Основные понятия, компоненты и модели


Tavsifiy mohiyat (Tavsifnoma)



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə14/78
tarix24.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#193238
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78
Основные понятия, компоненты и модели

Tavsifiy mohiyat (Tavsifnoma) bu ikki mohiyat orasidagi “ko‘pdan- birga” yoki “birdan-birga” aloqa turi (Assosatsiyaning xususiy holati). Tavsifnomaning yagona maqsadi ba’zi boshqa mohiyatni tasvirlash yoki aniqlashdan iborat. Ularga zarurat tugilishining sababi xaqiqiy dunyodagi mohiyat ba’zan ko‘p ma’noli xususiyatga ega.Er bir necha xotinga, kitob bir necha qayta tahrir tavsifiga (To‘g‘irlangan, to‘ldirilgan, qayta ishlangan) ega bo‘lishi mumkin va hakoza.
Tavsifnoma mohiyati butunlay tavsiflanayotgan mohiyatga bog’liqdir:agar eri olamdan o’tsa ayollar xotinlik mavqeini yoqotadi.
Tavsifnomani yozish uchun IMTumumiy hollarda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan yangi gapdan foydalanadi:
Tavsifnoma (atribut 1, atribut 2,… ) {Tavsiflanayotgan mohiyatlar ro‘yxati}.
ER-diagramm tilida, tavsifnoma trapetsiya shaklida ko‘rsatiladi.

Belgilab olinadigan mohiyat yoki belgilash – bu ikki mohiyat orasidagi “ko‘pdan-birga” yoki “birdan-birga” aloqa turidir va u tavsifnomadan belginlangan mohiyatga bog‘lik emasliligi bilan farq qiladi.


Xodimlarni turli tashkilotlar bo’limiga qabul qilish bilan bo’g’liq misolni ko’rib chiqamiz,
Qat’iy qoidalar bo‘lmaganda (xodim bir vaqtda bir nechta bo‘limda qayd qilinishi yoki hech qaysi bo‘limda qayd qilinmasligi mumkin) tarifni assotsiatsiyada yaratish kerak.
Hisobga olish:
Bo‘limlar (bo‘lim raqami, bo‘lim nomi,…)
Xizmatchilar (tabel raqami, familiyasi,…… )
Qaydnoma [Bo‘limlarM, HizmatchilarN] (bo‘lim raqami, bo‘lim nomi, tabel raqami, qaydnoma muddati).
Shunga qaramasdan, agar har bir xodim biror bir bo‘limga kiritilishi shart bo‘lsa, tarifni xodimlar belgisi bilan yaratish mumkin:
Bo‘limlar (bo‘lim raqami, bo‘lim nomi,… )
Xizmatchilar (tabel raqami, familiyasi, bo‘lim raqami, qaydnoma muddati,) [bo‘limlar]
Ushbu misolda xodimlar mustaqil mavjuddir (agar bo‘lim yoq qilinsa bu shu bo‘limdagi xodimlar ham yoqotilishi kerar degani emas.) Shuning uchun ular bo‘lim tavsifnomalari bo‘lishi va belgilash deb atalishi mumkin emas .
Belgilar takrorlanuvchi qiymatli katta matnli atributlarni saqlash uchun foydalaniladi: talabalar o‘rganayotgan fanlar ”kodifikatorlari”, tashkilotlar nomi va ularning bo’limlari, mollar ro’yxati va xakozalar.
Ko’rinishidan belgilash tarifi tavsif tarifidan faqat qavslari bilan farq qiladi,belgilangan mohiyatlar katta qavsda emas ,balki kvadrat qavslarda yoziladi:
BELGILASH(atribut 1,atribut 2,…)[BELGILANGAN MOHIYATLAR RO’YXATI].
ER-diagrammalar tilida tavsifnoma paralellopiped bilan ko’rsatiladi





Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin