O’simliklar fiziologiyasi


-rasm. Turgor hodisasini aniqlash uchun ishlatiladigan bo’lakchalar hajmi (mm) va shakli. Izoh



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə31/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

3-rasm. Turgor hodisasini aniqlash uchun ishlatiladigan bo’lakchalar hajmi (mm) va shakli.
Izoh: Kartoshka kesiklari darsning boshida tayyorlanib eritma va suvga solib qoyiladi.
Nazorat uchun savollar
1.Turgor nima?
2.Turgor bosim kuchi deb nimaga aytiladi?
3.Laboratoriyada turgor hodisasi qanday usulda olib boriladi?


3-LABORATORIYA ISHI
Plamoliz va deplazmoliz hodisalari. Plazmolizning turli formalari


Darsning maqsadi: Hujayra ichki suyuqligini o’z membranasi (po’sti) dan ajralishi va qayta o’z holatiga tiklanishini mikroskop ostida kuzatish.
Umumiy ma’lumot: O’simlik hujayrasi o’z shirasi konsentratsiyasidan yuqori bo’lgan (gipertonik) eritmaga botirilganda sitoplazmasi membranasidan ajraladi. Bu hodisa plazmoliz deb ataladi. Plazmoliz holatidagi hujayralar suvga yoki gipotonik eritmaga botirilganda, hujayra sitoplazmasi qaytadan o’z po’stiga borib taqalishi deplazmoliz deb ataladi.
Konsentratsiyasi bir-biriga mos kelgan eritmalar izotonik eritma deyiladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Mikroskop, buyum oynasi, qoplag’ich oyna, ustara, filtr qog’oz, qizil piyoz, NaCl, KCl yoki saxarozaning 1n. li eritmasi.

4-rasm. Piyoz po’stidan vaqtinchalik preparat tayyorlash
Ishni bajarish tartibi: Antotsion (rangli qizil) piyoz po’stidan ustara yordamida yupqa kesik olinadi. Yupqa kesik buyum oynasiga qo’yilib, ustiga suv tomiziladi, uni qoplag’ich oyna bilan yopiladi. Hujayralar bir tekis boyalgan va tarang holda ko’rinadi. Qoplag’ich oynaning bir chekkasiga NaCl, KCl yoki saxarozaning 1 n eritmasidan bir tomchi tomiziladi.
Qoplag’ich oynaning ikkinchi tomonidan filtr qog’oz bilan suv shimdirib olinadi. Shu vaqtda sitoplazma hujayra po’stidan ajralib o’rtaga to’plana boshlaydi. Sitoplazma birdaniga hujayraning markaziga o’tib ketmasdan, avval hujayra po’stining burchaklaridan ko’cha boshlaydi va to’liq ajraladi (4-6 rasm).


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin