O'smir shaxsi va dеviant xulq-atvor reja: Shaxs tushunchasi. Shaxs tushunchasini turli fanlardagi talqini. Shaxs, inson, individ tushunchalari



Yüklə 49,17 Kb.
səhifə10/13
tarix24.02.2023
ölçüsü49,17 Kb.
#85414
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mаvzu. Shaxs sotsiologiyasi va dеviant xulq-atvor reja Shaxs tu

1) Tabiiy ehtiyojlar sifatida kishilarning kundalik ehtiyojlari: ovqat, kiyim, turar-joy va boshqalar tushuniladi.
2) Sotsial ehtiyojlar esa odamning mehnat qilish ehtiyoji, sotsial faolligi, ruhiy madaniyati, ya`ni nima ijtimoiy hayotmahsuliga bo‘lgan ehtiyojdir. Tabiiy ehtiyojlar asosiy bo‘lib, ularda sotsial ehtiyojlar paydo bo‘ladi, rivojlanadi va qoniqtiriladi.
Shaxsning ijtimoiylashuv davri quyidagilar asosida kechadi:
1) Bolalik:
- agentlar va ijtimoiylashuv turlari.
2) Ota-onalik:
- otalar va bolalar: ikki dunyo;
- «otalar va bolalar» munosabatlarining mutanosibligi.
3) O‘spirinlik:
- qadriyatlarningparallel tizimi.
4) Balog‘at yoshi:
- voyaga yetgan inson maqomining asosiy mezonlari;
- voyaga yetganlar - shaxs ijtimoiylashuvining faol payti.
5) Keksalik:
- ijtimoiylashuv ushbu davr maqomi va muammolari.
Ijtimoiy faoliyatva ijtimoiy fe’l-atvor mexanizmlari:
O‘z-o‘zini anglash: o‘z-o‘zini anglashda iqtisodiy, siyosiy, huquqiy axloqiy va madaniy muhitning ta’siri katta. O‘z-o‘zini anglash millatlar uchun siyosiy onglilikning oshishigina emas, shu millat bilan birga milliy mustaqillik va milliy ozodlik hamdir. O‘z-o‘zini anglash jahon tarixida ozodlik harakatlarining kuchayishiga, sotsializm va imperializmning yemirilishiga, parchalanishiga olib keldi. Portugaliya, Ispaniya, Gollandiya, Angliya, Fransiya, sobiq SSSR kabi imperiya davlatlari o‘z mustamlakalaridan mahrum bo‘ldi. O‘zbek millatining o‘z-o‘zini anglashi moddiy kuch sifatida millat sha’ni, qadr-qimmati, obro‘-e’tibori, or-nomusi tiklanishiga olib keldi. O‘z-o ‘zini anglash millatning moddiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilishdir. Mustaqillik sharoitida o‘zbek xalqining o‘z-o‘zini anglashini rivojlantirish davlat siyosati darajasigacha ko‘tarildi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida shaxsning huquq va erkinliklari (24-31 -modda) o‘z ifodasini topdi: 1) siyosiy huquqlar; 2) iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; 3) inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanishi; 4) fuqarolar burchlari o‘z ifodasini topgan.

Yüklə 49,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin