30
Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli
tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu
yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan
mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish
uchun yaratiladi.
Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish
xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi.
Bozor
iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish
erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham
mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakillarining,
chunonchi
xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkining erkin
rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining
monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, oʻz mulki va
mablagʻiga
tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino,
inshootlar,
mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi.
Bozor iqtisodiyotining tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga
yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi.
Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—
10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan
holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab
chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi
narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor
iqtisodiyoti iqtisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va
shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga
soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor
iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy
ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish
tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor
iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy
31
aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmadi, aksincha,
unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi
chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng
kam ish haqqidan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi
boʻlmagan, tovarlar moʻl-koʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotiga
xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.Bozor
iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda
bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning
tabaqalashuvi boy bo'lishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.Bozor
iqtisodiyotida pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy
munosabatlar: mehr-shafqat va xayr-ehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor
iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam
berishga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti
doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi. Tarixan bozor
iqtisodiyotining 2 turi boʻlgan:
Yovvoyi bozor iqtisodiyoti, Madaniylashgan bozor
iqtisodiyoti. Ilk bozor iqtisodiyoti kapitalning jamgʻarilishi davrida tovar-pul
munosabatlarining rivojlanishi bilan asosiy iqtisodiyot sifatida paydo boʻlib, unga
xususiy mulkning ozchilik qoʻlida toʻplanishi, iqtisodiyotda beboshlik va
tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonun qoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan
chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy
himoya
qilinmasligi, kishilarning oʻta boy va oʻta qashshoq tabaqalarga ajralishi,
ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos boʻlgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali maʼrifatli
iqtisodiyotga oʻsib oʻtadi. Bunday oʻzgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda 20-asrning 30-
yillarida boshlanib, 80- yillarga qadar davom etdi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot boʻlib, unga quyidagi belgilar
xos: mulkiy xilmaxillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi,
madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa
davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy
tabaqalanishning chuqur
boʻlmasligi, oʻziga toʻq va farovon yashovchi oʻrtahol tabaqa mavqeining oshib borishi,
ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy toʻqnashuvlarga oʻrin qolmasligi va
32
boshqa Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyoti ni harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti
shu bilan cheklanmaydi.
Dostları ilə paylaş: