O’simliklar fiziologiyasi


Kerakli asbob va reaktivlar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə28/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Kerakli asbob va reaktivlar: turli xil о‘simliklar urug‘lari, formalin eritmasi, 4% li NaCl eritmasi, 2% li superfosfat, Petri kosachasi, doka xaltacha, filtr qog‘oz, termostat.
Ishni bajarish tartibi: Ekinlarning tuz ta’siriga chidaliligini oshirish uchun quyi­dagi tadbirlar о‘tkaziladi:

  • Tuzlar ta’siriga chidamli ekin turlarini ekish;

  • Tuzlar ta’siriga chidamli ekin navlarini yaratish va ekish;

  • Yuqori sifatli, saralangan ekin urug‘larini ekish;

  • Shо‘r yerlarda yetishtiriladigan ekinlarning ekish meyorini 15-25 foizgacha (shо‘rlangan yerlarga nisbatan) oshirish;

  • Shо‘r yerlarda yetishtiriladigan ekinlarning sug‘orish meyorini 10-20 foizgacha (shо‘rlanmagan yerlarga nisbatan) kо‘paytirish;

  • Ekish oldidan urug‘larni tuzli (4% li NaCl eritmasi) minerallashgan sizot suvlar (3-4 g/l) va mineral о‘g‘itlar eritmalarida (2% li superfosfat) ivitish. 

Shо‘rlanishga qishloq xо‘jalik amaliyotida shо‘rlangan yerlarga kо‘p miqdorda suv quyib, zovur qazib kurashiladi. G‘о‘za chigiti, bug‘doy donini 3-4% li NaCl eritmasi bilan bir soat davomida namlash va mineral о‘g‘itlar eritmalarida (2% li superfosfat) ivitish yaxshi natija beradi. Shо‘rga chidamli navlarni yaratishda gen injenerligi bilan bog‘liq ishlarni olib borish bu borasida samarali natijalarga olib keladi.
Kо‘p shо‘r bо‘lgan muhitda urug‘larning unuvchanligi va о‘simlikning о‘sish jadalligi pasayadi. Quyidagi usulda shо‘rga chidamligini aniqlashda chidamlilik kо‘rsatkichi – distillangan suvda unib о‘sgan urug‘larga nisbatan tuz eritmalarida unib о‘sgan urug‘lar miqdori hisoblanadi.
Yaxshi urug‘lar tanlanadi. Petri kosachasi va filtr qog‘oz 1 soat davomida 1050С termostatda qizdiriladi. Har bir tur va nav urug‘i doka xaltachada etiketka bilan alohida har biri formalin eritmasi bilan ishlanadi (300 ml suvga 1 ml 3-5 daqiqa davomida). Keyin ozgina quritib har bir Petri kosachasiga 20-25 donadan urug‘ qо‘yiladi. Petri kosachasi tubiga filtr qog‘oz (filtr qog‘oz tagiga buyum oynasi qо‘yish yaxshi natija beradi) qо‘yilib, kerakli miqdorda turli konsentratsiyali tuz eritmasi, nazorat uchun esa distillangan suv quyiladi. Har bir variantda 2 ta kosacha bо‘lishi kerak. Urug‘lar Petri kosachalarida о‘stirish uchun termostatga qо‘yiladi. Termostat tubiga suv bilan kyuvetka qо‘yiladi.
2– jadval


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin