Yaqinga tashish - bu hujayra va to‘qimalar o‘rtasida bo‘lib, ionlar,
metabolitlar va suvning harakatlanishidir.
Uzoqga tashish - bu butun o‘simlik organizm bo‘ylab uning organlari
o‘rtasidagi moddalarning tashilishidir.
Oqim yo‘nalishlaishlari ikki xil yaqin va uzoq masofali xarakterga ega.
Yaqin masofali transport hujayra va to‘qimalarda bo‘lib, asosan uch yo‘l orqali
amalga oshadi. Simplast oqim sitoplazma va plazmodesmalar vositasida
harakatlanadi. Apoplast oqim hujayralarining devori orqali harakatlanadi va
uchinchi yo‘l – vakuolalar tizimi orqali amalga oshadi. Yaqin masofali transport
juda qisqa hatto millimetrlar bilan o‘lchanib, moddalarning barg mezofilidagi ildiz
va poyadagi radial transportini o‘z ichiga oladi. Uzoq masofali oqim ksilema va
floema naylari orqali sodir bo‘ladi. Odatda bu naylar o‘simlik tanasidagi hamma
qismlarni tutashtiradi, natijada organik moddalar bir necha o‘nlab santimetrdan to
o‘nlab metrlargacha harakat qiladi (ayniqsa daraxtlarda). Yaqin va uzoq masofali
transportlarda vaqt, energiya sarflanadi.
Moddalarning uzoq masofalarga tashilishi uchun evolyutsiya jarayonida
o‘simliklarda maxsus o‘tkazuvchi to‘qimalar shakllangandir. Masalan,
transpiratsion oqim uchun ksilemadagi nay va traxeidlar, assimilyatlar oqimi uchun
esa floemadagi elaksimon naychalardir.
Ksilemalardagi tashiluv
Ksilemaning tuzilishi va suv va mineral moddalarning ksilema tashiluvining
mexanizmi botanika kursidan va ushbu qо‘llanmaning avvalgi boblarida keng
yoritilgandir. Shuning uchun ushbu qismda umumiy hollar va ayrim qо‘shimcha
ma’lumotlar beriladi xolos.
Ksilema shirasining tarkibi. Ksilema shirasining tarkibini asosan anorganik
moddalar tashkil qiladi. Ammo ayrim hollarda ksilema shirasi tarkibida
aminokislotalar, amidlar va alkaloidlar hamda shu kabi azotli birikmalar, organik
kislotalar, fosfororganik efirlar, tarkibida oltingugurt saqlovchi birikmalar, ayrim
miqdorda qand moddalari va kо‘p atomli spirtlar hamda fitogormonlari ham
uchraydi.
Ksilema shirasida о‘z rivojlanishini tugatayotgan traxeidlar vakuolalari
hamda sitoplazmasidan о‘tgan anchagina murakkab moddalar ham uchrashi
mumkin. Ammo, ksilema shirasida saxaroza deyarli uchramagani holda
rloemadagi uning miqdori 450-470 mM/1 bо‘lishi mumkin.
Aminokislotalarning ham ksilema shirasidagi miqdori ham juda kam-0,7-2,6
mg/ml bо‘lgani holda floema shirasidagi miqdori anchagina kо‘p 13-15 mg/ml
atrofida. Shuningdek magniy va kaliy elementining ksilema shirasidagi miqdori
mos ravishda 0,3-1,1 va 2,4-4,4 mM/1 bо‘lgani holda floema shirasidagi ushbu
kо‘rsatkichlar 3,5-5,8 hamda 39-46 mM/1 atrofida.
Ksilema shirasidagi organik moddalarning tarkibi о‘simlikning turiga, tashqi
muhit eritmasi tarkibidagi ionlarning miqdoriga va tabiatiga qarab о‘zgarib tо‘radi.
Masalan о‘simlik ildizlarini tarkibida anionlarga nisbatan о‘zlashtirilishi yengil
kationlar kо‘p bо‘lgan tuzli eritmaga joylashtirsak, unda о‘simlik tomonidan
anionlarga nisbatan kationlarni kо‘proq о‘zlashtirganligini kо‘rishimiz mumkin.
Ushbu holda о‘simliklar о‘zlaridagi anionlar yetishmasligini organik
anionlar, masalan suktsinat, malat, sitrat va boshqa shu kabi karbon kislotalarini
sintezlash tufayli bartaraf etishadi. Agarda о‘simlik о‘sayotgan muhitda yuqori
nitrat reduktaza faolligiga olib keluvchi hollar kо‘p bо‘lsa, ksilema shirasining
tarkibida lizin, aspartat, glutamat va boshqa shu kabi aminokislotalarning miqdori
kо‘p bо‘ladi.
Ksilema shirasining о‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu uning tarkibining
vakuolalar shirasi tarkibidan keskin farq qilishidir. Masalan nо‘xot epikotili
vakuolasidagi kaliy ionlarining miqdori 55-78 mM/l bо‘lgani holda uning ksilema
shirasidagi miqdori bor yо‘g‘i 2-4 mM/l atrofidadir.
Dostları ilə paylaş: |