O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа


Barg plastinkasida о‘tkazuvchi tizimning tashkillanishi



Yüklə 61,74 Kb.
səhifə10/13
tarix24.12.2023
ölçüsü61,74 Kb.
#192730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа-fayllar.org

Barg plastinkasida о‘tkazuvchi tizimning tashkillanishi. Barglardagi
mavjud umumiy tо‘qimalaming 25% о‘tkazuvchi tizim hissasiga tо‘g‘ri keladi.
О‘tkazuvchi tizimning uzunligi 1 sm yuzaga nisbatan 20-100 sm atrofida bо‘lishi
mumkin. Ammo ushbu kо‘rsatkichning faqatgina 5% yirik о‘tkazuvchi tо‘qimalar
hissasiga tо‘g‘ri keladi. Qolgan 95% ingichka о‘tkazuvchi tо‘qimalardir.
О‘tkazuvchi tо‘qimalar tutamlariga kiruvchi nisbatan qattiq tomirlar ksilema
va yaxshi rivojlangan floemadan iboratdir. Eng kichik tutamlar tarkibiga bir-uchta
traxeal elementlar kirib floema esa kuzatuvchi hujayra bilan bitta tursimon naydan
iboratdir. Floema tutamlarining oxirgi qismi faqat parenxima hujayralarini tutadi.
Binobarin barglarda sintezlangan assimilyatlarning floemaning о‘tkazuvchi
tizimiga о‘tishi avvalo kuzatuvchi hujayralar va parenxima hujayralariga
о‘tishidan, sо‘ngra esa uzoqqa tashishga moslashgan maxsus elaksimon
elementlarga о‘tishi tufayli bо‘ladi.
Barglardagi assimilyatlarning tashiluvi qattiq tartiblashgandir, ya’ni mezofil
hujayralaridagi bar qaysi mikrozonada (70-130 mkm radiusdagi) sintezlangan
fotosintez mahsulotlari eng yaqin va kichik tutam-о‘tqazuvchi tо‘qimaga, sо‘ngra
esa floema hujayralari orqali yirik tomirlar tomonga qarab harakatlanadi. Shunday
qilib bar bir mikrozona tarkibiga bor-yо‘g‘i bir nechta mezofill hujayralari kiradi
xolos.
Floema shirasining tarkibi. Floema shirasidagi qandlarning tashiluvchi
asosiy formasi bu saxarozadir. Shu sababli floema shirasi tarkibida saxarozani
glyukoza va fruktozaga parchalovchi ferment inverfaza fermentining faolligi juda
ham
kam.
Floema
shirasidagi
saxarozaning
miqdori
barg
mezofill
hujayralaridagiga nisbatan 10-30 marotaba ortiq bо‘lib quruq moddaga nisbatan
80-85% yoki 0,8-1,0 molG‘l atrofidadir. Floemaning tо‘rsimon naylarida boshqa
qandlar, masalan rafmoza va saxioza, spirtlar (sorbit) ham tashilishi mumkin.
Floema shirasi tarkibidagi azotli birikmalar masalan, oqsillar, amidlar,
aminokislotalarning miqdori 0,5% atrofida bо‘ladi.



Floema shirasi tarkibida organik kislotalar, vitaminlar, fitogormonlar


masalan, auksin, gibberellinlar, sitokininlar va anorganik tuzlar (1-3% atrofida)
ham uchraydi. Fitogormonlarning miqdori juda ham kam bо‘lib 5-50 nmolG‘l
atrofidadir. Floema shirasining о‘ziga xos tomonlaridan biri bu unda K
+
ionlarining
kо‘pligi (50-200 mmol/l) va pH kо‘rsatkichining balandligidir (8,0-8,5) hamda
yо‘ldosh-hujayralar faoliyati tufayli bо‘ladigan ATF miqdorining 0,4-0,6 mM/l
atrofida bо‘lishligidir.

Yüklə 61,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin