Oʼrtа professionаl tа’limning



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə59/64
tarix02.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#60415
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
bolalar adabiyoti

Mavzu: № 12.Turli yosh guruhlar uchun rus xalq ertaklarini tanlash, asar ustida ishlash va sahnalashtirish.
Reja:



  1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi kichik bolalarga o‘qib, hikoya qilib beriladigan rus xalq ertaklar.

  2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi o‘rta va maktabga tayyorlov yoshdagi bolalarga o‘qib, hikoya qilib beriladigan rus xalq ertaklar.

Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklarning asosiy qismini to‘g‘riso‘zlik, halollik, birovlarni aldamaslik kabi g‘oyalar ifodalangan asarlar tashkil etgani ma’qul. Masalan, turkman xalq ertagi „Rostgo‘y bola“ni olib ko‘raylik. Ertak qahramoni to‘g‘riso‘zligi, kattalarning pand-nasihatlariga quloq solishi bilan yosh kitobxonda yaxshi taassurot
Rus xalq ertagi „Sholg‘om“ bu davr bolalar kitobxonligida asosiy o‘rinda turadi. Ertak juda oddiy va sodda. Ammo uning ma’no va mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati nihoyatda kuchli.
Ertakda boboning sholg‘om ekishi va yirik sholg‘omni ko‘plashib tortib olish voqeasi tasvirlanadi. Ortiqcha tafsilotlar deyarli yo‘q. Ammo unda kichkintoylarga ibrat bo‘ladigan jihatlar ko‘p. Ertakda boboning mehnatkashligi yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Bobo kechasi-yu kunduzi sholg‘omga ishlov beradi, ter to‘kib mehnat qiladi. Demak, ertakda, eng avvalo, mehnatsevarlik ulug‘lanadi.
Ikkinchidan, bola atrofidagilar bilan ahil, do‘st bo‘lib ulg‘ayishi kerak. Kimki do‘stlar bilan, jamoa bilan hamfikr, hamkor bo‘lib o‘ssa, o‘ziga ham, o‘zgalarga ham yaxshi. Ertakdagi kattakon sholg‘omni yerdan tortib, sug‘urib olish voqeasi yosh kitobxon uchun juda qiziqarli. Bobo, buvi, nabira, kuchuk, mushuk, sichqonlar bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishadi. Bu holat bolalarga katta zavq beradi. Ertak kichkintoylarda kuch birlikda degan tushunchani shakllantirishga xizmat qiladi.
Ertakning uchinchi jihati shuki, u maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tabiatni sevishga, jonivorlarni asrash, avaylashga da’vat etadi. Kichkintoylar kuchuk, mushuk, hatto sichqonni ham boqish, asrash-avaylash lozim ekanligini chuqurroq his qiladilar.

  1. Bu yoshdagi bolalar hayvonlar o‘rtasidagi o‘zaro ahillik va do‘stlik kabi xislatlarni bilishga juda qiziqadilar.

Bu ertak syujeti “Tulki va turna nomli rus xalq ertagi syujetiga ma’lu darajada o‘xshaydi. Xalq ertagida Tulki bilan Turna do‘st bo‘lishib, bir-birlarini mehmon qilishadi, Ikkala ertak bolalarbop bo‘lib qiziqarli rivojlanadi. Lekin, ertaklarda haqiqiy do‘st bo‘lmaslik sabablari ikki xil g‘oyaviy tarzda ko‘rsatilgan. “Tulki va Turna”da do‘stlashishni istovchilarning o‘zaro munosabatlarida samimiylik yo‘qligini ko‘rsatish birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Tulki “do‘sti” Turnaning uyiga mehmon chaqiradi. U Turna eya olmasin deya tarelkaga bo‘tqani atayin yupqa qilib surkaydi. Mehmondorchilik paytida Tulki Turnaga shirin gaplar aytadi-yu, ammo bo‘tqaning hammasini o‘zi eb oladi. Ichida esa Turnaning ovqat eya olmaganidan, uni boplaganidan xursand bo‘ladi. “Do‘sti” ustidan kuladi. Keyingi gal Turna Tulkini o‘z uyiga mehmonga chaqiradi va undan “qasos olish uchun oldiga ingichka ko‘zachada ovqat qo‘yadi. Tabiiyki, Tulkining og‘zi ko‘zachaga sig‘maydi va u och qoladi. Lekin u mezbonga e’tiroz bildira olmaydi. Chunki o‘zi ham “do‘sti”ni shunday kutib olgan edi. Demak, halq ertagiga “qars ikki qo‘ldan”, “hurmat qilsang hurmat ko‘rasan”, “o‘zaro samimiylik bo‘lmasa o‘zaro do‘stlik ham bo‘lmaydi” singari g‘oyalar singdirilgan. Xullas, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilgan ertaklarda ko‘p qo‘llaniladigan badiiy usullardan biri takror va uning xillaridir. Bu usul ertaklarda aks etgan tarbiyaviy ahamiyatiga molik g‘oyalarni ta’sirini ifoda etishda, bolalarning ularni zavq-shavq bilan tinglashlarida muhim badiiy vazifani bajaradi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin