Chesnokov aralashmasi
|
Gerik aralashmasi
|
“B” tabletkalari
|
tarkibi
|
1 l suvdagi miqdori, g
|
tarkibi
|
1 l suvdagi miqdori, g
|
tarkibi
|
1 l suvdagi miqdori, g
|
NH4NO3
KNO3
Ca(H2PO4)2
MgSO4
ZnSO4
CuSO4
H3BO3
MnSO4
FeSO4•7H2O
|
0,2
0,5
0,55
0,3
0,002
0,002
0,029
0,019
0,022
|
Ca(H2PO4)2
MgSO4
H2SO4
KNO3
Ca(NO3)2
FeSO4•7H2O
MnSO4
H3BO3
ZnSO4
CuSO4
|
13,5
13,5
7,3
54,2
9,5
1,4
0,2
0,17
0,08
0,06
|
MgSO4•7H2O
NH4NO3
KNO3
Ca(H2PO4)2
H3BO3
ZnSO4
Fe2(SO4)3
MnSO4•5H2O
(NH4)2M0O4
Co(NO3)2•4H2O
CuSO4•5H2O
|
19,84
14,93
34,82
29,90
0,055
0,007
0,39
0,037
0,007
0,007
0,007
|
Tuzlar tarozida tortib olingandan keyin superfosfat va magniy sulfatga kislotadan bir necha tomchi qо‘shib yaxshilab aralashtiriladi va keyin qolgan tuzlar qо‘shiladi. Bu aralashma quruq holda saqlanadi. Ozuqa eritmani tayyorlash uchun bu aralashmadan 1 g olib 1 l suvda eritiladi. Bu aralashma juda yaxshi natija beradi.
Odatda “B” tabletkalari 1,6 g va 16 g li qilib ishlab chiqariladi. Bu tabletkaning 1,6 g ligi 1 l suvda, 16 g ligi esa 10 l suvda eritiladi. Bu ozuqa eritmada sabzavot ekinlari va xonaki о‘simliklar juda yaxshi о‘sadi. “B” tabletkalardan foydalangan vaqtda ish ancha osonlashadi, xatoga yо‘l qо‘yilmaydi. Shu bilan birga vaqt ham tejaladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: har xil o‘simliklar urug‘lari, shag‘al (yoki qum) ozuqa eritmasi, gul tuvak, sirli tog‘oracha, yassi oxur, sim tо‘r, teshikli quvurcha.
Ishni bajarish tartibi: Tajriba uchun odatda ariq shag‘alidan foydalaniladi. Buning uchun ariqdan olingan shag‘al suv toza bо‘lguncha yuviladi.
1–usul: Tajriba uchun gul tuvaklar olinib, ozuqa eritmasi о‘tib turishi uchun yon tomonidan teshiladi. Tuvaklarga о‘simlik juda ehtiyotlik bilan joylashtiriladi, keyin о‘simlik ildizini zararlamasdan shag‘al solinadi. Sо‘ngra bu tuvak ozuqa eritmasi bо‘lgan boshqa idishga solinadi. Bunday idishlar sifatida 1,5-3 l li sirlangan tog‘orachalardan foydalanish mumkin bо‘lib, ular ancha qulay va chidamlidir. Idishdagi eritmaning sathi shag‘aldan 5-6 sm pastroqda bо‘lishi kerak.
2–usul: Shag‘al yoki qum solish uchun chuqurligi 25–30 sm, eni 80 sm va uzunligi 240 sm li yassi oxur tayyorlanadi, ichiga oziq moddalar aralashtirilgan suv kelib turishi uchun teshikli quvurchalar о‘rnatiladi. Quvurchalarning teshiklari berkilib qolmasligi uchun usti sim tо‘r bilan qoplanadi. Oxur shagal yoki toza qum bilan tо‘ldiriladi. Urug‘ qumga ekiladi. Keyin yilning fasliga, о‘simlikning yoshi va xiliga, eritmaning xususiyatiga qarab kuniga 1–5 marta oziq aralashmasi beriladi. Aralashmani berish 30–50 daqiqa davom etadi. Aralashma konsentratsiyasi vaqt-vaqti bilan tekshirilib, yangilab turiladi. Shag‘al va qum bir necha yilgacha almashtirilmaydi. Gidroponika usulida, asosan, sabzavot, gul, rezavor meva, chorva mollari va parrandalar uchun servitamin kо‘katlar о‘stiriladi. Bu yо‘l bilan yiliga 4–5 marta hosil olish mumkin. Oziq aralashmasida о‘simlik uchun zarur hamma moddalar (azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt, temir, marganets, bor, mis, rux, molibden, kobalt va b.) bо‘lishi shart. Ularning nisbati yilning fasliga, о‘simlik xili va yoshiga qarab о‘zgartirib turiladi.
Dostları ilə paylaş: |