Fraktal grafika — tasvirni tashkil etuvchi aloxida elementlar (unsurlar) o‘z xususiyatlarini yondosh bo‘lgan asosiy strukturalar xususiyatlaridan andaza olib davom ettiruvchi ob’ekt. Bunday ob’ektni tushunarliroq qilib ta’riflash uchun bir necha matematik tenglamalardan foydalanish mumkin.
Fraktal tasvirdan namuna
Uch o‘lchamli 3D grafika uch o‘lchamli makondagi ob’ektlar bilan ish olib boradi. Odatda bunday grafika natijasida yaratilgan tasvirlar ikki o‘lchamli yassi tasvir ko‘rinishida bo‘ladi, ya’ni kinoteatr yoki TV ekrani sirtida aks etadi. Uch o‘lchamli kompyuter grafikasi kino san’atida va kompyuter o‘yinlarida keng qo‘llaniladi.