasini e’tirof etgan
taqdirda yo‘qotish va zararlar miqdori, shuningdek, to‘lanishi
lozim bo‘lgan sug‘urta qoplamasining miqdori aniqlanadi.
Tomonlar buni dalolatnomada qayd etadilar.
Mazkur dalolatnoma sug‘urtalanuvchiga sug‘urtalovchi tomo-
nidan sug‘urta tovoni to‘lanishi uchun asos bo‘ladi.
Zarar sabablari va miqdori xususida tomonlar o‘rtasida nizolar
paydo bo‘lgan hollarda mustaqil ekspertiza o‘tkazilishi mumkin.
Sug‘urtalanuvchi zararni qoplash haqidagi arizasida quyidagi-
larni ko‘rsatishi shart:
— sug‘urta hodisasi yuz bergan sana va uning tavsifi;
— sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urtalanuvchi qilgan
ishlar;
— zarar miqdori va sug‘urtalanuvchi da’vo qilayotgan sug‘ur-
ta tovonining miqdori. Bunda tegishli ro‘yxat va summa ko‘rsa-
tilishi kerak;
— zararni qoplash uchun uchinchi shaxslardan olingan tovon
miqdori.
Mabodo zarar to‘liq qoplangan bo‘lsa yoki sud qaroriga ko‘ra
zarar aybdor shaxs tomonidan qoplanadigan bo‘lsa, sug‘urtala-
nuvchi sug‘urta tovoni olish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |