O‘simliklarni sho‘rlanishga chidamliligini oshirish usullarini o‘rganish
Darsning maqsadi. Talabalarni о‘simliklarning sho‘rlanishga chidamliligini oshirish usullari bilan tanishtirish.
Umumiy ma’lumot: Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi tuproq tarkibidagi tuz miqdori va tuproq eritmasi konsentratsiyasining ekinlarning normal о‘sishi va rivojlanishiga hamda yuqori hosil olishga zarar yetkazmaydigan eng katta miqdoridir.
Madaniy о‘simliklar tuz ta’siriga yaxshi chidamli emas. Lekin ular orasida tuz ta’siriga chidamli о‘simliklar ham uchraydi. Masalan, sug‘oriladigan xududlarda lavlagi, jо‘xori va kungaboqar ekinlari boshqa ekinlarga qaraganda tuz ta’siriga ancha chidamli. G‘о‘za, tariq va arpa tuz ta’siriga chidamliroq ekinlardan hisoblanadi.
G‘о‘za turlari orasida ingichka tolali paxta navi (Gossipium barbadense), uzun tolali paxta navlariga (Gossipium hirsutum) qaraganda shо‘rlanish ta’siriga ancha chidamliroq. Beda (maysasi paydo bо‘lish davrida) tuz ta’siriga yaxshi chidamli emas. Mosh, loviya va nо‘xat tuz ta’siriga eng kam chidamsizdir. Sabzavot va poliz ekinlari orasida tuz ta’siriga eng kam chidaydigani bodringdir; pomidor, tarvuz va piyoz tuz ta’siriga ancha chidamliroq. Tuz ta’siriga karam, qovun va qovoq yaxshi chidaydi. Mevali daraxtlardan о‘rik va nok chidamli. Tok novdasi ham tuz ta’siriga yaxshi chidaydi. Qishloq xо‘jalik ekinlarini tuz ta’siriga chidamliligi bо‘yicha 5 guruhga bо‘lish mumkin (13-jadval).
Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi о‘simlikning yoshiga qarab о‘zgarib turadi. О‘simliklarning urug‘dan unib chiqish, nihol paydo bо‘lish yoki dastlabki rivojlanish davrida tuzlar ularga kuchli ta’sir etadi. Bu davrda tuproqdagi tuz miqdori eng kam bо‘lishi kerak. Katta yoshli о‘simliklar kо‘proq shо‘rlangan tuproqqa ham chidash bera oladi. Biroq, о‘sish davomida, ayniqsa boshlang‘ich davrda tuproqning shо‘rlanganligi ma’lum meyordan (turli ekinlar uchun turlicha) ortib ketsa ekinning о‘sishi yomonlashadi va juda kam hosil beradi.
13-jadval Ekin turlarining tuz ta’siriga chidamliligi