Meva turlari
|
Mevalarning boshlang‘ich og‘irliklari
(g hisobida)
|
Sutka davomida meva og‘irliklarining o‘zgarishi (g hisobida)
|
7 sutka davomida yo‘qotilgan suv (g hisobida)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Olma archilmagan
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Olma archilgan
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kartoshka archilmagan
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kartoshka archilgan
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Archilgan, archilmagan olma va kartoshkalarning og‘irliklarida bo‘layotgan o‘zgarishlarni har kuni, ma’lum bir soatlarda, 7 kun davomida tarozida tortish bilan aniqlab boriladi. Olingan natijalar tubandagi jadvalga yozib boriladi.
Tajribadan olingan ma’lumotlar asosida tegishli xulosalar chiqariladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Suv bug‘lanishi qanday jarayon?
2. Kutikula nima?
3. Po‘stloqning o‘simlik uchun ahamiyati qanday?
4. Po‘stloqning suv bug‘lanishiga ta’siri qanday usulda aniqlanadi?
10-LABORATORIYA ISHI
Transpiratsiya tezligini hajmiy usulda aniqlash
Darsning maqsadi: talabalarga o’simliklar suv bug’latishi jarayonini turli usullar bilan aniqlashni о‘rgatish.
Umumiy ma’lumot: O’simlik tanasidan suvning parlanishiga tranpirasiya prosessi deyiladi. Transpiratsiya prosessini aniqlashda tarozida o’lchash, havoni so’rish va kobalt xlor usullarida aniqlash mumkin. Transpiratsiya intensivligi deb ma’lum yuzadan yoki og’irlikdan ma’lum vaqt ichida bug’langan suvning miqdoriga aytiladi, odatda u bir soatiga gramm yoki soatiga dm2 hisobiga chiqariladi. Ko’pincha transpiratsiya intensivligi 1 g bargda soatiga 0,1 dan 2-4 g gacha o’zgarib turadi.
B argni ostki va ustki tomonida transpiratsiya prosessi bir xil bormaydi. Shuningdek, transpiratsiya turli o’simliklarda yoki qari va yosh barglarda turlicha borishini tajriba orqali aniqlash mumkin.
Kerakli asbob va reaktivlar: Byuretkalar, tindirilgan vodoprovod suvi, Mor qisqichi, tok qaychi, temir shtativ, soat, tiqin parmasi.
Ishni bajarish tartibi: Buning uchun avval kauchuk tiqinga o’simlik novdasi o’rnatiladi. So’ngra 25 ml hajmli byuretkaga suv to’lg’azib, og’zi novdali tiqin bilan berkitiladi. Byuretkaga solingan suvda havo pufakchalari bo’lmasligi shart, chunki suv tarkibida erigan gaz qolsa, tajribani o’tkazishga halaqit beradi. Vodoprovod suvini bir kun oldin chelakka qoyib tindirilsa, havosi chiqib ketadi. Keyin ana shu suvdan ishlatiladi.
B
11-rasm.Transpiratsiya tezligini hajmiy usulda aniqlash: a-o’simlik novdasi; б-byuretka; в-qisqich.
yuretkalarga o’simlik novdasi joylangandan so’ng byuretka asta-sekin to’nkarilib shtativga o’rnatiladi. Byuretkadagi suv bug’lanib kamayishining oldini olish uchun uning ikkinchi uchiga kauchuk nay kiygizilib, mahkam berkitiladi. Tajribani boshlashdan oldin byuretkadagi suvning sathi qaysi nuqtaga to’g’ri kelishi belgilab olinadi. Suv kamayishi transpiratsiya prosessi borayotganligini ko’rsatadi. Transpiratsiya prosessi hamma o’simliklarda ham bir xil tezlikda boravermaydi. Shuning uchun 2-3 xil o’simlik olib, ularning transpiratsiya intensivligini aniqlash tavsiya etiladi. Bu tajribani geran, navro’zgul va boshqa o’simliklar ustida o’tkazish mumkin.
Tekshirish vaqti tugagandan so’ng suvni bug’latishda ishtirok etgan barglar sathini aniqlash uchun novdaning uchida, o’rtasida va pastida joylashgan barglardan 3 tasi olinadi. Ularning o’rta qismidan barg yuzasining katta-kichikligiga ko’ra, 4-10 sm2 hajmda bo’laklar kesib olinadi. Keyin bu bo’laklarning umumiy vazni aniqlanadi, shu vaqtning o’zida novdada qolgan barglarni ham kesib olingan barg bo’laklariga qo’shib vazni aniqlangach, barglar umumiy yuzasi quyidagicha topiladi.
Yuzasi aniq barg bo’laklarini a, ularning vaznini b bilan ifodalasak, novdadagi umumiy barg yuzasini v bilan ifodalab, quyidagi tenglama boyicha barglarning umumiy sathi x topiladi:
Barglarning umumiy sathi topilgandan keyin transpiratsiya intensivligi hisoblab topiladi.
Dostları ilə paylaş: |