24
rivojlanayotgani ijobiy baholangan bo‘lsada, monetar siyosat transmissiyasini
kuchaytirish uchun inflyatsiya kutilmalari va dollarizatsiya
darajasini pasaytirish,
kapital bozorlarini rivojlantirish, imtiyozli kreditlash hajmini kamaytirish zarurligi
keltirib o‘tilgan.Agentlikning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning suveren
kredit
reytingi (shu jumladan reyting
kutilmasi
)
quyidagi hollarda oshirilishi mumkin
:
•
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlagan holda yuqori iqtisodiy o‘sishga
erishilganda va aholi jon boshiga YAIM miqdorining “BB” reytingiga ega davlatlar
bilan farqi kamayganda;
•
“qonun ustuvorligi”, “aholi fikrini inobatga olish va hisobdorlik”, “tartibga
solish sifati” va “korrupsiyani nazorat qilish” kabi boshqaruv standartlari sezilarli
yaxshilanganda;
•
fiskal va tashqi zaxiralar sezilarli oshganda.
O‘zbekistonning suveren kredit reytingi quyidagi hollarda pasaytirilishi mumkin:
•
davlat qarzining YAIMga nisbati keskin oshib ketishi yoki davlat shartli
majburiyatlarining amalga oshirishi oqibatida suveren fiskal buferlarning kamayishi;
bank kreditlari hajmining tez sur’atlar bilan oshishi ortidan joriy operatsiyalar hisobi
manfiy saldosining kattalashuvi, xalqaro zaxiralarning sezilarli darajada kamayishi yoki
tashqi majburiyatlarning tez ortishi. 2022 yilda O‘zbekiston
yalpi ichki mahsuloti
(YAIM) o‘sishi 4% ni tashkil etishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi Osiyo taraqqiyot
banki (OTB) o‘zining 2022 yilgi «Osiyo taraqqiyot istiqbollari» hisobotida.Bank
prognozlariga ko‘ra, joriy yilda mamlakat YAIMi 2021 yilda kuzatilgan 7,4% lik
o‘sishga nisbatan sekinroq sur’atda o‘sadi. O‘sish sur’atining sekinlashishi mamlakatda
xususiy iste’molning qisqarishi va natijada sanoat hamda xizmatlar sohasi
kengayishining cheklanishi bilan izohlangan. Shuningdek, 2023 yilda iqtisodiy o‘sish
4,5% gacha ko‘tarilishi mumkin
,
biroq keskin o‘zgaruvchi tashqi muhit va COVID-19
virusining yangi variantlari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq xatarlar mavjud ekanligi
aytilmoqda.Bank prognozlariga ko‘ra, 2022 yilda mamlakatda
inflyatsiya darajasi
o‘tgan yilgi 10,7% dan 9% gacha, 2023 yilda esa 8% gacha pasayishi kutilmoqda.
25
Shuningdek, sanoat sohasi o‘sishi sur’ati 2022 yilda 5% gacha sekinlashib, 2023 yilda
5,5% gacha qayta tiklanishi prognoz qilinmoqda.Qayd etilishicha, pandemiyadan keyin
yalpi talabning pasayishi, shu bilan birga, xorijdan pul o‘tkazmalari
oqimining
qisqarishi uy xo‘jaliklari daromadlarining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Shu nuqtai
nazardan, mamlakatda 2022 yilda xususiy iste’molning o‘sishi 4,5% gacha
sekinlashishi, 2023 yilda 5% gacha tiklanishi kutilmoqda.OTBga ko‘ra, 2022 va 2023
yillarda tovar va xizmatlar eksporti, xususan, mis, oltin, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
va neft-kimyo mahsulotlari eksporti 9% gacha o‘sadi. Ayni paytda, transport xizmatlari,
import kapitali va oraliq tovarlarga talabning qisqarishi natijasida kelgusi
ikki yilda
tovar va xizmatlar importining o‘sishi qariyb 12% gacha pasayishi prognoz
qilinmoqda.OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Sindi Malvichinining
so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonda, asosan, sanoat va xizmatlar sohasining
kengayishi hisobiga «mustahkam o‘sish tiklanishi» kuzatildi.«Sanoat
va qishloq
xo‘jaligi sohasida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va moslashishni
moliyalashtirish tadbirlariga xususiy sektorning jalb qilinishi uchun qulay muhit
yaratish hukumatning o‘sish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini amalga tadbiq qilinishiga
yordam beradi», — deya qayd etgan Sindi Malvichini.OTB, shuningdek, O‘zbekistonga
yashil iqtisodiyotga o‘tishda yodam berish maqsadida ayrim tavsiyalar bergan.
Jumladan:
•
iqlimdan xabardorlikni oshirish;
•
yashil iqtisodiyotga davlat investitsiyalarini rejalashtirish bo‘yicha
institutsional muvofiqlashtirishni kuchaytirish;
•
yashil moliyalashtirishni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish.
Bundan tashqari, davlat-xususiy sheriklik va kredit kafolatlarini kengaytirish
mamlakatda qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish va boshqa muhim
infratuzilmaga xususiy investitsiyalarni jalb qilishda yordam berishi mumkinligi qayd
etilgan.
Dostları ilə paylaş: