Oraliq va yakuniy baholash bo’yicha.
variant savollarining barchasiga to’g’ri javoblar yozilgan bo’lsa;
o’quv rejadan tashqari zamonaviy materiallardan xabardor bo’lsa;
qonun-qoidalar, nazariya va taxminlar, tushunchalar va tasavvurlar, formula va tenglamalar to’g’ri yozilsa;
bayonda ilmiy xatoliklarga yo’l qo’yilmay, material mazmunining ilmiy va mantiqiyligi saqlansa;
bayonda orfografik va grammatik kamchiliklar uchramasa.
71-85 ball olish uchun:
Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlari bo’yicha.
amaliy mashg’ulot mavzusining maqsadi va mazmunini to’g’ri tushunsa;
bajargan ishining nazariy va amaliy aqamiyatini tushunsa;
amaliy mashg’ulot vositalaridan foydalanishni bilsa;
berilgan vazifani mustaqil bajarsa;
olingan natijalardan to’g’ri xulosalar chiqarsa;
natijalarni matematik qayta ishlay olsa;
bajargan ishi yuzasidan hisobot shakllantira olsa.
Oraliq va yakuniy baholash bo’yicha.
savollarga yozilgan javoblar to’g’ri, ammo o’quv dasturi talablari doirasi bilan cheklangan;
javoblarda ilmiylik buzilmagan;
bayon mazmunida mantiq saqlangan;
qonun-qoida, nazariya va taxminlar, tushuncha va tasavvurlar bayonida hatoliklar uchramasa;
bayonda orfografik va grammatik xatolar uchramasa;
berilgan topshiriqlarning bittasiga to’liq javob yozilmagan bo’lsa.
55-70 ball olish uchun:
Ma’ruza va amaliy mashg’ulot bo’yicha.
ishning maqsad va mazmuni haqida umumiy tasavvurga ega bo’lsa;
asbob-uskunalardan mustaqil foydalanish mahoratiga ega bo’lmay, ish davomida, chetdan bo’ladigan yordamlarga muhtoj bo’lsa;
ish natijalarini qayta ishlash va hisobot tayyorlashda yordamga muhtoj bo’lsa;
hisobotda ayrim hatoliklarga yo’l qo’ysa.
Dostları ilə paylaş: |