O’simliklar fiziologiyasi


Kerakli asbob va reaktivlar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə17/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Kerakli asbob va reaktivlar: Tabiiy sharoitda о‘sayotgan о‘simliklar (bug‘doy, loviya, geran, tradeskansiya), azotni aniqlashda ishlatiladigan quruq reaktivlar, Bufer eritmasi, ammoniy molib eritmasi, 10% li natriy gidroksid eritmasi, 1% li kraxmal, konsentrlangan HCl, Magnitskiyning dala laboratoriyasi, Kalan tayoqchasi.
Ishni bajarish tartibi: Ikkita bir-biridan keskin farq qiladigan sharoitda о‘stirilgan 5-6 о‘simliklarning ma’lum yaruslaridan bittadan barg olib, ularning bandi va tomirlari 2-3 sm uzunlikda qaychi bilan qirqiladi. Sо‘ngra esa ularni qо‘l iskanjasi ostida siqib, shirasi olinadi. Siqib olingan shira toza probirkalarga solinadi. Mabodo, olingan shira rangdor bо‘lsa, har 2 g namuna hisobiga 6 ml distillangan suv va 0,2-0,5 g aktivlangan kо‘mir qо‘shib, chinni hovonchada yanchiladi va filtrlanadi. Agar olinayotgan barg bandi juda yо‘g‘on bо‘lsa, uni uzunasiga kesiladi va iloji boricha pastki ingichka qismidan olinadi. Rangsizlantirilgan tо‘qima shirasida azot elementi aniqlanadi.
Nitratlarni aniqlash ularning sulfanilat kislotasi va alfa-naftilamin bilan beradigan och pushti rangning hosil bо‘lishiga asoslangan.
Ma’lumki, nitratlar Mo elementi ishtirokida nitritgacha qaytariladi. Nitritlar sulfanilat kislotasi va alfa-naftilamin bilan och pushti rang beradi. Shuning uchun ham о‘simlik tо‘qimasidan olingan shira tarkibida nitratlar miqdori qancha kо‘p bо‘lsa, rangning hosil bо‘lishi darajasi ham shuncha kuchli bо‘ladi.
О‘simlik tо‘qimasidan siqib olingan shira tarkibidagi nitratlarni aniqlash uchun salgina chuqurlashtirilgan chinni plastinka ustiga skalpel uchida bir chimdim quruq reaktivdan olib, uning ustiga 3 tomchi bufer eritmasidan, keyin esa tо‘qima shirasidan 1 tomchi tomiziladi va shisha tayokcha bilan aralashtiriladi. Chinni plastinka ustida rang hosil bо‘ladi.
Plastinkaning 3-4 nuqtasiga yuqoridagi reaktivlardan solib, ularning ustiga standart eritmalardan 1 tomchidan tomizilsa ranglar hosil bо‘ladi. Tо‘qima shirasi tomizilganda hosil bо‘lgan rangni bu ranglar bilan solishtirib, bir litr shira tarkibida qancha miqdorda azot borligini aytib berish mumkin. Shira tarkibidagi nitratlarni difenilamin reaktivi yordamida ham aniqlanadi. Nitrat bor sharoitda kо‘k rang hosil bо‘ladi. Tajriba natijasida olingan ma’lumotlar tubandagi 8-jadvalga yozib olinadi.
8-jadval

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin