O‘rta Osiyoning arxaik davr arxeologik yodgorliklari. Qadimgi Baqtriya yodgorliklari. Qadimgi Syg‘d yodgorliklari



Yüklə 38,77 Kb.
səhifə3/5
tarix11.10.2023
ölçüsü38,77 Kb.
#154086
1   2   3   4   5
12-13-mavzu

Shoshtepa Toshkent shahrining janubiy qismida, Jo‘n kanali qirg‘og‘ida joylashgan. Bugungi kunda bu hudud Sergeli tumanining Shoshtepa mahallasiga qarashlidir. Yodgorlik dastlab qishloq tarzida shakllanib, mil.avv. II asrga kelib shahar qiyofasini ola boshlagan. Qang‘ davlatining uzoq chegarasida joylashgan bo‘lib, uning shimoliy chegarasidagi strategik istehkom, hunarmandchilik markazi, ko‘chmanchi chorvador aholi bilan o‘troq dehqonlar o‘rtasida olib boriladigan o‘zaro savdo aloqalari rivojida asosiy vazifani o‘tagan. Saqlanib qolgan qismining umumiy maydoni 300-250m2 . Ilgari u 25 ga maydonni egallagan.
Shoshtepa yodgorligida dastlab 1896 yilda N.P.Ostroumov boshchiligida Turkiston havaskor arxeologlari qazish ishlarini olib boradilar. Toshkent arxeologik ekspediciyasi 1978-1979 yillarda qazish ishlarini olib boradi. Shoshtepada o‘tkazilgan tadqiqot ishlari natijasida, uning quyidagi bosqichlarini aniqladi:
1.Shoshtepa I- miloddan avvalgi VI – IV asrlar davri bo‘lib, Burg‘uluk madaniyatining so‘nggi bosqichi davri.
2.Shoshtepa II - mil.avv.II asr bo‘lib, Qovunchi I madaniyatiga o‘tish davri.
3.Shoshtepa III - mil.avv. II-I asrlar bo‘lib, Qovunchi I madaniyati davri.
4.Shoshtepa IV - Qovunchi II madaniyatining birinchi bosqichi, ya’ni milodiy II-III asrlar.
5.Shoshtepa V - Qovunchi II madaniyatining ikkinchi bosqichi, ya’ni milodiy IV-VI asrlar.
6.Shoshtepa VI - mil. VII-VIII asrlarga oid
7.Shoshtepa VII - X oxiri XII asrlardagi kulolchilik markazi sifatida fvaoliyat yuritgan Shoshtepada yo‘lakli aylanma devor qoldiqlari topilgan. Markaziy bino hochsimon shaklda qurilgan va unga kirish joyida ravoqli peshtoq aniqlangan. Yodgorlik zamonasining nodir me’moriy obidalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotchilar fikricha, mil.avv. II-I asrlarda shaharning rivojlangan davri bo‘lgan.
Shoshtepadagi tadqiqotlar chog‘ida tashqi savdo aloqalaridan guvohlik beruvchi ikkita nodir buyum topilgan. Ulardan biri fil suyagidan yasalgan qadahning bir bo‘lagi bo‘lib, uning hajmi 5-3,5 sm bo‘lgan. Unda erkak kishining siymosi qabartma qilib tasvirlangan.
Ikkinchi bebaho topilma stil’-suyak qalam bo‘lib, milodning I-II asrlariga mansubdir. Suyak qalam 15 sm uzunlikda bo‘lib, bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi tomoni esa o‘chirg‘ich uchun romb shaklidagi kurakcha shaklida ishlangan. Shoshtepadan topilgan topilmalar orasida eng diqqatga sazovorlaridan biri nuroniy moysafidning surati tushirilgan terrakota bo‘lib, unda o‘sha zamonlarda Choch yoki Shoshda yashagan qadimgi aholining etnik qiyofasi mujassamlashgan.

Yüklə 38,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin