Osiyo xalqaro universiteti



Yüklə 241,86 Kb.
səhifə6/7
tarix13.03.2023
ölçüsü241,86 Kb.
#87574
1   2   3   4   5   6   7
Kompyuter grafikasida kameralar

Kompyuter grafikasi (mashina grafikasi) – kompyuter texnologiyalaridan turli grafik tasvirlarni sintez qilish yoki yaratish va haqiqiy real xayotdan olingan boshqa turdagi vizual axborotlarni qayta ishlashda ish quroli sifatida foydalaniladigan faoliyat turi. Bundan tashqari ana shu faoliyat natijasida yaratilgan maxsullarni ham kompyuter grafikasi deb yuritiladi.



"Mushukcha" multfilmidan kadr

Ikki o‘lchamli 2D kompyuter grafikasi – grafik ma’lumotni ko‘rinishi bilan hamda grafik tasvirlarga ishlov berish algoritmlarining turlari bo‘yicha klassifikatsiyalanadi. Odatda kompyuter grafikasini asosan vektorli va rastrli, ba’zan esa fraktal turlarga ham ajratiladi.

Vektorli grafikasida yaratilgan grafik tasvir turli geometrik primitivlardan, ya’ni juda sodda geometrik shakllardan iborat bo‘ladi. Odatda bu shakllar nuqtalar, chiziqchalar, aylanalar, turtburchaklar va boshqa turdagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Bu shakllar har biri aloxida atributlarga ya’ni xususiyatlarga ega bo‘ladi. Masalan: chiziqlar qalinligi, rangi va boshq. Tasvir primitiv shakllarning koordinatalari, vektorlari va boshqa xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘indisi sifatida saqlanadi.


Vektorli tasvirdan namuna
Vektor formatdagi tasvir uni taxrirlash uchun juda katta imkoniyatlar beradi. Tasvirni katta sifat yo‘qotishlarisiz o‘lchamlarini o‘zgartirish (kattaytirish, kichraytirish), burchak ostida aylantirish, deformatsiyalash imkoni bor. Bundan tashqari vektorli grafikada uch o‘lchamlilikni imitatsiya qilish, ya’ni o‘xshatish rastrli grafikaga nisbatan ancha osonroq. Chunki bunday deformatsiyalar chog‘ida tasvirni tashkil etuvchi element o‘chirib yuboriladi va uning o‘rniga yangi element xosil bo‘ladi.


Rastrli grafika doimo piksellarning (matritsaning) ikki o‘lchamdagi jamlanmasi bilan ish olib boradi. Har bir piksel turli xususiyatni yoki xususiyatlar jamlanmasini o’zida aks ettiradi, ya’ni yorqinlik, rang va shaffoflik haqidagi muayyan axborotni o’zida jamlagan bo’ladi. Rastrli tasvir turli xususiyatlarga ega bo’lgan qatorlar va ustunlardan iborat bo’ladi.



Rastrli tasvirdan namuna
Sezilarli sifat yo‘qotishlarisiz rastrli tasvirlarni faqat kichraytirish mumkin xolos, lekin bunda ham tasvirning ba’zi bir detallari qayta tiklab bo‘lmaydigan xolda butunlay yo‘qolib ketadi. Rastrli tasvirlarni kattalashtirish juda “chiroyli” natijalar beradi. Oldin piksel bo‘lgan nuqtalar endi katta-katta kvadratchalar ko‘rinishini oladi.
Istalgan turdagi tasvirni rastr ko‘rinishida aks ettirish mumkin, biroq bu usulda axborotni saqlash bir qancha kamchiliklarga ega: bu tasvirlarni taxrir qilish chog‘ida katta miqdordagi xotiraning talab etilishi; taxrirlash chog‘idagi sifat yo‘qotishlari;
Rastrli tasvirlar faqat turli xususiyatlarga ega bo‘lgan muayyan aniq miqdordagi piksellardan tashkil topgani uchun ham ularni taxrir qilish chog‘ida, masalan kattalashtirish yoki kichraytirish chog‘ida sifat yo‘qolishi xavfi tug‘iladi. Bunda eng sodda usul bir pikselni xuddi shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan (klon) piksellar bilan almashtirishdir (qo‘shni pikselni ko‘chirib olish usuli: Nearest Neighbour). Bundan yangi va mukammalroq usullarda yangi piksellar yondosh piksellar xususiyatlarini shunchaki ko‘chirib olmaydi, aksincha interpolyatsiya algoritmlaridan foydalanib yangi xosil bo‘layotgan piksel bir nechta yondosh piksellar hususiyatlarini xisoblab chiqib ularga moslangan xolda alohida yangi xususiyatlarni o‘zida aks ettiradi. Bunday usul Adobe Photoshop grafik muxarririda foydalaniladi.



Yüklə 241,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin