2.1 O’zbekistonda farovonlikni oshirish nazariyasi.
26
Aholi farovonligini yanada oshirish va mamlakatni rivojlantirishning dolzarb
masalalari muhokama qilindi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
rahbarligida shu yil 11-aprel kuni kengaytirilgan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari rahbarlari, Prezidentning Davlat
maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, kompaniya va uyushmalar
rahbarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent
shahar, mamlakatimiz shahar va tumanlarihokimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok
etdi.
Selektor yig'ilishida dastlab hayotiy muhim masalalar bo'yicha fuqarolarning
murojaatlarini ko'rib chiqish borasidagi ishlarning ahvoli muhokama qilindi.
Yig'ilishda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida,
mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining Xalq qabulxonalari hamda davlatimiz rahbarining Virtual qabulxonasi
tashkil etilib, o'z faoliyatini boshlagani xalq manfaatlarini ta'minlash, mamlakatni
yangilash va demokratlashtirish yo'lidagi ulkan amaliy qadam bo'lgani alohida
ta'kidlandi. Joriy yil boshidan buyon Virtual qabulxonaga 315 mingta murojaat kelib
tushgan. Joylardagi Xalq qabulxonalarida 47 mingdan ortiq fuqaro qabul qilingan va
ularni qiynayotgan muammolarni hal etish bo'yicha amaliy yordam ko'rsatilgan. Shu
bilan birga, joylarda ba'zi rahbarlarning aholining eng muhim hayotiy ehtiyojlari va
haqli
talablariga befarq
munosabatda bo'layotgani ko'zga
tashlanmoqda.
Shikoyatlarning 70 foizi bevosita mahalliy hokimlik va idoralarning vakolatiga
kiradigan masalalar bo'yicha bo'lsa-da, afsuski, ko'tarilayotgan muammolar joyida hal
etilmasdan qolmoqda. Shuning uchun aholi va yuridik shaxslar markaziy idoralarga
murojaat qilishga majbur bo'lmoqda.
Yig'ilishda mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish bo'yicha aniq chora-
tadbirlar belgilanib, Bosh vazir A.Aripov, Prezidentning Davlat maslahatchisi
T.Xudoyberganovga ko'plab murojaatlar, ayniqsa, takroriy murojaatlarga sabab
bo'layotgan tizimli muammolarni bir oy muddatda o'rganib chiqib, ularni hal etish
yuzasidan kompleks takliflar tayyorlash vazifasi topshirildi.
27
Selektor yig'ilishida kun tartibidagi navbatdagi masala – mamlakatimiz oziq-ovqat
xavfsizligini mustahkamlash borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Istiqlol
yillarida oziq-ovqat xavfsizligi va mustaqilligini ta'minlash sohasida ulkan ishlar amalga
oshirilgani, yildan-yilga xalqimiz farovonligi ortib, turmush darajasi va sifati yuksalib
borayotgani qayd etildi.Mamlakatimiz tarixan qisqa muddatda asosiy qishloq xo'jaligi
mahsulotlari bilan nafaqat o'z aholimizni to'liq ta'minlashga erishgani, balki eksportga
mahsulot yetkazib berayotgani o'tgan yillar davomida sohada amalga oshirilgan keng
ko'lamli islohotlarning natijasidir.Ayni vaqtda mamlakatimizning ayrim hududlarida bu
borada jiddiy oqsoqlik ko'zga tashlanmoqda. Ba'zi mintaqalarda yaratilayotgan qulay
sharoit va imkoniyatlarga qaramasdan, ayrim qishloq xo'jaligi mahsulotlari b ilan o'z
aholisini to'liq ta'minlashga erishilmagan. Masalan, Qashqadaryo viloyatida mahalliy
aholini hududda yetishtirilgan meva bilan ta'minlash darajasi 71 foizni, Sirdaryo
viloyatida
85
foizni
tashkil
etmoqda.
Bu
albatta
hech
kimni
qanoatlantirmaydi. Yig'ilishda bu boradagi mavjud muammolarni hal etish yo'llaridan
biri – bu aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanishi bilan uzviy bog'liq ekani
ta'kidlandi. Afsuski, bu boradagi ahvol hamma joyda ham talab darajasida, deb
bo'lmaydi. Masalan, joriy yil davomida o'tkazilgan o'rganishlar shuni ko'rsatdiki,
Navoiy viloyatida 27 foiz, Samarqand viloyatida 45 foiz, Buxoro viloyatida 47 foiz,
Jizzax viloyatida 50 foiz tomorqa yerlarida, afsuski, oziq -ovqat ekinlari va mevali
daraxtlar ekilmagan. Ana shu masalalarni hal qilish yuzasidan Qishloq va suv xo'jaligi
vazirligi va hokimliklar rahbarlariga oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va eksport
hajmini ko'paytirish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi
topshirildi. Jumladan, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan 66 tumandagi 455 ming
gektar unumdor yerdan, 2017-2020-yillarda paxta va g'alladan bo'shaydigan 215 ming
gektar maydondan unumli foydalanish zarurligiga urg'u berildi. Shuningdek,
mamlakatimizdagi 4 million 600 ming xonadonga tegishli 515 ming gektar tomorqa
yerlariga joriy yilning 1-mayiga qadar oziq-ovqat ekinlarini to'liq ekishni ta'minlash
lozimligiga alohida e'tibor qaratildi. Selektor yig'ilishida yana bir muhim masala –
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy rahbarlarning o'rni va
mas'uliyatini oshirish masalasi ko'rib chiqildi. Avvalo, mahalliy rahbarlarning joylarda
28
sanoat, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish sohasi va eksportni kengaytirish,
tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o'rinlarini yaratish, aholi jon boshiga daromadlar
o'sishini ta'minlashga qaratilgan ishlarni tashkil qilish va ularning qat'iy nazoratini
amalga oshirish borasidagi muhim vazifalari belgilandi. Mahallalardagi ijtimoiy-
ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, yoshlarni xalqimizga begona bo'lgan turli oqimlar
ta'siridan himoya qilish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida
e'tibor qaratildi. Joylardagi moliya-soliq organlarining asosiy vazifasi sifatida mahalliy
byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash bo'yicha qo'shimcha zaxiralarni
aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish zarurligi qayd
etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev selektor yig'ilishida
muhokama qilingan masalalar haqida to'xtalib, biz barchamiz mamlakatimiz va uning
hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan izchil va mutanosib rivojlantirish, xalqimiz bilan
doimiy va ochiq muloqot olib borish orqali yurtdoshlarimizni tashvishga solayotgan
hayotiy muammolarni o'z vaqtida va samarali hal etish, aholi uch un har tomonlama
munosib turmush sharoitlarini yaratish bo'yicha keng ko'lamli vazifalarni o'z
zimmamizga olganimizni doimo yodimizda tutib, shu asosda faol ish olib borishimiz
kerak, deb ta'kidladilar. Bu vazifalarni bajarish O'zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Bosh vazir va uning o'rinbosarlari, hukumatning har bir a'zosidan boshlab, eng quyi
bo'g'indagi idora va tashkilotlar rahbarlari, barcha xodimlardan mas'uliyatni chuqur his
etib, qat'iy tartib-intizom bilan fidokorona mehnat qilishni, eng muhimi, amaliy
natijalarga erishishni talab etishi alohida qayd etildi. Mamlakatimizda qabul
qilinayotgan har bir qonun, farmon, qaror va farmoyish, barcha topshiriqlar o'z vaqtida,
sifatli va so'zsiz bajarilishi zarur, dedi davlatimiz rahbari. Yig'ilishda Prezidentning
Davlat maslahatchilari, Bosh vazir o'rinbosarlari, Bosh prokuror, vazirlik va idoralar
rahbarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent
shahar, respublika tumanlari va shaharlari hokimlari, mahalliy idoralar rah barlarining
hisobotlari tinglandi. Yig'ilishda ko'rilgan masalalar yuzasidan vazifalar va zarur chora-
tadbirlar belgilandi.Farovonlik, tinchlik-totuvlik, huquq va erkinlik kafolati.O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning asriy an’analari bilan hamohang ravishda
yaratilib, farovon turmush, fuqarolarimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin
29
ifodasidir. Mana necha yillardan beri mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-
e’tiborini yuksaltirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Bosh
qomusimizni “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida haqiqiy xalqchil hujjatga
aylantirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Zero, bu Yangi O‘zbekistonda olib
borilayotgan islohotlarning ustuvor maqsadi hisoblanadi.Xabaringiz bor, bundan bir
necha oy muqaddam Oliy Majlis palatalari kengashlarining qo‘shma qaroriga muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora -tadbirlarni amalga oshirish
bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgan edi.
O‘z navbatida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi joriy yilning 25-iyunidan umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.
E’tiborlisi, ushbu jarayonlar xalqimizning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.
Fuqarolarimizdan kelib tushgan taklif-mulohazalar, istaklardan kelib chiqib,
konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati ikki marotaba
uzaytirilganini qayd etish joiz. Bu esa aholida siyosiy ong va madaniyat, huquqiy
savodxonlik, mamlakatning ertangi kuniga bo‘lgan daxldorlik tuyg‘usi yanada
ortganidan dalolat beradi. Natijada Konstitutsiyamizning muqaddimasidan tortib, 76 ta
moddasiga tuzatishlar, 15 ta yangi modda va 1 ta yangi bob kiritish nazarda tutilgan
konstitutsiyaviy qonun loyihasi shakllantirildi.
Xulosa qilib aytganda, Bosh qomusimiz millatning yuzi, xalqning erkini
ifodasidir. Uni takomilga yetkazishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Prezidentimiz aytganidek, “Yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq
muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon
hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim”.
Dostları ilə paylaş: |