Nazorat uchun savollar. 1. O‘simlik hujayrasiga suv o‘tishi nimaga bog‘liq?
2. Tabiatdagi Traube “sun’iy hujayra”siga misol keltiring.
3. Sho‘rxok yerlarda o‘suvchi o‘simliklarning ildiz hujayralarida necha foizgacha tuz yig‘iladi?
Darsning maqsadi: Kartoshka kesigi yordamida hujayralarning turgor holatini aniqlash.
Umumiy ma’lumot. Tashqi muhit eritmasining osmotik bosim kuchi hujayra osmotik bosim kuchidan ko’p bo’lsa gipertonik, kam bo’lsa gipotonik, hujayra va eritmalarning osmotik bosim kuchlari bir-biriga teng kelsaizotonik eritma deyiladi.
Osmotik potensiali kuchli bo’lgan o’simlik hujayrasini suvga solganda tashqaridagi suv ichkariga o’tib, hujayra taranglashib, turgor holatga keladi. Hujayrani turgor holatga keltirgan kuch turgor bosim kuchi deyilib, T harfi bilan belgilanadi. Turgor bosim kuchi ta’sirida hujayra po’sti kengayadi yoki buziladi. Biroq hujayra po’sti ma’lum darajagacha kengayib turgor bosimga teng bo’lgan kuch bilan ta’sir ko’rsatadi. Bu kuch W harfi bilan belgilanadi. Hujayra suvga toyinganda osmotik bosim kuchi, turgor bosim kuchi va unga qarshi kuchlar o’zaro tenglashadi.
P=T=W Kerakli asbob va reaktivlar: Kartoshka, NaCl yoki qandning 1n eritmasi, chizg’ich, ikkita katta probirka, ustara.
Ishni bajarish tartibi: Kartoshkadan uzunligi 5 sm, ko’ndalang kesimi 64 mm2 bo’lgan 10 dona kesik tayyorlanadi (6-rasm). Kesiklarning 5 tasi NaCl yoki saxarozaning 1n eritmasiga, qolgan 5 tasi suvga solinadi. Oradan 1-1,5 soat o’tgach kesiklarning hamma tomoni qayta o’lchanadi. Qand yoki NaCl eritmasiga solingan kesiklar burishib, hajmi kichrayib qoladi, suvga solinganlarining hajmi aksincha, kattalashib to’qimalari taranglashadi.
Hujayra yoki to’qimalarning taranglashi t u r g o r o s e n t holat, taranglanish prosessining o’zi turgor deyiladi.