O’simliklar fiziologiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə34/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Probirka nomeri

Tajriba variantlari

Tashqi eritmaning bo‘yalishi

1

Sovuq suv




2

Qaynatilgan suv




3

Xloroform




4

50% spirt




5

30% sirka kislotasi





Nazorat uchun savollar:

  1. Tirik va o‘lik hujayralar o‘tkazuvchanligida qanday farqlar bo‘ladi?

  2. Nima sababdan qizil lavlagi tirik hujayralari o‘z rangini tashqariga chiqarmaydi?

  3. Protoplazmaning o‘tkazuvchanligini o‘rganishning mohiyati nimada?



6-LABORATORIYA ISHI
Hujayra shirasining osmotik bosimini plazmoliz usuli bilan aniqlash


Darsning maqsadi: talabalarga hujayra shirasining osmotik bosimini plazmoliz usuli bilan aniqlashni о‘rgatish.
Kerakli asbob va reaktivlar: qizil piyoz, ustara, probirkalar, mikroskop, buyum oynalari, NaCl yoki saxarozaning 1 normal eritmasi, byuretkali shtativ.
Ishni bajarish tartibi: Buning uchun tarkibida rangli hujayra shirasi bo‘lgan o‘simliklar (qizil piyoz qizil karam yoki tradiskansiya barglari) dan yupqa kesik tayyorlanadi. Tayyorlangan kesiklarning epilermisidagi havo pufakchalarini yo‘qotish uchun ular 5-10 minut davomida qaynatib sovutilgan suvga solib qo‘yiladi. So‘ngra shtativga o‘rnatilgan 9 ta probirkada 10 ml dan 0,1; 0,2; 0,3; 0,4; 0,5; 0,6; 0,7; 0,8; 0,9 n, ya’ni bir-biridan 0,1 n farq qiladigan suyuq eritmalar tayyorlanadi. Masalan, bir n eritmadan 0,4 n 10 ml eritma tayyorlash uchun 4 ml natriy xlor yoki saxaroza eritmasiga 6 ml suv qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Qolgan konsentratsiyali eritmalar ham shu usulda tayyorlanadi. Keyin, probirkalarning har qaysisiga oldindan tayyorlab qo‘yilgan kesiklar solinadi. Eritmaga solishdan oldin ularning sirtidagi suv tomchilari filtr qog‘ozga shimdirilib olinadi.
Kesiklar eritmada 20-25 minut saqlanadi, so‘ngra probirkadan 1 tomchi eritma olib buyum oynasiga tomiziladi, ustiga kesik qo‘yib, qoplag‘ich oyna bilan yopiladi, kuzatish uchun mikroskopning kichik (8х li) obektivi orqali qaraladi. Tekshirilayotgan preparatda plazmoliz hodisasi ro‘y berganligini, ya’ni, sitoplazma hujayra po‘stidan ajrala boshlagan vaqtni aniqlash kerak. Hujayra shirasining konsentratsiyasi eritmaning konsentratsiyasiga teng bo‘lganida plazmoliz hodisasi ro‘y bermaydi, bunday konsentratsiya izotonik konsentratsiya deyiladi. Masalan, 0,3 n eritmada plazmoliz hodisasi yuz bermaydi; 0,4 n eritmada esa plazmoliz boshlanganligini yaqqol ko‘rinadi. Izotonik konsentratsiya illita eritmaning oraliq nuqtasida bo‘lishi kerak. Demak, Izotonik eritmaning normalligi 0,35 ga teng deb olinadi. Izotonik konsentratsiya aniqlanganidan so‘ng quyidagi formulaga muvofiq hujayra shirasining osmotik bosimi aniqlanadi:
P=RTCi
Bu yerda: P- istalgan osmotik bosim (atmosfera hisobida); R – gaz konstantasi (o‘zgarmas son – 0,0821) T- absolyut harorat (2730 + xona harorati); C- izotonik konsentratsiya; i-saxaroza uchun 1 ga, NaCl uchun 1,5 ga teng izotonik koeffitsiyent.
Tajriba natijalari quyidagi jadvalga yoziladi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin