2. Fosfor tutmagan Knop eritmasini tayyorlash. Fosfor elementini tutmagan ozuqa eritmasini tayyorlash uchun, КН2РО4 tarkibidagi kaliy elementini KCl ko‘rinishida olish kerak bo‘ladi.
Demak, 0,25 г КН2РО4 o‘rniga 0,13 g KCl olsak, eritmada kaliy miqdorini to‘la saqlab qolar ekanmiz. Olingan natija asosida fosfor tutmagan eritma tarkibini quyidagicha ko‘rsatamiz.
Ca(NО3)2 — 1 g/l MgSО4 — 0,25 g/l
KCl — 0,255 g/l FeCl3 — 0,0125 g/l
Bu yerda kaliy xlordan 0,255 g olishimizga sabab, Knopning to‘la ozuqa eritmasi tayyorlash uchun 0,125 g KCl olish kerak edi. КН2РО4 tarkibidagi kaliyni KCl ko‘rinishida olish uchun esa 0,130 g KCl bo‘lishligini hisoblab topdik. Shuning uchun ham ilgari 0,125 g KCl ga topilgan 0,130 g ni qo‘shsak, 0,255 g kelib chiqadi.
3. Kaliy tutmagan Knop eritmasini tayyorlash. Ma’lumki Knopning to‘la ozuqa eritmasi tarkibida kaliy КН2РО4 va KCl tuzlari ko‘rinishida bo‘ladi. Bu ikkala tuz tarkibidagi fosfor va xlor miqdorini to‘la saqlab qolish uchun КН2РО4 o‘rniga NaН2РО4, KCl o‘rniga esa NaCl tuzlarini olamiz. Tuzlarni almashtirish hisoboti quyidagicha bo‘ladi.
Demak, 0,25 г КН2РО4 tarkibidagi 0,057 g fosforni to‘la saqlab qolish uchun 0,25 g NaН2РО4 tuzidan olishimiz kerak ekan.
Endi KCl tuzini NaCl ga almashtirish hisobotini ko‘rib chiqamiz.
Demak, 0,125 g KCl tarkibidagi bo‘ladigan 0,06 g xlorni to‘la saqlab qolish uchun 0,09 g NaCl dan olish kerak ekan. Kaliy tutmagan Knop eritmasini quyidagicha yozish mumkin:
Ca(NО3)2 — 1 g NaН2РО4 — 0,25 g
MgSО4 — 0,25 g NaCl — 0,09 g
FeCl3 — 0,0125 g
Knop ozuqa eritmasida to‘la miqdorda elementlar bo‘lgan paytda va N, P, K tutmagan eritmalarni tayyorlashda olinadigan tuzlar miqdori (g/l hisobida) 12-laboratoriya ishidagi 1-jadvalda berilgan.