34-mavzu. Mustaqillik davri dramaturgiyasi (2soat, B1+:1soat)
Hozirgi o‘zbek dramaturgiyasi jahon va milliy dramaturgiyamizning eng yaxshi an’analarini davom ettirayotganligi. Bu jarayonda qalamkashlarning tutgan o‘rni.
Hozirgi o‘zbek adabiy jarayonida hayotni, voqelikni nisbiy tugallangan, mafkuraviy baholangan kesimlarda emas, balki davom etayotgan jarayon sifatida aks ettirish tamoyilining yetakchilik qilishi. Hozirgi o‘zbek adabiyotiga xos ikkinchi estetik tamoyil adabiyotning bosh predmeti bo‘lmish insonni faqat salbiy yoki ijobiy nuqtai nazardan emas, balki borligicha – bir butun va yaxlit holda badiiy tadqiq etishdan iboratligi. Hozirgi adabiyotimizda voqelikni kitobxonga tayyor xulosalar tarzidaetkazib berish asosiy tamoyil emasligi.
Jahon adabiyoti (5 soat, B1+:4 soat)
35-36-mavzu. A.P.Chexov. “Hikoyalar” (2 soat, B1+:2 soat) A.P.Chexov rus adabiyotining taniqli vakili. Uning hikoyalarida inson tabiatining xilma-xil qirralarining tasvirlanishi. Yozuvchining “Xameleon”, “G`ilof bandasi” hikoyalari talqini va undagi yetakchi qahramonlar tavsifi. A.P.Chexovning hikoyachilikdagi o`ziga xos mahorati.
37-39-mavzu. Rishod Nuri Guntekin. “Choliqushi”romani(3 soat, B1+:2 soat) Rishod Nuri Guntekinning hayoti va ijodi. “Choliqushi” romanida tasvirlangan muhit. Feride obraziga xos bolgan insoniy fazilatlar. Adibning tasvirlash mahorati.
Xulosa XX asr o‘zbek adabiyotining estetik saboqlari, erishgan yutuqlar va nuqsonli jihatlar. Ikki ming yillik o‘zbek adabiyotining XX asrda jahon adabiy jarayonining tarkibiy bir qismiga aylanganligi va o‘zga xalqlar badiiy tajribalari bilan aloqadorlikda taraqqiy etishi. Asr so‘ngida istiqlol davri adabiyotning vujudga kelishi va uning tarixiy-estetik ahamiyati.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: