Oʼrtа professionаl tа’limning



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə61/64
tarix02.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#60415
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
bolalar adabiyoti

Mavzu: №17. Alisher Navoiy ijodi.


Reja:

1. Alisher Navoiy hayoti va faoliyati.


2.Alisher Navoiy asarlarida bola tarbiyasiga oid fikrlari.
3. Navoiy asarlarida xalq og’zaki ijodi namunalari.
O’zbek xalqining ulug’ mutafakkiri, ma’rifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida e’tibor berdi. U bolalarni ilm-hunarni, mehnatni sevishga undab, o’rganilgan ilm va hunarni xalq, vatan yo’lida sarf qilish zarurligini uqtirdi.
U aql, ilm insonning eng go’zal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir, deb hisobladi. Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o’qish-o’rganish kerak: “ Yoshligingda yig’gil bilimni, qarigach, sarf qilg’il ani “, degan shoirning o’zi ham juda yoshligidan ta’lim oladi. U yoshlik chog’laridanoq Farididdin Attorning “ Mantiq ut-tayr” asarini yod oladi.
Navoiy keyinchalik maktab va maorijf masalalariga e’tibor berib, mehnatkash xalqning bolalarini o’qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurishga katta ahamiyat beradi. U dars beruvchini quyoshga o’xshatadi va bu quyosh o’z atrofidagi yulduzlarga nur sochadi, yani ilmdan bexabar bo’lgan bolalarga ilm nurini sochadi, ma’rifat beradi, deydi.
Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya to’grisidagi fikrlarini ko’proq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratishorqali bayon qiladi. Ilm-ma’rifat, axloq odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarida bayon qiladi. Buyuk so’z san’atkori va mutafakkiri o’zining bir qancha asarlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarini aytish bilangina kifoyalanib qolmasdan, balki “ Hayrat ul- abror”, “ Farhod va Shirin”, “ Layli va Majnun” kabi dostonlarining ayrim boblarini shu masalaga bag’ishlaydi. O’qish ham, o’qitish ham og’ir va mas’uliyati ish, u qunt, havas va mehnat talab qiladi, deb uqtiradi Navoiy. Bu o’rinda u murabbiylarning halol xizmatlarini alohida ta’kidlaydi:
O‘zbekxalqiningulug‘ ma’rifatparvari, mutafakkirivabuyukshoiriAlisherNavoiyijodidayoshlartarbiyasigabag‘ishlangansahifalarnihoyatdako‘p. Ubolalarniilm-hunaregallashga, mehnatnisevishgaundaydi, builmvahunarnixalq, vatanmanfaatlariyo‘lidasarfqilishzarurliginialohidauqtiradi.Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o‘qish-o‘rganish kerak: „Yoshligingda yig‘ ilmning mahzanin, qarigan chog‘da sarf qilg‘il ani“ — shoir- ning shiori ana shunday. U yoshligidan o‘qishga beriladi. Bolaligidanoq ko‘p she’rlarni yodlaydi. Jumladan, Farididdin Attorning „Mantiq ut-tayr“ („Qush nutqi“) asarini qayta- qayta o‘qib, yod oladi. Alisher Navoiy davlatda yuqori mar- tabaga erishgach, maktab va maorif ishlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berdi. U bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi. Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida do‘sti, podshoh Husayn Boyqaroga yozgan xatida o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qiladi. Shaxsan o‘zi madrasalar qurishda tashabbus ko‘rsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o‘zining „Ixlosiya“ madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratadi. Buning uchun o‘z hisobidan lozim bo‘lgan mablag‘ni ajratadi.Navoiy o‘qituvchini quyoshga o‘xshatadi. Quyosh o‘z atrofidagi yulduzlarga nur sochganidek, mudarris „abjalxona- lar“ni yoritadi, hali ilmdan bexabar bo‘lgan toliblarni ilm nuridan bahramand etib, ma’rifat beradi, deydi. Alisher Navoiy ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini badiiy asarlarida komil insonlar sifatida tasvirlangan ijobiy obrazlari orqali bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, ilm-fanning xislati, qudratiga juda katta baho beradi.

Haq yo’linda kim senga bir harf o’qutmish ranj ila,


Aylamak bolmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Navoiy bollalarni ilm-fanga qunt qilish, o’qilgan narsaning ma’no-mazmunini tushunishga undaydi:

O’qib o’tmak, uqib o’tmak shiori,
Qolib yonida, safha-safha bori...

Alisher Navoiy o’z asarlarida xalq og’zaki ijodidan, ayniqsa, maqollardan samarali foydalanish bilan birga, o’zi ham ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan, maqollarga yaqin bo’lgan bir qancha hikmatlar yaratadi. Masalan:



Vafosizda hayo yo’q, hayosizda vafo yoq.

Tilga e’tiborsiz – elga e’tiborsiz.

Oz-oz o’rganib dono bo’lur,


Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.

Bilmaganni so’rab o’rgangan – olim,


Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.

Navoiyning “ Mahbub ul-qulub” asari 3 qismdan iborat bo’lib, “ Turli foydali maslahatlar va maqollar “deb nomlangan 3-qismda turli tashbehlar berilgan. Bu qismda ko’proq o’qish, ilm olish, kasb-kor egasi bo’lish va boshqa masalalar o’rtaga tashlanadi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin