1 3 4
Quyidagi hollarda sug‘urta tovoni to‘lanmaydi:
— agar sug‘urtalanuvchi zarar yetkazilishiga olib keluvchi xatti-
harakatlarni ataylab yoki qo‘pol ehtiyotsizligi tufayli sodir etgan
yoki ularga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa;
— basharti zarar kelib chiqishiga olib kelgan holatlar huquqni
muhofaza qilish organlari tomonidan tekshirilayotgan bo‘lsa,
tekshiruv tamom bo‘lgunga qadar.
Mabodo sug‘urtalanuvchi yoki naf oluvchi shaxs zarar uchun
aybdor yoki uchinchi shaxslardan tovon olgan bo‘lsa, sug‘urta-
lovchi sug‘urta shartlariga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan pul bilan
aybdor yoxud uchinchi shaxslardan olingan pul o‘rtasidagi
farqning o‘zini to‘laydi.
Shartnoma imzolagandan so‘ng risk darajasida ro‘y bergan va
sug‘urta hodisasi yuz berish ehtimolini
oshiradigan barcha
o‘zgarishlar sug‘urtalovchiga sug‘urta shartlarini o‘zgartirish hamda
qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lanishi talab qilish huquqini beradi.
Sug‘urtalanuvchi qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘lashdan bosh
tortgan taqdirda mazkur shartnoma yuridik kuchini yo‘qotadi,
to‘langan sug‘urta mukofoti esa qaytarib berilmaydi.
Shartnomada kelishilgan zararlarni qoplash uchun sug‘urta-
lovchi tomonidan amalga oshirilgan har bir to‘lov majburiyatlar
chegarasini ana shu to‘lov
miqdorida, ammo agar mas’uliyat
chegarasini qayta tiklash uchun qo‘shimcha sug‘urta mukofoti
to‘lanmasa, dalolatnomada qayd etilgan zarar miqdoridan ko‘p
bo‘lmagan hajmda kamaytiradi.
Shartnoma tomonlar unda ko‘rsatilgan
majburiyatlarini
bajarmay qo‘ygunlariga qadar kuchda bo‘ladi.
Tomonlardan birining kamida 30 kun oldin beriladigan yozma
arizasiga binoan shartnoma istalgan
vaqtda bekor qilinishi
mumkin.
Agar sug‘urtalanuvchi shartnomani muddatidan oldin bekor
qilishini ma’lum qilsa, sug‘urta mukofoti unga qaytarilmaydi.
Sug‘urta shartnomasi bekor qilinishini sug‘urtalovchi talab
etgan taqdirda:
a) sug‘urtalanuvchiga sug‘urta
mukofoti muddati tamom
bo‘lmagan davrga mutanosib miqdorda qaytariladi, bunda o‘tgan
davrda qilingan xarajatlar sug‘urta mukofotidan ushlab qolinadi;
b) basharti sug‘urta shartnomasi bekor qilinishining talab etilishiga
ushbu shartnomada kelishilgan shartlarning sug‘urtalanuvchi
1 3 5
tomonidan buzilishi sabab bo‘lsa, faqat sug‘urta mukofoti muddati
tamom bo‘lmagan davrga mutanosib miqdorda qaytariladi.
Sug‘urta tovoni to‘lash haqida dalolatnoma tuzilgandan keyin
sug‘urtalanuvchining zarar yetkazilishi uchun javobgar shaxslarga
nisbatan bo‘lgan huquqlari to‘langan pul miqdorida sug‘urta-
lovchiga o‘tadi. Bunda sug‘urtalanuvchi aybdor shaxslardan talab
qilish huquqini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni
sug‘urtalovchiga berishi shart.
Sug‘urtalanuvchi zarar yetkazgan shaxsga bo‘lgan da’vosidan
yoki unga nisbatan bo‘lgan talablarning amalga oshirilishini
ta’minlovchi huquqlaridan voz kechganda, shuningdek, regress
talabni qo‘yish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni sug‘urtalovchiga
berishdan bosh tortganda sug‘urtalovchi sug‘urta tovoni to‘lashdan
ozod bo‘ladi.
Shartnomaga kiritiladigan hamma qo‘shimcha va o‘zgartirish-
lar, shuningdek, prolongatsiya, bekor qilish yoki to‘xtatish
tomonlarning roziligi bilan o‘zaro xabar berilgan holda yozma
ravishda amalga oshirilmog‘i darkor.
Sug‘urta shartnomasidan kelib
chiquvchi barcha nizo va
kelishmovchiliklar tomonlarning muzokara olib borish yo‘li bilan
hal etiladi, kelishuvga erishib bo‘lmagan taqdirda esa tegishli
muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda qarab chiqish uchun xo‘jalik sudiga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: