Kerakli asbob va reaktivlar: Alkaloidli о‘simliklar qismlari (bangidevona, mingidevona, kartoshka, lyupin о‘simliklarining bargi, poyasi yoki ildizi), chinni hovoncha, shisha tayoqcha, yod eritmasi.
Ishni bajarish tartibi: Buning uchun tarkibida alkaloid moddasini tutgan о‘simliklarning bargi, poyasi va ildizidan olib, chinni hovonchada yaxshilab eziladi. Shu ezilgan massani oq chinni kosachaga solib, uning ustiga 2-3 tomchi yod eritmasidan tomizilsa, qizg‘ish qо‘ng‘ir chо‘kma hosil bо‘ladi. Hosil bо‘lgan chо‘kmaning oz-kо‘pligiga qarab, alkaloid moddalarining taxminiy miqdori tо‘g‘risida fikr yuritiladi. Tajriba davrida olingan ma’lumotlar jadvalga yozib olinadi va xulosa qilinadi.
12-jadval Alkaloidlarni aniqlashda olingan ma’lumotlar
О‘simlik turi
Tajriba uchun olingan о‘simlik qismi
Chо‘kma miqdori
oz
о‘rtacha
kо‘p
Nazorat uchun savollar: 1. Qanday moddalarga alkaloidlar deyiladi?
2. Alkaloidlarning ahamiyati qanday?
3. O’simliklar tarkibidagi alkaloidlar qanday aniqlanadi?