Kerakli asbob va reaktivlar: Tabiiy sharoitda о‘sayotgan о‘simliklar (bug‘doy, loviya, geran, tradeskansiya), Bufer eritmasi, ammoniy molib eritmasi, 10% li natriy gidroksid eritmasi, 1% li kraxmal, konsentrlangan HCl, Magnitskiyning dala laboratoriyasi, Kalan tayoqchasi.
Ishni bajarish tartibi: Ikkita bir-biridan keskin farq qiladigan sharoitda о‘stirilgan 5-6 о‘simliklarning ma’lum yaruslaridan bittadan barg olib, ularning bandi va tomirlari 2-3 sm uzunlikda qaychi bilan qirqiladi. Sо‘ngra esa ularni qо‘l iskanjasi ostida siqib, shirasi olinadi. Siqib olingan shira toza probirkalarga solinadi. Mabodo, olingan shira rangdor bо‘lsa, har 2 g namuna hisobiga 6 ml distillangan suv va 0,2-0,5 g aktivlangan kо‘mir qо‘shib, chinni hovonchada yanchiladi va filtrlanadi. Agar olinayotgan barg bandi juda yо‘g‘on bо‘lsa, uni uzunasiga kesiladi va iloji boricha pastki ingichka qismidan olinadi. Rangsizlantirilgan tо‘qima shirasida fosfor elementi aniqlanadi.
Salgina chukurlashtirilgan plastinkaga о‘simlik tо‘qimasidan olingan shiradan 1 tomchi tomizib, uning ustiga ammoniy molibdat eritmasidan 2 tomchi tomiziladi va eritmalar qalam tayoqcha bilan aralashtiriladi. Qalay kuchli qaytaruvchi bо‘lganligi sababli ham hosil bо‘lgan fosfor-molibdat kompleks tuzining qaytarilishi bilan kо‘k havo rang hosil bо‘ladi. Tо‘qima tarkibidagi fosfor miqdoriga qarab, hosil bо‘ladigan rang kuchsiz, о‘rtacha, kuchli va о‘ta kuchli bо‘lishi mumkin. Mana shu hosil bо‘lgan rang darajasini namuna standart eritmalar bо‘yicha tuzilgan rangli shkala bilan solishtirish orqali 1 kg shira tarkibida qancha miqdorda (mg) fosfor borligini yoki uning qancha ballga teng bо‘lishligini aytib berish mumkin. Tajriba natijasida olingan ma’lumotlar tubandagi 9-jadvalga yozib olinadi.
9-jadval О‘simliklar shirasi tarkibidagi elementlar miqdori