O’simliklar fiziologiyasi


Elementlar Miqdori, %



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə46/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Elementlar

Miqdori, %

Kislorod

65-75

Uglerod

15-18

Vodorod

8-10

Azot

1,5-3,0

Fosfor

0,2-1,0

Kaliy

0,15-0,4

Oltingugurt

0,15-0,2

Xlor

0,05-0,10

Kalsiy

0,04-2,00

Magniy

0,02-0,03

Natriy

0,02-0,03

Temir

0,01-0,015

Rux

0,0003

Mis

0,0002

Iod

0,0001

ftor

0,0001




15-rasm. O‘simlik tanasidagi kimyoviy elementlar ( hujayra tarkibidagi)


Birinchi probirkadagi filtratda suvda eriydigan xlorid tuzlar bo’ladi. Xloridlarni aniq belgilashda talliy (I)-sulfat (Tl2SO4) ning 1% li eritmasi ishlatiladi. Bu reaksiya quyidagicha boradi.

Talliy xlorid kristallari har xil shakllarda ko’rinadi.
Ikkinchi probirkadagi filtratda kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, oltingugurt va temir elementlarini aniqlash kerak. Bu ish quyidagi tartibda bajariladi.
1. Kaliyni aniqlashda reaktiv sifatida platina xlorid tuzining 1% li eritmasi ishlatiladi. Reaksiya natijasida hosil bo’lgan kompleks tuz kristallari sarg’ish-yashil tusda tovlanib turadi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:

Kaliyni Na2PbCu (NO2)6 dan iborat kompleks tuzining 1% li eritmasi yordamida aniqlash mumkin. Bu reaksiya quyidagicha boradi:

Tajribani o’tkazish uchun suvda eritilgan kul filtratidan buyum oynasiga tomizib, spirt lampa alangasida quritiladi. Oyna sovigandan keyin 1 tomchi reaktiv [NaPbCu (NO2)6] qo’shiladi. Preparatdagi kristallar to’q jigarrangda tovlanib turadi.
2. Filtratga 1% li H2SO4 qo’shilganda ninasimon va boshqa shakllardagi gips kristallari paydo bo’lishi bu filtratda kalsiy borligini ifodalaydi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:

3. Filtratda magniy borligini aniqlash uchun buyum oynasi ustiga tomizilgan filtrat tomchisi avval ammiak bilan neytrallanib, so’ngra unga natriy gidrofosfatning 1% li eritmasi qo’shilsa, unda yulduzsimon, yashiksimon va patsimon kristallar ko’rinadi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:

4. Ammoniy molibdatning nitrat kislotada tayyorlangan 1% li eritmasidan buyum oynasidagi filtrat tomchisiga qo’shilganda, yashil rangli yumaloq, 4 va 3 qirrali kristallar hosil bo’lishi filtratda fosfor borligini ifodalaydi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:

5. Kul tarkibidagi S 1% li stronsiy nitrat tuzi eritmasi yordamida aniqlanadi. Mikroskopda qaralganda preparatda mayda, sariq rangli, yumaloq kristallar borligi ko’rinadi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:


16-rasm. O‘simlik kuli tarkibidagi kimyoviy elementlarni ko’rinishi
6. Filtratda temir elementi borligi rangli reaksiya yordamida aniqlanadi. Bu reaksiya oq shisha ustida yoki probirkada olib boriladi. Filtratga 1% li kaliy ferrasianid (sariq qon tuzi) eritmasi qo’shilsa, berlin lazuri hosil bo’ladi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin