Adabiy-nutqiy kompetentsiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
B1 xalq og‘zaki ijodi, mumtoz va zamonaviy adabiy manbalarga mos videotasvirlarni, elektron dars ishlanmalar, slayd-taqdimotlarni ko‘rib, eshitib; ta’lim beruvchining mahruzasini tinglab tushuna oladi;
tavsiya etilgan adabiy manbalar (nasriy, she’riy asarlar va ulardan parchalar)ni mazmunini idrok etgan holda ifodali o‘qiy oladi;
tavsiya etilgan adabiy matnlarning syujetini qayta hikoyalay oladi;
asardagi qahramonlarning o‘ziga xos sifatlari va ularga bo‘lgan munosabatini tushuntira oladi;
adabiy til me’yor lariga rioya qilgan holda to‘g‘ri va tushunarli so‘zlay oladi, o‘z fikrini boshqalarga yetkaza oladi;
xalq maqollari, matallari, ibora, hikmatli so‘zlardan og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli foydalana oladi;
taqdim etilgan asar qahramonlariga yozma va og‘zaki tarzda ixcham tavsif bera oladi;
manbalar asosida turli mavzularda insho va ijodiy matnlar (5-8 sahifa) yoza oladi;
turli janr va hajmdagi 14-16 ta she’riy va nasriy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta oladi.
B1+ adabiyot va uning muayyan davri, janri haqida keng tushuncha, tasavvurlarni tushuntira oladi.
turli janr va hajmdagi 16-18 ta ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta oladi.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetentsiyasi B1 adabiy tur va janrlarning asosiy belgilarini ayta oladi;
tavsiya etilgan nasriy, she’riy asar yoki ulardan olingan parchani o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv tahlil qila oladi;
matnda tasvirlangan voqea-hodisalar, obrazlarni tasniflay oladi; qahramonlar haqida shaxsiy mulohazasini bildira oladi;
o‘quv tahlili jarayonida muayyan shaxslik fazilatlari va xislatlarini tanib boradi, shu tanish tajriba orqali hayotida uchragan turli vaziyatlarga javob topa oladi;
tavsiya etilgan asarlarda uchraydigan notanish so‘zlar lug‘atini tuza oladi, so‘zning ma’nolarini mavjud lug‘atlardan aniqlay oladi;
adabiy til me’yor lariga rioya qilgan holda turli mavzularda og‘zaki va yozma fikr yurita oladi, unda xalq maqollari va iboralardan o‘rinli foydalana oladi.