Nazorat uchun savollar: 1. Fosforning kimyoviy tavsifi qanday?
2. О‘simlikka fosfor yetishmasa qanday о‘zgarish sodir bо‘ladi?
3. O‘simlik tarkibidagi fosforli birikmalarni qanday aniqlanadi?
Darsning maqsadi: Ildizning o‘sishiga geteroauksinning ta’sirini tajribalar asosida o’rganish.
Umumiy ma’lumot: Ma’lumki, о‘simliklarning о‘sish va rivojlanish jarayonida fitogormonlar muhim ahamiyat kasb etadi. Fitogormon deyishimizga sabab, bu moddalar о‘simlik tо‘qimalarida va organlarida hosil bо‘lib, boshqa tо‘qima va organlarga о‘z ta’sirini о‘tkazadilar. Fitogormonlar о‘zlarining tabiati va ta’sir mexanizmiga qarab, auksinlar, gibberellinlar, sitokininlar va ingibitorlar (tormozlovchi) kabi guruhlarga bо‘linadi. Bu moddalar tо‘qima va organlardagi konsentratsiyasiga, bir-birlariga bо‘lgan nisbatiga va о‘simliklarning fiziologik holatiga qarab, fiziologik jarayonlarni tezlatishi yoki ularni tо‘xtatishi ham mumkin.
Geteroauksin o’simliklarning o’sishini va ildiz hosil bо‘lishini tezlashtiradigan fiziologik faol moddadir. O’simliklarni vegetativ kо‘paytirishda, ya’ni qalamchalarning ildiz olishini tezlashtirish uchun geteroauksin ishlatiladi.