Kerakli asbob va reaktivlar: Unayotgan o‘simliklar ypyg‘i, bir litrda 7,02 g NaCl erigan eritma, bir litrda 8,94 g KCl erigan eritma, bir litrda 6,66 g CaCl2 erigan eritma, distillangan suv, hovoncha, 1 litrlik shisha idish, pipetka, pinset, qaychi, filtr qog‘ozi, chizg‘ich yoki millimetr qog‘ozi, oynaga yozadigan qalam.
Ishni bajarish tartibi: Bu ishni bajarish uchun 500 sm3 hajmli shisha idishlardan 4 ta olib, yaxshilab yuviladi. So‘ngra bu idishlarning birinchisiga 500 ml NaCl eritmasi, ikkinchisiga 500 ml oddiy suv solinadi. Uchinchisiga 11 ml KCl, to‘rtinchisiga 5 ml CaCl2 solinadi, ularning hajmi NaCl eritmasi bilan 500 ml ga yetkaziladi. Mana shu tartibda tayyorlangan eritmalarga bir xil rivojlanishiga ega bo‘lgan tajriba uchun tanlangan о‘simliklar o‘simtalari tushiriladi. Buning uchun idishlar og‘zini berkitishga mo‘ljallangan qopqoqchalarga o‘simtalar joylashtiriladi. Qopqoqchalarni idish og‘ziga berkitganda, unga o‘rnatilgan o‘simtalarning ildizlari ozuqa eritmasiga to‘la botib turishi kerak.
O‘simtalarning muqobil o‘sishini ta’minlash uchun idishlarni harorati 25-30°S darajada bo‘lgan yorug‘ xonalarga qo‘yiladi. Idishlardagi aeratsiyani muqobil holda tutib turish uchun esa eritma vaqti-vaqti bilan sun’iy ravishda kislorod bilan boyitib turiladi. Tajribaga olingan eritma har 5-6 kunda yangilanib (almashtirilib) turiladi.
O‘simliklarning o‘sishiga har xil tuzlarning ta’sirini o‘rganish
Variantlar
|
Poya uzunligi
|
Ildiz uzunligi
|
0,12 n. NaCl eritmasi
|
|
|
Suv (oddiy oqova suv)
|
|
|
0,12 n. NaCl + KCl eritmasi
|
|
|
0,12 n. NaCl + CaCl2 eritmasi
|
|
|
Tuzlarning o‘simliklar o‘sishiga bo‘lgan ta’siri, 6-7 kundan boshlab sezila boshlaydi. Tajribadan ijobiy natija olishda tuzlarning kimyoviy toza bo‘lishligi muhim ahamiyatga ega. Odatda tajriba 3-4 hafta davom ettiriladi. Shu mo‘ljaldagi vaqt tamom bo‘lishi bilan o‘simliklar eritmalardan olinib, distillangan suv bilan yuviladi va ularning poyasi, ildizlari lineyka yoki millimetr qog‘ozi yordamida o‘lchanadi. Olingan ma’lumotlar yuqoridagi jadvalga yozib olinadi. Imkoniyati bo‘lsa, o‘simliklarning ho‘l va quruq og‘irligi yoki ildizlar soni aniqlansa yanada yaxshi bo‘ladi. Tajribadan olingan natijalar talabalar bilan birgalikda muhokama qilinadi va undan tegishli xulosalar chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |