O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа


xloroplastlarda hosil bo‘lishi va



Yüklə 61,74 Kb.
səhifə2/13
tarix24.12.2023
ölçüsü61,74 Kb.
#192730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа-fayllar.org

xloroplastlarda hosil bo‘lishi va 
hujayra sitoplazmasiga
chiqishi (Kursanov,1973 Ribul-1,5 
dif- ribulozo-1,5 difosfat, ФГК- 
fotoglitserin kislotasi, ФГА-
fosfoglitserin aldegidi, FDA - 
fosfodioksiatseton, АДФГ- 
adenozindifosfatglyukoza ,
UDFG-uridin-difosfatglyukoza, Г-
1-Ф-glyukozo-l-fosfat, Г-6-Ф-
glyukozo-6-fosfat, Фр-1,6-dif-
fruktozo-1,6-difosfat, zo-6-fosfat,
Fr-1,6-dif-fruktozo-1,6-difosfat,
FR- 6-fruktozo-fosfat, Сах- Ф- 
saxarozafosfat, Сах - saxaroza, Фр-fruktoza, Гл-glyukoza, Fi-anorganik 
fosfor 



A.L.Kursanov (1976) o‘z shogirdlari bilan aniqlashicha, organik moddalar


voyaga yetgan barglardan yosh barglarga o‘tadi. Generativ organlarning (gul va
meva) hosil bo‘lish davrida,ularga yaqin joylashgan barglar organik moddalarni
generativ organlarni ta’minlashga yo‘naltiradi. Ayniqsa, fiziologik faol (o‘stiruv)
moddalari ko‘p bo‘lgan generativ organlar organik moddalarni ko‘proq o‘ziga
tortadi va yaxshiroq rivojlanadi. Organik moddalar yetishmay qolgan organlarning
rivojlanishi sustlashadi, ayniqsa yosh generativ organlar (g‘uncha va gullar)
ko‘proq to‘kiladi. O‘simliklarda sodib bo‘ladigan bu жараёнларни ўрганиш va
ularning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotgan joriy etish bilan
hosildorlikni keskin oshirish mumkin.
Ionlarning membranalar orqali transport mexanizmi 
Fanda ancha vaqt o’simlik ildizlariga tuproqdan mineral moddalarning
kirishi transpirasiyaga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq, ya’ni transpirasiya kuchi ta’sirida
suvning o’simlik ildizlariga va so’ngra tana orqali barglarga qarab harakat qilish
jarayonida juda suyuq tuproq eritmasi ham deyarli o’zgarmasdan o’simlik
ildizlariga kiradi, degan fikr hukm so’rgan. Keyingi yillardagi tekshirishlar, bu
jarayonning ancha murakkab ekanligini va o’simlikka kirib unda to’planayotgan
mineral moddalarning miqdoriga mo’tanosib bo’lganligini ko’rsatdi.
Shunday qilib, o’simlik ildizlariga mineral tuzlar uzluksiz so’riladigan suv
bilan passiv ravishda kiradi, deyilgan tushunchaning asossiz ekanligi aniqlandi.
Lekin bundan mineral tuzlarning o’zlashtirilishida transpirasiya oqimi hech qanday
ahamiyatga ega emas degan ma’no chiqmaydi. Chunki ildiz hujayralari orqali
traxeya va naylarga o’tgan mineral moddalar, ksilema shirasi holatida
o’simliklarninng boshqa organlariga transpirasiya kuchi orqali taqsimlanadi.
Mineral elementlarning hujayraga yutilishi dastavval hujayra po’stidan
boshlanadi va so’ngra membranada davom etadi. Hujayra po’sti asosan sellyuloza,
gemisellyuloza va pektin moddadan iborat. Pektin moddasi o’z tarkibida karboksil
gruppalarni saqlaydi va kation almashinuv xususiyatiga ega bo’ladi. Bu esa musbat
zaryadlangan moddalarni to’plash sharoitini yaratadi. Natijada ionlar tuproq
eritmasidan hujayra po’stiga diffuziyalanadi. Diffuziyalanish jarayonida po’stdagi
erkin bo’shliqlar to’lib, ionlar konsentrasiyasi tashqi eritmaning konsentrasiyasiga
tenglashguncha davom etadi. Hujayra po’stidagi erkin bo’shliqlar o’rtacha 5-10
hajmga ega bo’lib, po’stdagi molekulalararo, plazmalemma hamda po’st
o’rtasidagi bo’shliqlar yig’indisidan iborat. Erkin bo’shliqlarning mineral ionlar
bilan to’lishi oddiy diffuziyaga asoslangan. Uning konsentrasiyasi tashqi eritma
konsentrasiyasiga bog’liq. Tuproq eritmasining konsentrasiyasi o’zgarishi erkin
bo’shliqdagi elementlar miqdoriga ham ta’sir etadi. Masalan, ildizlar toza suvga
solinsa erkin bo’shliqdagi ionlar suvga qaytib chiqadi. Ionlarning po’stdagi erkin
bo’shliqlardan sitoplazmaga o’tkazilishi almashinuv adsorbsiyasiga asoslangan.
ya’ni sitoplazmadagi nafas olish jarayonida hosil bo’lgan H
+
kationlarga va HCO
3
-
(OH
-
) yoki organik kislotalarning anionlari mineral moddalarning anionlariga
almashinadi. Ildizning suruvchi qismi bilan tuproq zarrachalari umumiy kolloid
tizimni hosil qiladi va u moddalarning adsorbsiyalanishida muhim ahamiyatga ega
bo’ladi. Ildiz tukchalari odatda tuproq zarrachalariga mahkam yopishadi va shu



tufayli o’simlik ildizlarida almashinish reaksiyalari ancha yengil bo’ladi.


Sitoplazmaga o’tgan ionlar metabolizm jarayonida ishtirok etadi.
1. Agar moddalar lipidlarda eruvchan bo’lsa, u holda ular membrananing lipid
fazasida oddiy diffo’zlanadi.
2. Lipofil tashuvchilar yordamida gidrofil moddalarning diffuziyasi.
3. Ion kanallari orqali oddiy diffuziY.
4. Moddalarni aktiv tashuvchilar (nasoslar) yordamida o’tkazish.
5. Moddalarni ekzositoz va endositoz yo’llari bilan o’tkazish.
Moddalarni membranalar orqali bunday harakatlari faol va sust xarakterga
ega bo’ladi.
Moddalarning (yoki ionlarning) gradiyentga asosan oddiy diffuziyalanish
yo’li bilan yoki tashuvchilik vazifasini bajaruvchi maxsus oqsillar ishtirokida
o’tishiga sust transport (tashish) deyiladi. U tashqi sharoitda ionlarning
konsentrasiyasi hujayradagi miqdordan ko’p bo’lganda sodir bo’ladi.

Yüklə 61,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin