Nazorat uchun savollar: 1. Ikki metall ionlari deganda nimani tushunasiz?
2. Ionlar ontogonizmi nima?
3. Tuzli aralashmalari bilan oziqlantirish hosilga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
18-LABORATORIYA ISHI О‘simliklarni uch metall ionlari tutgan tuz eritmasida о‘stirish
Darsning maqsadi: Talabalarni о‘simliklarni uch metall ionlari tutgan tuz eritmasida о‘stirish usullari bilan tanishtirish.
Kerakli asbob va reaktivlar:Unayotgan o‘simliklar ypyg‘i, bir litrda 7,02 g NaCl erigan eritma, bir litrda 8,94 g KCl erigan eritma, bir litrda 6,66 g CaCl2erigan eritma, distillangan suv, hovoncha, 1 litrlik shisha idish, pipetka, pinset, qaychi, filtr qog‘ozi, chizg‘ich yoki millimetr qog‘ozi, oynaga yozadigan qalam.
Ishni bajarish tartibi:Bu ishni bajarish uchun 500 sm3 hajmli shisha idishlardan 7 ta olib, yaxshilab yuviladi. So‘ngra bu idishlarning birinchisiga 500 ml NaCl eritmasi, ikkinchisiga 500 ml oddiy suv solinadi. Uchinchi idishga 11 ml KCl+5 ml CaCl2, tо‘rtinchi idishga 22 ml KCl+10 ml CaCl2 solinadi, ularning hajmi NaCl eritmasi bilan 500 ml ga yetkaziladi. Mana shu tartibda tayyorlangan eritmalarga bir xil rivojlanishiga ega bo‘lgan tajriba uchun tanlangan о‘simliklar o‘simtalari tushiriladi. Buning uchun idishlar og‘zini berkitishga mo‘ljallangan qopqoqchalarga o‘simtalar joylashtiriladi. Qopqoqchalarni idish og‘ziga berkitganda, unga o‘rnatilgan o‘simtalarning ildizlari ozuqa eritmasiga to‘la botib turishi kerak.
O‘simtalarning muqobil o‘sishini ta’minlash uchun idishlarni harorati 25-30°S darajada bo‘lgan yorug‘ xonalarga qo‘yiladi. Idishlardagi aeratsiyani muqobil holda tutib turish uchun esa eritma vaqti-vaqti bilan sun’iy ravishda kislorod bilan boyitib turiladi. Tajribaga olingan eritma har 5-6 kunda yangilanib (almashtirilib) turiladi.
O‘simliklarning o‘sishiga har xil tuzlarning ta’sirini o‘rganish