Osiyo xalqaro universiteti


Tezlashtirilgan tasvirga olish usuli



Yüklə 241,86 Kb.
səhifə3/7
tarix13.03.2023
ölçüsü241,86 Kb.
#87574
1   2   3   4   5   6   7
Kompyuter grafikasida kameralar

Tezlashtirilgan tasvirga olish usuli yoki “rapid” – tasvirga olishning juda tezkor usuli bo‘lib, bunda kinotasma kamerada juda katta tezlikda harakatlanadi. Bu usuldan odatda juda katta tezlikda sodir bo‘ladigan voqealarni, batafsil ko‘rsatib berish foydalaniladi. (Masalan, portlash jarayoni). Olingan tasvirlar odatiy, sekundiga 25 kadr tezlikda proeksiya qilinadi va tomoshabin voqeaning har bir detalini kuzatishga muvaffaq bo‘ladi.

Sekinlashtirilgan tasvirga olish usuli yoki “tezlashtirilgan proeksiyalash”. Rapid effektining aksi. Bu usulda tasvirga olish jarayonida kinotasma kinokamerada juda sekin harakatlanadi. Olingan tasvirlarni proeksiya qilish jarayonida esa kinotasma odatiy tezlikda, yoki ba’zan biroz kattaroq tezlikda harakatlanadi. Natijada esa ekranda tez harakatlanayotgan odamlar, mashinalarni kuzatish mumkin.

Teskari tasvirga olish usuli. Bunda, tasvirga olish jarayonida kinotasma teskari yo‘nalishda (yuqoridan pastgi kassetaga emas, aksincha pastdan yuqoriga) harakatlanadi. Misol uchun, biror kadrda film qahramoni juda baland bo‘lgan daraxtga sakrab chiqib oladi. Bu kadrni tasvirga olish jarayonida aktyor daraxtdan sakrab tushadi va kadrlar proeksiya qilingan paytda u huddi daraxtga sakrab chiqb olgandek ko‘rinadi.

Rir-proeksiya usuli. (rear – orqa tomon). Bunda, avvaldan tasvirga olib tayyorlab qo‘yilgan fon tasvirlari ekranning orqa tomonidan proektor vositasida unga tushiriladi. Ekranning old tomonida esa, aktyorlar rol ijro etadilar. Bu usuldan foydalanib yaratiladigan kadrlar bu qahramonlarning avtomobilda yurishlaridir. Bunda kamera oldiga avtomobilning old tomoni ko‘rinishi maketi o‘rnashtiriladi va aktyorlar unga o‘tirib olib rol ijro etadilar. Ularning orqasida esa avtomobil yo‘li tasvirlari ko‘rinib turadi.

Ikki karra tasvirga olish usuli. Bu usulda, biror bir voqea yoki kadrlarni tasvirga olinadi va aynan shu kinotasma orqaga qaytariladi va boshqa kadrlarni endi ikkinchi karra (marta) tasvirga olinadi. Bundan tashqari juda murakkab sahnalarni tasvirga olishda ko‘p karra tasvirga olish usulidan ham foydalaniladi. Bunda bir kinotasmaning o‘ziga uch yoki undan ortiq marta tasvirga olinishi mumkin.


Yüklə 241,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin