Tо‘rsimon naylarda moddalarning tashiluvi. Assimilyatlarning tо‘rsimon
elementlarda harakatlanishi simplast tashiluvning о‘ziga xos tomonlari bо‘lib
uning mexanizmi hozircha aniqlangan emas.
Hozirgi vaqtda birmuncha asoslangan deb E.Myunxennig (1926) bosim ostida oqish gipotezasi qaraladi. Ushbu gipotezaga asosan siplast asosida
fotosintezlovchi hujayralarda tо‘planuvchi saxaroza tufayli va assimilyatlardan
foydalanuvchi tо‘qimalar о‘rtasida (masalan ildiz hujayralari) osmotik gradient
vujudga keladi va u tо‘rsimon naylarda gidrostatik bosim gradientiga aylanadi.
Buning natijasida floemada barglardan ildizlarga yо‘nalgan suyuqlik harakati
yо‘nalishi hosil bо‘ladi. Hozirgi vaqtda ushbu gipoteza assimilyatlarning uzoqga
tashiluvi omili bо‘lgan floemaning tо‘lishi va bо‘shashishi mexanizmlarini
о‘rganish tufayli birmuncha tasdiqlangan. Tо‘rsimon naylar plazmalemmasida
saqlanib qolgan tanlab о‘tkazuvchanlik xossasi bosim ostida floema shirasining
harakatlanishining asosiy omilidir.
Yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan floema shirasining tashiluvi mexanizmi qaysidir
jihatlaridan ksilema shirasining ildiz bosimi natijasida ildizlardan barglarga
tashiluvi jarayoniga о‘xshab ketadi. Ushbu о‘xshashlik ayniqsa bahor vaqtlarida
jarohatlangan daraxtlar va toklarning «yig‘lashi» misolida shira tarkibida
qandlarning anchagina kо‘pligi jihati bilan yanada yaqqol tasdiqlanadi.
Floemaning bо‘shalishi. Floemaning bо‘shalishi uchun asosiy hol bu
tо‘rsimon naylardagi gidrostatik bosimning oshishidir. Bundan tashqari jadal
о‘suvchi va zahiralovchi organlarlarning floemadan assimilyatlarni tortishi ham
alohida о‘rin tutadi. Aktseptor zona hujayralarining plazmolemmasida N
+
-
pompalari ishlaydi. U bir tomondan tо‘rsimon naylarga ta’sir qilib apoplastning
hujayra devorlariga K
+
ionlari va saxarozaning berilishini amalga oshirsa ikkinchi
tomondan kaliy ionlari va saxarozani aktseptor tо‘qimalarining simlastiga о‘tishini
amalga oshiradi. Saxarozaning yutilishi protonlar simporti bilan membrana
tashuvchilari orqali amalga oshsa, kaliy ionlarining yutilishi elektrik gradient
asosida bо‘ladi.
Zahiralovchi organlar hujayralarida, masalan qand lavlagi ildizmevalarida
saxaroza vakuolalarda yig‘iladi. Bunda apoplast orqali K
+
ionlari faol kо‘chiriladi
va bu hol saxarozaning tashiluviga yordam beradi deb faraz qilinadi. Vakuolaga K
+
ionlarining yoki saxarozaning tashiluvi mexanizmi haqida aniq bir fikr yо‘q.