O’simliklar fiziologiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə12/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Darsning maqsadi. Talabalarni bir urug‘ pallali o‘simliklarni gidroponika usulida o‘stirish usullari bilan tanishtirish.
Umumiy ma’lumot. Issiqxona xо‘jaliklarida о‘simliklarni tuproqsiz sharoitda, ya’ni gidroponika (gidro- va yun.ponos – mehnat, ishlash) usulida о‘stirish tobora keng qо‘llanilmoqda. Gidroponikaning bir necha usuli bor: suvda о‘stirish, shag‘al (kerazmit, vermikulit) muhitda о‘stirish, torfda о‘stirish va qumda о‘stirish.
О‘simliklarni suvda о‘stirish uchun quyidagi tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi:
1. Urug‘larni undirish;
2. О‘simliklarni о‘stirishda ishlatiladigan idishlarni tayyorlash;
3. Ozuqa eritmalarini tayyorlash;
4. Undirilgan urug‘larni ozuqa eritmasiga о‘tkazish.
О‘simliklarni suvda о‘stirilganda о‘rganiladigan о‘simlik turiga qarab asosan Knop, Gelrigel, Pryanishnikov va Belousov eritmalaridan keng foydalaniladi. Ma’lumki, Knop eritmasi universal eritma hisoblanadi. Chunki, uning tarkibida deyarli hamma о‘simliklarning о‘sishi uchun zarur bо‘lgan asosiy makroelementlar bor. Undan tashqari, bu eritmaning osmotik bosimi kichik bо‘lishi bilan bir vaqtda undagi bir va ikki valentli ionlar muvozanat holatda bо‘ladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Petri idishi, filtr qog’oz, o’simlik urug’i, suv, oyna, 1-3 l li shisha idishlar, qora qog’oz, parafin.
Ishni bajarish tartibi: Petri idishiga filtr qog’oz yozib, ustiga yirik – maydaligi bir xil bo’lgan va zararlanmagan urug’ joylanadi. Usti filtr qog’oz bilan yopiladi va 10-20 ml distillangan suv purkab undiriladi.
Shisha idishlarni tayyorlash. Bir pallali о‘simliklarni suv sharoitida о‘stirishda 0,5 litrli shisha idishlardan foydalaniladi. Tajriba uchun ishlatiladigan idishlarning og‘ziga ularga mos keladigan qopqoqlar bо‘lishi kerak. Buning uchun yog‘ochdan, karton qog‘ozidan yoki polietilendan qopqoqchalar tayyorlanadi. О‘stiriladigan о‘simlik turlariga qarab qopqoqchalarga ma’lum о‘lchamdagi teshiklar ochiladi. Boshoqli о‘simliklar (bug‘doy, arpa, suli, javdar) dan tajriba uchun olinganda 8-10 tadan tirqish ochilishi kerak. Qopqoqchalarga tirqishlar ochilib bо‘lgach, ularning ustki qavati yupqa parafin qavati bilan qoplanadi. Buning uchun qizdirib orntilgan (suyultirilgap) parafinga qopqoqlar botirib olinadi. Qopqoqlarni yupqa parafin qavati bilan qoplashdan maqsad, ularda mikroorganizmlarning kо‘payib ketishiga yо‘l qо‘ymaslikdir.
Hajmi 0,5 l li bankaga suv tо‘ldirilib, usti parafin shimdirilgan teshikli qopqoqcha bilan yopiladi. Yuqorida aytilgandek undirilgan urug‘lardan ildizi 1-2 sm о‘sgan urug‘lar tanlab olinadi va teshikchalarga avaylab о‘rnashtiriladi. Ungan bu urug‘lar qopqoqchalar ustida о‘sa boshlaydi. О‘simliklar 3 tadan chinbarg chiqarguncha shu holda о‘stiriladi. О‘simliklarni suvda о‘stirishda quyidagi 6-jadvalda berilgan aralashmalardan biri ishlatiladi (g hisobida).
Ish vaqtini tejash maqsadida tajriba uchun ishlatiladigan Knop eritmasining konsentratsiyasini olinadigan tuzlarning suvda erish darajasiga qarab bir necha 10 martalab (konsentrik holda) kо‘p miqdorda olib, hajmini esa 100 martalab kо‘proq tayyorlash kerak. Tayyorlangan konsentrik eritmalarni og‘zi berkitilgan katta shisha ballonlarda saqlash mumkin. Ozuqa eritmasi uchun olinadigan tuzlarni alohida-alohida olingan idishlarda distillangan suvda eritiladi. Sо‘ngra bu eritmalar tajriba boshlashdan oldin bir-birlari bilan qо‘shiladi va olingan tuzlar miqdoriga qarab, ular ma’lum hajmga keltiriladi.
6–jadval

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin