Moddalarning
o‘simliklarda tashiluvi ulardagi maxsus to‘qimalar
o‘tkazuvchi suv naychalari tutamlari orqali ro‘y beradi. O‘z navbatida barcha
to‘qimalardagi suv va unda erigan moddalarning harakati ikki tipda, ya’ni hujayra
devorlari orqali (apoplast bo‘yicha) hamda bir biri bilan plazmodesmalar orqali
tutashgan hujayra sitoplazmalari orqali (simplast bo‘yicha) bo‘lishi mumkin. Suv
va unda erigan moddalarning o‘tkazuvchi naychalar tutamlari orqali tashiluvi ham
ikki tipda ya’ni ksilema to‘qimalari bo‘ylab (ildizlardan poya organlarigacha
bo‘lgan «yuqoriga ko‘tariluvchi oqim») va floema to‘qimalari bo‘ylab tashiluv
(barglarda BIOSintez bo‘lgan organik birikmalarning o‘simlikning
geterotrof
oziqlanuvchi boshqa organlariga yoki zahiralovchi qismiga tashiluvi «pastga
harakatlanuvchi oqim») ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek floema bo‘ylab zahira
moddalar metabolitlari ham tashilishi mumkin.
Ko‘p hujayrali suv o‘tlarida metabolitlarning harakati simplast orqali ro‘y
beradi. Faqatgina qung‘ir suv o‘tlaridan bo‘lgan laminariyalarda ularning
tallomlari to‘qimalarga ajralganligi sababli suv o‘tkazuvchi naychalar tutamlari
poya’ning o‘rtasida shakllangandir. Suv va unda
erigan moddalarning butun
o‘simlik tanasi bo‘ylab harakati moxlarga ham xosdir. Ammo qolgan barchayer
o‘stki yuksak o‘simliklarida trexeidlardan yoki ksilema naychalaridan tashkil
topgan o‘tqazuvchi to‘qimalar hamda elaksimon to‘qimalar va yo‘ldosh hujayra
floemalari mavjud. Shuningdek suv va unda erigan moddalarni o‘tkazishga
moslashgan parenxima va boshqa maxsus hujayralar mavjud. O‘tkazuvchi nay
tutamlari suv va unda erigan moddalarni bir necha ditsemetrdan bir necha o‘n
metrgacha tashishi tufayli o‘simlikning barcha organlarini tutashtirib turadi.
Yuksak o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qimalar
mavjudligi sababli
moddalarning hujayra devorlari va sitoplazma bo‘ylab tashiluvi bir necha millimetr
atrofida bo‘ladi xolos. Ildizlar va poyadagi moddalarning radial tashiluvi va barg
mezofili bo‘ylab moddalarning harakati bunga yaqqol misoldir.
Dostları ilə paylaş: