Kerakli asbob va reaktivlar: Oshlovchi moddali о‘simliklar (oq qayin, dub, kashtan, qarag‘ay pо‘stlog‘i, rovoch, shovul ildizi), 1% li FeC13eritmasi, chinni kosacha, probirka, shisha tayoqcha, hovoncha, о‘tkir pichoq, pipetka, elektr plitkasi yoki gaz gorelkasi.
Ishni bajarish tartibi: 1. О‘simlikning oshlovchi moddasiga boy bо‘lgan qismidan olib, qaychi yoki pichoq yordamida maydalanadi. Maydalangan materialdan ozroq olib probirkaga solinadi va 5-6 ml distillangan suvda qaynatiladi. Sо‘ngra probirka olovdan olinadi va xona haroratigacha sovutilib filtrlanadi. Filtrat ustiga 1-2 tomchi FeC13 ning 1% li eritmasidan tomiziladi. Eritma (FeC13) och yoki tо‘q qora rangga kiradi.
2. О‘simlik tо‘qimasidan olib press ostida yoki chinni hovonchada yanchib shirasi olinadi. Shu olingan shiraga 1-2 tomchi temir (III) xloridniig 1% li eritmasidan tomiziladi. Agar hujayra shirasi qora rangga kirsa, oshlovchi modda borligini kо‘rsatadi.
3. Agar о‘simlikning biror qismi kesib olinsa va shu kesilgan joyga FeC13 eritmasidan 1-2 tomchi tomizilsa, qora rang hosil bо‘ladi. Kesilgan joyda qora rangning hosil bо‘lishi, oshlovchi moddalarning borligini bildiradi.
Mana shu bajarilgan tajribalardan olingan ma’lumotlar jadvalga yozib olinadi va undan tegishli xulosalar chiqariladi.
11-jadval Oshlovchi moddalarni aniqlashda olingan natijalar