Nazorat uchun savollar: 1. Oshlovchi moddalar deb nimaga aytiladi?
2. Oshlovchi moddalarning qanday ahamiyati bor?
3. O’simliklar tarkibidagi oshlovchi moddalar qanday aniqlanadi?
Darsning maqsadi: O‘simliklar tarkibidagi alkaloid moddalarini tajribalar asosida aniqlashni o’rganish.
Umumiy ma’lumot: Tarkibida azot elementini tutgan va asoslik xossasiga ega bо‘lgan geterotsiklik tuzilishiga ega bо‘lgan birikmalar alkaloidlar deb ataladi. Alkaloidli moddalar achchiq ta’mli bо‘lib, ular kо‘knoriguldoshlar, ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bо‘lgan о‘simliklarda va shuningdek ikki pallali dukkaklilarning bargida, poyasida, pо‘stlog‘ida kо‘proq tо‘planadi. Ayniqsa, kо‘knori о‘simligining shirasida va xin daraxtining pо‘stlog‘ida alkaloidlar miqdori 20 % ga yetadi.
Alkaloidlar о‘simliklar tо‘qimasida olma, uzum va limon kislotalarining tuzlari kо‘rinishida bо‘ladi. Erkin holda uchraydigan birikmalari suvda erimaydi. Alkaloidlar fiziologik faol moddalar bо‘lib, hayvon organizmiga kuchli ta’sir kо‘rsatadi, ularning kо‘pchiligi zaharlidir. Alkaloidlar har xil tuzilishga ega bо‘lib, ularning kо‘pchiligi piridin, pirrolidin, xinolin, indol va purin hosilalaridir. Masalan, piridin guruhiga ritsinin kiradi. Bu modda kanakunjut bargining tarkibida 1,33-1,37% bо‘ladi.
Ritsinin juda ham zaharli modda bо‘lib, u о‘z tarkibida CN- guruhini tutadi. Kanakunjutdan Kastorovo yog‘ini (curgi dorisini) olgandan keyin qoladigan kunjaradan foydalanib bо‘lmaydi. Alkaloidlarga yana nikotin va anabazin moddalarini ham olish mumkin. Lyupin о‘simligi tarkibida 20 dan ortiq alkaloid moddalari topilgan.
Alkaloidlar modda almashinuv jarayonida muhim rol о‘ynaydi. Tamaki о‘simligida oqsil miqdorining oshishi bilan nikotin miqdori kamayib boradi. Alkaloidlarning sintezlanishida aminokislotalar muhim ahamiyatga ega. Demak, о‘simlik tо‘qimasida oqsil moddalarining kо‘proq sintezlanishi alkaloidlarning kamayishiga olib keladi.