Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi (oits) haqida tushuncha oiv infeksiyasi etiologiyasi yuqush yo‘llari oiv infeksiyasi klinik manzarasi, profilaktikasi


OIV infeksiyasi etiologiyasi yuqush yo‘llari



Yüklə 47,49 Kb.
səhifə2/7
tarix14.12.2023
ölçüsü47,49 Kb.
#178198
1   2   3   4   5   6   7
9-mavzu OITS

2. OIV infeksiyasi etiologiyasi yuqush yo‘llari.
Jinsiy aloqa orqali yuqishi — bu infeksiyalangan jinsiy suyuqliklar bilan aloqa qilganda yuzaga kelishi mumkin. Infeksiyalanish vaginal, oral va anal kabi himoyalanmagan jinsiy aloqa vaqtida sodir bo‘lishi mumkin.
Perinatal yuqishi — ona tug‘ruq paytida, homiladorlik paytida, shuningdek, emizishda virusni bolasiga yuqtirishi mumkin.
Qon quyish orqali yuqishi — hozirgi vaqtda qon quyish orqali OIV yuqtirish xavfi rivojlangan mamlakatlarda juda ehtiyotkorlik bilan tekshiruv va ehtiyot choralari tufayli juda past. Sh bilan birga, giyohvand moddalarni qabul qiluvchilar yoki bemorning qoni bilan zararlangan shpritslarni qayta ishlatish oqibatida kasallik yuqish xavfi juda yuqori.
Kasallik haqida ko‘plab noto‘g‘ri tushunchalar mavjud. Virus quyidagi hollarda yuqmaydi:

  • Qo‘l berib ko‘rishish;

  • Quchoqlashish;

  • Kundalik O‘pishlar (agar og‘izda yaralar bo‘lmasa);

  • Aksa urish;

  • Teri bilan aloqa qilish;

  • Sochiqlarni birga ishlatish;

  • ro‘zg‘or buyumlaridan birga foydalanish (qoshiq, piyola, kosa va hokazo).

Klinikasi. Q‘p hollarda oITS belgilari bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar va / yoki parazitlarning rivojlanishi sababli yuzaga keladi. Ushbu holatlar odatda tanani infeksiyadan himoya qiladigan sog‘lom immun tizimiga ega bo‘lganlarda rivojlanmaydi.
OIVga chalingan ko‘plab odamlarda oITS alomatlari va belgilari bir necha O‘ yoki hatto yillar davomida uchramaydi. Boshqalarda gripp va shamollashga O‘xshash alomatlar rivojlanishi mumkin, ular odatda virus yuqganidan 2-6 hafta O‘tgach namoyon bo‘ladi.
Kasallikning birinchi belgilari quyidagilarni O‘z ichiga olishi mumkin:

  • Isitma, varaja qilish;

  • Bo‘g‘im, mushaklar og‘rishi;

  • Tomoq og‘rishi;

  • Terlash (ayniqsa tunda);

  • Bezlarning kattalashishi;

  • Qizil toshmalar toshishi;

  • Charchoq, zaiflik;

  • Vazn yo‘qotish.

Yüklə 47,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin