Osiyo xalqaro universiteti



Yüklə 241,86 Kb.
səhifə2/7
tarix13.03.2023
ölçüsü241,86 Kb.
#87574
1   2   3   4   5   6   7
Kompyuter grafikasida kameralar

Maxsus effektlar – bu kino san’atida foydalaniladigan, aslida real hayotda mavjud bo‘lmagan obrazlarni ekranda yaratishning imkonini beradigan va tomoshabinda haqqoniylik taassurotini, illyuziyasini uyg‘otish xususiyatiga ega bo‘lgan texnik usullar majmuidir. Misol uchun, turli xil tabiat xodisalari, tabiiy ofatlar, o‘ylab topilgan fantastik qahramonlar, erkin mavzuda yaratilgan uydirma voqealar, xodisalar va xarakatlar.

Ikki o‘lchamli (2D) grafika – maxsus kompyuter dasturlari vositasida yaratiladigan ikki o‘lchamli ob’ektlarni o‘zaro va tabiiy tasvirga olingan kadrlar bilan birlashtirgan holda tasvirlar va effektli kadrlar yaratish imkonini beradi. Ikki o‘lchamli (2D) grafika zamonaviy kinofilmlarda, animatsion filmlarda keng qo‘llaniladi.
Uch o‘lchamli (3D) grafika – maxsus kompyuter dasturlari vositasida yaratiladigan uch o‘lchamli ob’ektlar hamda ikki o‘lchamli tasvirlarni birlashtirgan holda tasvirlar yaratish usuli. Uch o‘lchamli (3D) grafika zamonaviy kinofilmlarda, kompyuter o‘yinlarida keng qo‘llaniladi.

CGI – Computer Generated Images To‘laligicha kompmyuter texnologiyalari yordamida yaratilgan tasvir, grafika.

Stop-kamera usuli. Kadrda aktyor yoki jismlarning “birdan yo‘q bo‘lib qolishi” yoki “birdan paydo bo‘lib qolish” effektlarini yaratishda foydalaniladi. Bu usulda bundan tashqari “aylanish” effektini ham yaratish mumkin. Bunda statik kadrda biror ob’ekt tasvirga olinadi va kamera to‘xtatilib ob’ektning o‘rniga boshqa bir jism qo‘yib qo‘yiladi. Natijada, ekranda jismning bir turdan ikkinchi turga o‘tishi, insonnning hayvonga va aksincha, hayvonning insonga “aylanish”ini kuzatish mumkin bo‘ladi.

Kadrma-kadr tasvirga olish usuli. Bu usul odatda maketlar bilan tasvirga olishda qo‘llaniladi; XX asr o‘rtalarida yaratilgan filmlarda, (Masalan, “King-Kong” filmida) keng qo‘llanilgan. Kamera maket harakatini kadrma-kadr tasvirga olib chiqadi va har bir kadr o‘rtasida maketning o‘rni, holati biroz o‘zgartirib qoriladi. Plyonkani ko‘rish jarayonida maketning harakatlanayotganini kuzatish mumkin bo‘ladi.


Yüklə 241,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin