O’simliklar fiziologiyasi


Kerakli asbob va reaktivlar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə11/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Kerakli asbob va reaktivlar: o’simlik urug’i, suv, qum, tuproq, elak, doka, HCl eritmasi, katta hajmli shisha idish yoki tunuka chelak, parafin.
Ishni bajarish tartibi: O’simliklarni tuproqda va qumda o’stirishda vegetasion idishlar ishlatiladi. Buning uchun katta hajmli shisha idishlar yoki tunukadan yasalgan maxsus chelaklardan foydalaniladi. Ularning ichi surik deb atalgan boyoq bilan boyaladi. Boyoq qurigandan keyin idishning ichki devoriga benzinda eritilgan parafin surkaladi. Idishning tashqi tomoni ohak atalasi bilan boyaladi yoki dokadan tikilgan paxtali ko’rpacha bilan o’raladi.
Tuvak idishdagi tuproq va o’simliklarni suv bilan ta’minlab turish uchun idish tubiga ma’lum miqdorda shag’al solib, uning orasiga tunuka yoki shisha nay o’rnatiladi. Vegetasion idishga o’sha nay orqali suv qoyib turiladi. Shag’alning usti 1-2 qavat filtr qog’oz va bir qavat doka bilan yopiladi. Doka ustiga idishning hajmiga qarab, 0,5-1 kg miqdorda elangan qum bosiladi. So’ngra vegetasion idish barvaqt tayyorlab qoyilgan tuproq bilan to’ldiriladi. Tuproq zich qilib bosiladi va qatqaloq paydo bo’lmasligi uchun ustiga 0,5-1 kg qum sepiladi.
Vegetasion idishlarga solinadigan tuproq zarrachalarining diametri 1 sm dan katta bo’lmasligi kerak. Bu tuproq strukturasini yo’qotmaydigan, ya’ni donador bo’lishi shart. Buning uchun tuproqni vegetasion idishlarga to’ldirishdan oldin 3:1 nisbatda elangan qum aralashtiriladi. Qum aralashgan tuproqqa zarur miqdorda mineral tuzlar solib, qayta aralashtiriladi. Jumladan, bir kilogramm tuproqqa 0,5 gr natriy selitrasi (NaNO3); 0,5 gr kaliy tuzi (KCl); 0,75 gr superfosfat [Ca3(PO4)2] qo’shiladi. Vegetasion idishga solinadigan suv miqdori aniqlanadi.
Nazorat uchun savollar.
1. O’simlikni qumda qanday o’stiriladi?
2. O’simlikni suvda qanday o’stiriladi?
3. O’simliklarni tuproqda qanday o’stirish mumkin?


8-AMALIY MASHG‘ULOT
Bir urug‘ pallali o‘simliklarni gidroponika usulida o‘stirish



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin