Oʼrtа professionаl tа’limning


Mavzu: №18 .Abdulla Avloniyning ijodi. Reja



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə63/64
tarix02.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#60415
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
bolalar adabiyoti

Mavzu: №18 .Abdulla Avloniyning ijodi.


Reja:

1. Abdulla Avloniyning hayot yo’li.


2.Abdulla Avloniyning darsliklari.
3.Abdulla Avloniyning bolalarga oid yaratgan asarlari.
Hozirgi zamon bolalar adabiyotining rivojiga juda katta xissa qo’shgan alloma Abdulla Avloniy bola ta’lim-tarbiyasiga alohida muhabbat bilan qarab, “ Tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, axloqimizni kuchlantirmak, zehnimizni ravshanlantirmak lozim... “ degan fikrlarni ilgari suradi.
O’zbek madaniyatining ulkan namoyondasi, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy1878-yilda Toshkent shahrida to’quvchi oilasida tug’ilgan. Boshlang’ich ta’limni diniy maktabda va madrasada oladi. Abdulla Avloniy 14 yoshidan boshlaboq she’rlar yozishni mashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk she’rlari o’sha davr vaqtli matbuot sahifalarida bosilib turadi. Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o’zining birdan bir burchi deb bildi va 1904-yilda o’zi yashab turgan joyda – Mirobodda maktab ochdi. Bu yerda o’qiydigan bolalarni ko’pchiligi kambag’allarning bolalari tashkil etganligi sababli muallim boy-badavlat do’stlarining ko’magida “Jamiyat xayriya”tashkil etadi. Bu bilan bolalarga bepul kiyim –bosh, oziq- ovqat daftar, qalam, berilishini taminlaydi. U bolalarga jug’rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan talim beradi.
O’sha davr xalq pedog’ogikasidaAbdulla Avloniyning “Birinchi muallim”-“Alifbe”, “Ikkinchi muallim”- “O’qish” kitoblari katta ro’l o’ynaydi. “Birinchi muallim”da Avloniy dastavval 32 harfni yolg’iz yoziladigan shakllarini bir sahifa alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning so’zning boshida, o’rtasida va oxirida yozilishini ko’rsatgan, song alifni barcha “ bosh harflar”ga qo’shib, bo’g’inlar hosil qilgan.
“Ikkinchi muallim” da axloq-odobga doir, halollik va poklikka oid turli she’rlar, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik qiyofalardan ustalik bilan foydalangan. Unda kimki maktabga borsa, o’qisa, savodxon bo’lsa, juda ko’p narsalarga erishishi chiroyli ta’riflanadi:

Maktab dur-u gavhar sochar,


Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon.

Darslikda ko’plab ibratomuz she’r, hikoya va ertaklar berilgan.


Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” degan ibratomuz fikrlari muallimning bosib o’tgan hayot yo’lini yoshlarga ibrat qilib ko’rsatadi.
A.Avloniyning «Maktab», «Nima, kimniki», «Millatga xitob», Hamzaning «Kitob», «Maktab» asarlari shular jumlasidandir. A.Avloniyning «Millatga xitob» she’ri da’vatkorlik ruhi bilan alohida ajralib turadi.
Ko‘zlaring och, ey millat!
Ko‘p zamon g‘ofil yotding.
Umring o‘tdi yotmakda
Qayg‘uga toza botding.
Ketdi shonu sharafing,
Mozor toshidek qotding.

Ey! «Tokaygacha g‘aflat ichida yotamiz!»


Keling, yoshlar, jaholatni otamiz!
Bizga bu kun ilma kirishmak kerak!
Bizga bu kun ilma tirishmak kerak!

Abdulla Avloniy 1904-yildan umrining oxirigacha o’qituvchi bo’lib ishladi. U ko’plab she’rlar, “ Maktab guliston”, “Turkiy guliston yohud axloq” kabi darsliklar bilan hozirgi zamon bolalar adabiyotiga poydevor qo’ygan edi. Darslikning har bir bo’limida kichik hajmli, ibratli hikoyalar keltirilgan va xalq og’zaki ijodidan keng foydalangan.


“Turkiy guliston yohud axloq” asarida Avloniy o’zining ijtimoiy va axloqiy qarashlarini bayon etgan. Asarning har bir bo’limi ta’lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag’ishlangan bo’lib, ularning biri ikkinchisini to’ldiradi, takomillashtiradi.
Abdulla Avloniyning “ Bahor keldi”, “Bulbul”, “ Bola ila gul”, “ Yolg’onchi cho’pon”, “Tulki ila qarg’a” kabi juda ko’p she’rlari kichik yoshdagi bolalarga bag’ishlangan.
Abdulla Avloniy 1934-yilda vafot etadi. U shoir ma’rifatchi, dramaturg, jurnalist, rejissor, tarjimon, aktyor, jamoatchi, muallif sifatida xalqimiz qalbida mangu saqlanib qoladi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin