Otaqulova Hilolaning,,biologiya “ fanidan



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə3/4
tarix14.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#155558
1   2   3   4
Kurs ishi mavzu O`zbekiston respublikasi qizil kitobi qabul qil

II.Asosiy qism.
2.1. O’simliklarni himoya qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari.
Oʻsimliklarni himoya qilish, oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish — 1) qishloq xoʻjaligi fanlarining bir sohasi; oʻsimliklarga zararkunanda, kasalliklar, begona oʻtlar yetkazadigan zararni oʻrganadi va uning oldini olish hamda bartaraf qilish tadbirlarini ishlab chiqadi; 2) qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarni yoʻq qilish uchun ishlab chiqiladigan tadbirlar tizimi. Uning vazifasi faqatgina zararkunanda organizmlarni yoʻq qilish yoki ular faoliyatini chegaralab qoʻyishdangina emas, balki ularning paydo boʻlish muddatlari va tarqalish koʻlamini oldindan aniqlash, shuningdek, eng xavfli zararkunandalarning bir hududdan boshqasiga tarqalishining oldini olishdan ham iborat. Oʻsimliklarni himoya qilishq. Qishloq xoʻjaligi entomologiyasi, fitopatologiya, botanika, mikologiya, bakteriologiya, virusologiya, ekologiya, biotsenologiya, kimyo, biokimyo, hayvonlar va oʻsimliklar fiziologiyasi, fizika, biofizika, genetika, seleksiya, toksikologiya va boshqalar fanlar maʼlumotlariga asoslanadi. Oʻsimliklarning zararkunanda va kasalliklari, begona oʻtlar ekinlarga, xususan, hosilga katta zarar yetkazadi. Shu sababli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda, ularni saqlab qolishda oʻsimliklarni himoya qilishq. Muhim rol oʻynaydi. Zararkunanda va kasalliklarning oʻsimliklarga yetkazadigan zarari qadimdan maʼlum. 18-asr boshlarida oʻsimlik kasalliklarini tasniflashga fransuz botaniki J.Turnefor urinib koʻrdi. 18-asrning 2-yarmida koʻpchilik kasalliklarning yuqumliligi tajribalar asosida isbotlandi (Rossiyada A.T.Bolotov, Fransiyada A.Tillet, Italiyada F.Fontana, Daniyada Ya.Fabritsius va boshqalar). 18-asrning 2-yarmida nemis olimi A. De Bari, rus olimi M.S.Voronin va boshqalar tomonidan fitopatogen zamburugʻlarning yangi turlari, ularning morfologiyasi, rivojlanish xususiyatlari aniqlanadi. 19-asrning 2-yarmida oʻsimlik zararkunandalari hamda kasalliklarining bir qancha mamlakatlar iqtisodiyotiga yetkazgan zarari ularni oʻrganish va ularga qarshi qurash tadbirlarini ishlab chiqishni taqozo etdi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida fitopatogen zamburugʻlar, bakteriyalar, viruslar, nematodalarning minglab turlari kashf qilindi. Asosiy zararkunandalarning turlari biologiyasi va fiziologiyasi oʻrganildi; zararli organizmlarga qarshi kurash choralari takomillashtirildi.
Turkistonda oʻsimliklarni himoya qilishq. Boʻyicha dastlabki ilmiy asoslangan usullar 1898-yilda Chigirtkaga qarshi kurash qoʻmitasining taklifiga koʻra ishlab chiqilgan. 1911-yilda Toshkentda Turkiston entomologiya st-yasi tashkil etildi, gʻoʻza, qand lavlagi zararkunandalarini oʻrganish va ularga qarshi kurash choralari qoʻllanildi.
1925-yilda Turkiston entomologiya st-yasi oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish st-yasiga aylantirildi va shu bilan bir vaqtda Shirabudin (Buxoro viloyati) va Xiva qishloq xoʻjaligi tajriba st-yalarida oʻsimliklarni himoya qilishq. Boʻlimlari ochildi. 1929-yilda Bosh paxta komiteti oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilishq. St-yasining bir necha boʻlimlarini birlashtirib, gʻoʻza zararkunandalarini oʻrganish uchun maxsus st-ya barpo etdi; keyinchalik bu st-ya Butunittifoq paxtachilik ilmiy tekshirish instituti (soyuznixi)ning oʻsimliklarni himoya qilishq. Markaziy st-yasiga aylantirildi. 1957-yilda soyuznixi markaziy st-yasi asosida hozirgi oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya kilish instituti tashkil qilindi.
Hosilni samarali himoya qilishga zararkunanda va kasalliklarning rivojlanishi hamda koʻpayishi prognozini tuzish, zararkunandalar miqsori hamda kasalliklar oʻchogʻini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida ekin, koʻchatlarni, shuningdek, begona oʻtlarni tekshiruvdan oʻtkazish, turli usul va vositalar qoʻllab oʻsimliklarga ishlov berish kabi choratadbirlar sistemasini rejali ravishda qoʻllab erishiladi. Zararkunanda, kasalliklar va begona oʻtlarga qarshi bir qancha kurash usullari qoʻllanadi. Oʻsimliklarni agrotexnik himoya usuli tashkiliyxoʻjalik va ekinlar parvarishining texnik usullari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash yoʻllari, yaʼni zararkunandalarning koʻpayishi va toʻplanishi, kasalliklarning rivojlanishiga qarshi kurash usullari (ekish muddati va usullari, tuproqqa ishlov berish, oʻgʻit solish normalari, begona oʻtlarga qarshi kurash, almashlab ekish, melioratsiya)ni oʻz ichiga oladi. Mexanik va fizik himoya usullarita zararkunandaning qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari ichiga kirishiga qarshilik qiluvchi usullar (zararkunandani tutib olish, kuydirish, muzlatish, suv bostirish, elektr toki taʼsirida yoʻq qilish va shu kabilar) kiradi. Zararkunandalarni jalb etib, soʻngra nobud qilish uchun yorugʻlik tutqichlari, shuningdek, organik birikmalar — attraktantlardai foydalaniladi. Oʻsimliklarni kimyoviy himoya usuli turli kimyoviy dorilardan foydalanishga asoslangan; salbiy tomonlari koʻpligiga qaramay bu usul hozirda oʻsimliklarni himoya qilishq.da yetakchi usullardan biridir. Oʻzbekistonda 2005-yilda faqatgina oʻsimliklar zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi 200 ga yaqin kimyoviy vositalar qoʻllanilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari Davlat komissiyasi kimyoviy va biologik preparatlardan foydalanishga ruxsat beradi va ularni qoʻllash qoidalariga qatʼiy amal qilishni nazorat qiladi. Oʻsimliklarni biologik himoya usulit zararkunandalarga qarshi parazitlar, yirtqich hasharotlar, mikroorganizmlar va antibiotiklardan foydalaniladi.
Oʻsimliklarni genetik himoya usuli ikki organizm: parazit bilan oʻsimlikxoʻjayinning oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Oʻsimlikning kasallik va zararkunandalarga nisbatan immuniteti (chidamligi) muhim ahamiyatga ega. Oʻsimliklarni mikrobiologik himoya usulida kasallik hamda zararkunandalarga qarshi kurashish uchun mikroorganizmlardan foydalaniladi. Oʻsimliklarni uygʻunlashgan — integral himoya usulida zararkunanda hasharotlar hamda kanalarga qarshi kurashish uchun kimyoviy va biologik kurash usullari birgalikda olib boriladi. Bunda odam tomonidan buzilgan agrobitsenozdagi turlar nisbatan tiklanadi, bu esa biosferani muhofaza qilishning muhim omillaridan biridir.
Oʻsimliklarni himoya qilishq. Nazariyasini yaratishda S.N. Lgimuhamedov, N. G. Zaprometov, V. A. Znamenskiy, K.I.Mirpoʻlatov, M.N. Narziqulov, R.O. Olimjonov, T.D.Straxov, V.N.Shchegolev, V.V.Yaxontov va boshqalar ning ishlari katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻzbekistonda oʻsimliklarni himoya qilishq. Boʻyicha amaliy tadbirlarni Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi oʻsimliklarni himoya qilish markazi rejalashtiradi, uyushtiradi va bajarilishini nazorat qiladi. U.ning huzuridagi oʻsimliklarni himoya qilishq. St-yalari, kasallik, zararkunandalarning tarqalishi va koʻpayishidan ogohlantirish punktlari (156 ta) da bevosita oʻsimliklarni himoya qilishq. Tadbirlari bajariladi. Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish institutida, oliy oʻquv yurtlari, tajriba st-yalarida shu sohaga oid ilmiy ishlar olib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariyaepidemiologiya xizmati, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va boshqalar davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida" Qonuni (2000-yil 31 avgust) oʻsimliklarni himoya qilishq.ni taʼminlash, oʻsimliklarni himoya qilishq. Vositalarining inson sogʻligiga, atrof muhitga zararli taʼsirining oldini olish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. O’zbekiston hududidagi balandlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlar o’zbekiston Fanlar akademiyasining akkademigi K.Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K.Z. Zokirov tavsiya qilgan to’rtta: cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqalarining har biri o’ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o’simlik va xayvonot dunyosiga ega. Ularning xar birida ro’y beradigan tabiiy geografik jarayonlar ham bir-biridan farq qiladi. O’zbekistonning tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Respublikamiz hududida 3000 tadan ziyod o’simlik turi mavjud bo’lib, bularning 9 foizi faqat o’zbekistonda uchraydigan endemik o’simliklardir. O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosi Kavkaz va Old Osiyo, xususan Eron mamlakatlari hududi bilan muayyan umumiylikka ega. Respublikamizda sut emizuvchilarning 91 ta turi, sudralib yuruvchilarning 57 ta turi, qushlarning 400 ta turi, baliqlarning 40 tadan ortiq turi bor. Ular muayyan qonuniyatlar bo’yicha tarqalgan. O’zbekiston hududi yer yuzasining g’arb va shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa va sharqqa tomon ko’tarila borishi sizga malum. Toqqa tomon havo harorati pasayib, yog’inlar miqdori ortadi, tuproq o’simlik qoplami o’zgaradi. Shuning uchun hami respublikamiz tabiat zonalari janubdan shimolga emas, balki g’arbdan sharqqa, yani tekislikdan toqqa tomon o’zgarib, balanlik mintaqalarini hosil qiladi. Yer yuzasi okean sathidan balanlashgan sari iqlim umuman bir butun tabiatning o’zgarib borishini ulug’ allomalar Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar X asrdayoq idrok etgan edilar.
Tuproq turlari. Respublikamiz hududida turli tabiiy sharoit tasirida hilma-hil tuproq turlari tarkib topgan. Bular: 1) qayir allyuvial tuproqlar, 2) o’tloq bo’z tuproqlar, 3) qumli cho’l tuproqlari, 4) cho’l taqir tuproqlar, 5) sho’rxok tuproqlar, 6) sur-qo’ng’ir tuproqlar, 7) sug’oriladigan (madaniy) bo’z tsproqlar, 8) och tusli bo’z tuproqlar, 9) oddiy (tipik) bo’z tuproqlar, 10) to’q tusli bo’z tuproqlar, 11) tog’ jigar tuproqlar va 12) tog’ o’tloq tuproqlaridan iborat.Cho’l mintaqasi. Cho’l mintaqasi okean sathidan 400-500 m balanlikkacha bo’lgan joylarni o’z ichiga oladi va o’zbekiston maydonining 70% ini ishg’ol qiladi.
Cho’l iqlimining juda issiq va quruq ekanligi, yog’inlarning juda kam yog’ilishi sizga malum. Yozda yog’in deyarli yog’maydi. Kunduzi havo harorati 0 0 0+45, +50 S daragacha, qum yuzasi esa +80 S darajagacha qiziydi. Cho’lning qattiq, issiq va qurg’oqchil iqlimi, siyrak o’simliklar sharoitida tuproq hosil bo’lish jarayoni juda sust boradi. Cho’l tuproqlari xilma-xil bo’lib, unda sur-qo’ng’ir, qumli cho’l, taqir va bo’z tuproqlar uchraydi. Cho’ldagi organik miqdori yuqori harorat tufayli tez parchalanib, mineralashadi. Shuning uchun tuproqlar tarkibida chirindi ancha kam bo’ladi. Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog’lar va Nurota tog’larining etaklaridagi toshloq cho’llarda sur-qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar chirindi juda kam, ular ko’rincha sho’rtob bo’ladi. Tuproo’ning ustki qatlamida kalsiy karbonat, pastki o’atlamida esa sulfat tuzlaridan gips to’planadi. Tarkibida chirindi miqdori 0,3-1% gacha bo’lgan sur-qo’ng’ir tuproqli joylarda siyrak o’t o’sadi, mayda mollarni boqish imkoniyati vujudga keladi.Qizilqum, Zarafshon daryosi etagi, Markaziy Farg’ona va Mirzacho’ldagi qumli tekisliklarda qumli cho’l tuproqlari tarqalgan. Bu tuproqlar tarkibidagi chirindi miqdori 0,3-0,6% ni tashkil etadi. Bunday tuproqlarda dehqonchilikda foydalanish qiyin. Qumli cho’l tuproqlarda o’sadigan o’simliklardan qorako’l quylari uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Cho’llarda taqirlar ham uchraydi, ular gili jinslardan tarkib topgan bo’lib, tarkibidagi chirindi miqdori 0,5-1% ga yetadi. Taqirlar Usyurtda, shunigdek quruq deltalarda, qadimgi daryolarning ko’hna qayirlarda uchraydi. Taqirlarda o’simlik o’sishi qiyin, tuproq yuzasi qattiq va yorilib-yorilib ketadi. Respublikamizning yer osti suvlari yer betiga yaqin bo’lgan joylarda (Mirzacho’l, Markaziy Farg’ona, Qarshi cho’llari va Amudaryo etagida) sho’r tuproqlar vujudga kelgan. Bunday joylarda yer osti suvi yer betiga chiqib bog’lanadi, tuproq tarkibida tuz ko’payadi. Cho’l mintaqasidagi yirik sho’rhoklar (masalan, Borsa-kelmas sho’rhoki) dan dehqonchilikda foydalanib bo’lmaydi. O’zbekistonning daryo vodiylarida, qayir va deltalarida o’tloq va botqoq tuproqlar uchraydi. Respublikamiz tekislik qismining sharqiy va janubiy chekkalarida bo’z tuproqlar keng tarqalgan (ular asosan uch xilda: och tusli bo’z tuproq, oddiy bo’z tuproq va to’q tusli bo’z tuproqqa bo’linadi). Bo’z tuproqlar qalin lyoss yotqiziqlari ustida hosil bo’lgan. Tarkibida chirindi ko’p bo’lmasa ham zarralari mayda bo’lib, suv va havoni o’zidan yaxshi o’tkazadi.
Cho’l mintaqasining okean sathidan 300-500 m balantlikdagi joylarida och tusli bo’z tuproqlar tarqalgan. Och tusli bo’z tuproqning tarkibida 1-1,5% gacha chirindi bo’ladi. Sug’orib, o’g’itlar solinsa unumdor tuproqqa aylanib, yaxshi xosil bernadi.
Amudaryo etagi,Yu Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo va Surhondaryo vodiylaridagi qadimiy obikor dehqonchilik qilinadigan joylarida vohalar vujudga kelgan. Bu yerdagi bo’z tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida madaniy tuproqlarga aylangan. Cho’l mintaqasida o’simlik qoplami siyrak. Nam yetarli bo’lgan bahor fasli cho’l mintaqasining manzarasi o’zgacha bo’ladi,Yu bu vaqtda efemer o’simliklar bark urib o’sib, cho’l yam-yashil libosga burkanadi Jazirama yoz issiqlari boshlanishi bilan cho’ldagi o’tlar sarg’ayib, qovjirab quriy boshlaydi. Cho’lda sidirg’a o’simlik bo’lmaydi. Cho’l o’simliklari jazirama va quruq iqlim sharoitiga moslashgan. Ularning ildizi juda uzun, barglari mayda yoki butunlay bo’lmaydi. Shuning uchun tanasida nam kam bug’lanadi. Bazi bir o’simliklar qisqa, sernam va salqin muddatga o’z hayotini tugallashga ulguradi. Qumlm cho’llarda Selin, juzg’un, qora qandim, cherkez, quyonsuyak va iloq o’sadi. Qumlarda qora qandim va qizilcha butalari, shuningdek saksovul (yog’ochi qattiq, suvda cho’kadi) uchraydi. Saksovulsh qumlarni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Sho’rhok joylarda ajriq, yulg’un, sho’ra va shuvoq o’sadi. Gili cho’llarda qum qiyog’i va qo’ng’irbosh uchraydi. Respublikamiz cho’llarida qorako’l qo’ylari va tuya boqish uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Cho’lda foydali o’simliklar ko’p. Masalan, cherkez va isiriq tarkibida turli xil kasalliklarni davolaydigan alkaloidlar bor, sassiq kovrak tarkibidagi smoladan malham tayyorlanadi, ildizi esa krahmalga boy. Ayrim o’simliklardan buyoq olinadi.
2.2.Yo'qolib ketish xavfi ostida turgan o'simliklar
O'simliklar dunyosi evolyutsiya va boshqa moslashish jarayonlari tufayli o'zlarining kelib chiqish joylarida sodir bo'lgan atrof-muhit o'zgarishlariga javob beradigan juda ko'p sonli o'simlik turlarini birlashtiradi.Paleozoyda yashagan o'simliklarni bugungi kunda ham ko'rish mumkin. Paleozoy taxminan 570 million yil oldin boshlanadi va eng yirik quruqlik o'simliklari paydo bo'lganda, bundan oldin faqat suvda hayot mavjud bo'lgan va yashil suv o'tlari paydo bo'lgan.
Biz qadrlashimiz mumkin bo'lgan va paleozoyda paydo bo'lgan o'simliklar orasida paporotniklar, turli avlod ignabargli o'simliklari (Pinus, Araucaria, Cupressus va boshqalar), shuningdek, siz hali ham o'sha davrdagi boshqalarni bilishingiz mumkin. Ular boshqa ekologik noqulayliklar tufayli moslasha olmagani, rivojlana olmagani yoki yashay olmagani uchun yo'q bo'lib ketishdi.
Suv va quruqlik o'simliklari paydo bo'lganligi sababli ular ushbu ekotizimlarda muhim rol o'ynaydi va ular bilan tirik mavjudotlar yaqin aloqada bo'ladi, chunki o'simliklar tirik mavjudotlar nafas olishi uchun kislorod ishlab chiqarishga yordam beradi, ular haroratni nazorat qiladi, chuchuk suvning to'planishiga yordam beradi, ifloslantiruvchi gazlarni filtrlash, bu va boshqa sabablarga ko'ra biz xabardorlikni oshirishimiz va o'simliklarni himoya qilishimiz kerak.
O'simliklarni himoya qilish usullari xilma-xildir, ulardan ba'zilari o'simliklarning mo''jizalari, ular qanday o'stirilishi, ekish yaxshiroq bo'lgan joylar haqida bir oz ko'proq ma'lumotga ega, dalalardan va qo'riqlanadigan tabiiy hududlardan olingan o'simliklarni sotib olishdan saqlaning. Va, shaharlarning atrof-muhit sharoitlariga yaxshiroq moslashgan ko'chatxonalar va issiqxonalarda o'simliklarni sotib olish yaxshiroqdir. Sayyorada yo'q bo'lib ketish xavfi ostida turgan ko'plab o'simliklar mavjud bo'lib, ular tadqiqotchilar va sezgilarga ko'ra, Jahon tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) 1997 yilda nashr etilgan asarida u dunyoning holati va uning geografik tarqalishini tasvirlab bergan 33.000 XNUMX o'simlik. Yo'qolib ketish xavfi ostida turgan turlar ko'plab mamlakatlarni floristik inventarlarni tuzishga va dunyoning turli mamlakatlari florasining tahdid sharoitlarini bilishga olib kelgan dastlabki qadam edi. Quyida misol keltirilgan.
1- rasm.Vera chivin qopqon
Hasharotlarni ushlaydigan o'simlik Venera pashshasi (Dionaea mushaklari), hasharotlar va o'rgimchaklar bilan oziqlanish orqali mahalliy aholi va paxtakorlar tomonidan yirtqich o'simlik sifatida aniqlanadi. Hozirda bu Venera chivinli o'simligi "Yo'qolib ketish xavfi ostidagi zaif holat" toifasiga kiritilgan.
Venera pashshasi - bu yer ostida o'sadigan va rivojlanadigan kalta lampochka shaklidagi poyaga ega bo'lgan kichik o'simlik. Bu lampalardan taxminan to'rt dan sakkiztagacha barglar chiqadigan rozet bor. Uning lampalari 10 santimetrga yetishi mumkin. Har bir varaq ikki qismga bo'lingan. Bir qismida fotosintez sodir bo'ladigan petiole va boshqa qismida hasharotlar va o'rgimchaklarni ushlash mexanizmiga ega bo'lgan ikkita lob rivojlanadi. O'z kelib chiqqan joyida u taxminan 30 yil yashashi mumkin.
Meduza daraxti
Bu meduza daraxti (Medusagyne oppositifolia) Medusagynaceae oilasiga mansub bo'lib, hozir eskirgan va hozir Ochnaceae oilasiga joylashtirilgan. Bu Seyshel orollari guruhiga kiruvchi Mahe orolining mahalliy o'simlikidir. 1970-yillargacha Meduza daraxti yoʻqolib ketgan tur hisoblanib kelindi, toki u qayta kashf qilinmaguncha. Hozirda u yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlar toifasiga kiradi.
Marjon daraxti turlari
Marjon daraxti (Eritrina kofrasi), dukkaklilar oilasidan Janubiy Afrikadan kelgan o'simlik. Bu qizil qizil qandilga o'xshash gullarga ega bo'lgan daraxt, shuning uchun uning umumiy nomi. Magistral po‘stlog‘i silliq, shoxlarida qora chig‘anoqlari bor. Bu sovuqqa toqat qilmagani uchun issiq mamlakatlarda turli iqlim sharoitlariga moslashgan daraxtdir. U yo'qolib ketish xavfi toifasiga kiradi.
Jade gul
Jade Flower zavodi (Strongilodonli makrobotrys), toqqa chiqadigan o'simlik bo'lib, Jade, Jade Flower, Emerald Vine kundalik nomlari bilan mashhur. Bu gullarning chiroyli firuza rangi tufayli bezak maqsadlarida ishlatiladigan o'simlikdir. Bu Filippinning tropik o'rmonlaridan kelib chiqqan o'simlik. IUCN ma'lumotlariga ko'ra, u tabiiy yashash joylari vayron bo'lganligi va ko'payishi va ko'payishi qiyin tur bo'lganligi sababli yo'q bo'lib ketish xavfi ostida.
Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) kamyoblik maqomi va yoʻqolib ketish xavfiga koʻra quyidagi kategoriyalarga mansub boʻladi:

Kategoriya 0 – (“Ehtimol yoʻqolib ketgan”);


Kategoriya 1 – (“Yoʻqolib ketish arafasida”);
Kategoriya 2 – (“Miqdori va/yoki tarqalishi kamayib ketayotgan”);
Kategoriya 3 – (“Kamyob”);
Kategoriya 4 – (“Maqomi aniqlanmagan”);
Kategoriya 5 – (“Tiklangan yoki tiklanayotgan”).
Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va oʻsimliklarning davlat kadastri qonunchilikda belgilangan tartibda Fanlar akademiyasi tomonidan yuritiladi.

2 -rasm.Pokemeboy (Akasiya anegadensis)
Turlar akatsiya anegadensis, pokemeboy yoki poke-me-boy umumiy nomi bilan ma'lum bo'lib, u ko'p tikanlari yoki tishlari bo'lgan buta bo'lib, Britaniya Virjiniya orollaridagi Anegada orolida tug'ilgan, shuning uchun turning lotincha nomi. Hozirgi vaqtda u yo'qolib ketish xavfi ostida turgan turlar ro'yxatiga kiritilgan.
Hozirgi vaqtda bu tur IUCN tomonidan jiddiy xavf ostidagilar qatoriga kiritilgan. Bu uning tabiiy yashash joyining kichik o'lchamlari bilan bog'liq, taxminan 10 kvadrat kilometr, mehmonxonalar va xususiy uylar qurilishi tahdidi ostida. Bu iqlim o'zgarishidan juda salbiy ta'sir ko'rsatadigan tur, chunki u dengiz sathidan atigi 8 metr balandlikda tug'iladi va agar iqlim o'zgarishi tufayli dengiz sathi ko'tarilsa, unga ta'sir qiladi.
Boshqa turlarning populyatsiyasi akatsiya anegadensis, Quddusda topilgan, baxtga yoki yo'qmi, dengiz sathi tufayli muammolardan uzoqda va Milliy bog' deb e'lon qilingan hududda himoyalangan holda o'sadi va milliy bog'larda tabiatni muhofaza qilish qoidalariga ko'ra, u e'lon qilinganidan keyin yangi qurilish taqiqlanadi. Ushbu daraxtning turlari Tortola shahridagi JR O'Neal botanika bog'ida yetishtiriladi.
To'rt bargli yoncha
To'rt bargli yoncha deb nomlanuvchi bu o'simlik uch bargli yoncaning noyob turidir. Ko'rinib turibdiki, bu jinsning boshqa turlari Marsilya sp. Ular nam muhitda, shuningdek, suv bosgan joylarda o'sadigan va rivojlanadigan paporotniklarning bir turi. Bu an'anaga ko'ra, uni olganlar uchun omad bilan bog'liq bo'lgan o'simlik. Uning yo'q bo'lib ketish xavfi qishloq xo'jaligi va gidrotexnika inshootlarining kengayishi tufayli tabiiy muhitning vayron bo'lishi bilan bog'liq.
Tenerifedagi Ming yillik Drago
Daraxt turlari Drago Milenario de Tenerife (Dracaena Draco Canariensis), Uning balandligi taxminan 16 metr balandlikda va magistralning aylanasi diametri 20 metrni tashkil qiladi. Ushbu namuna Tenerife orolida, Ispaniyaning orol hududlarining bir qismi bo'lgan Icod de los Vinosda joylashgan. Bu daraxt 1917-yilda Tabiat yodgorligi deb eʼlon qilingan va 23-yil 2017-fevralda bu eʼlon qilinganiga 100 yil toʻldi.
2.3.o’zbekiston “Qizil kitobi”, muhofazaga muhtoj o’simlik turlari haqida.
O’zbekiston florasi bo’yicha mamlakatimizda tarqalgan o’simlik turlari 4230 tur, 1026 turkum 145 oiladan tarkib topgan. 4230 turdan 429 turi madaniy holda ekilib kelinadi. Qolgan 3737 turi esa tabiiy holda tarqaladi. Shundan 390 tur yoki umumiy turni 12 foizi endemik turlardir.
Turlarning hosil bo’lishi va ularning yo’qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo’lib, yerda geologik sharoitlarning o’zgarishiga ham bog’liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o’simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta’sirlari natijasida yo’qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yerlarning, orollarning va kontinentlarning o’zlashtirilishi natijasida butun sayyora
Masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
O’simlik va turlarining tobora yo’qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug’dirmoqda.
1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda “qora ro’yxat”ni chop etdi, unda batamom yo’qolib ketgan hayvonot turlari ro’yxati keltirilgan. Jahon “Qizil kitobi” 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq sssrda ham “Qizil kitob” 1979 yilda chop etildi. “Qizil kitob” 1979 yilda chop etildi. “Qizil kitob” xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo’qolib ketayotgan o’simlik va hayvonlarning turlari to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
O’zbekiston o’simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo’lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o’simliklar, zamburug’lar va suvo’tlari esa 11000 atrofidadir.
O’zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o’simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko’pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo’lib, ular o’zbekiston florasining 10-12 % ni tashkil qiladi.
O’zbekiston florasining yo’qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur “Qizil kitob” ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi “Qizil kitob”da esa (1998) kiritilgan o’simlik turlarining soni 301 taga yetdi.
Ta’kidlash lozimki, “Qizil kitob”ga kiritilgan o’simliklar ro’yxati yildan-yilga aniqroq bo’lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo’lamiz. O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitob” ida o’simlik turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfabit bo’yicha ro’yxatga olingan va har bir o’simlik ko’rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o’z navbatida noyob va yo’qolib borayotgan o’simlik turlari to’g’risida keng omma tomonidan aniq tasavvurga ega bo’lishlariga yordam beradi.
“Qizil kitob” muhofaza choralarini kuchaytirish, qo’riqxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yovvoyi o’simliklar bilan savdo-sotiqni tartibga solishda littsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo’yadi. Umuman, bu kitob barcha o’simlik va hayvonot muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan muhim xujjat hisoblanadi. Kitobga kiritilgan o’simlik turlari 4 kategoriyaga bo’lingan: “O” maqomi berilgan o’simlik turlari yo’qolgan yoki yo’qolish arafasida turgan o’simliklardir.
“1” maqomidagi o’simliklar turlari esa yo’qolib borayotgan turlardir. Bunga yo’qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o’simlik turlari kiritilgan.
“2” maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma’lum kichik maydonlarda o’ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo’qolib ketishi mumkin bo’lgan va ularning saqlanishini ta’minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.
“3” maqomidagi o’simlik turlari kamayib borayotgan o’simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o’simlik turlari ma’lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki antropogen omillari ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.
O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob va yo’qolib borayotgan, inson muhofazasiga muhtoj o’simlik turlari to’g’risidagi ma’lumotlar matnlari o’zgartirishlarsiz kiritildi.
Qizil kitobi kiritilgan o’simliklardan foydalanish to’g’risida»gi qonuni qabul qilingan. O’simliklar- tabiatning eng muhim boyligi bo’lib, biosferada katta ahamiyatga ega.
O’simliklar avvalo tuproq qoplamini himoya qiluvchi va unimdorligini oshiruvchi, daryoning suv rejimini tartibga soluvchi, havoni toza saqlovchi, iqlimga faol ta’sir etuvchi inson hayoti uchun normal gigenik sharoit yaratib beruvchi foydali hayvonlar va qushlar uchun boshpana bo’luvchi, chorvachilikni yem xashaklar bilan ta’minlovchi, kishilarni dam oldiruvchi qimmatli dorivor moddalarni olishga imkon beruvchi universal tabiiy resursdir. O’simliklar tiklanuvchi, ammo tugaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Shuning uchun o’simliklar dunyosidan foydalanishda oldindan ularni saqlash va tiklash chora tadbirlarini ko’rib qo’yish kerak.
Viloyatimizning o’simlik qoplami antropogen omilning ta’siri natijasida juda o’zgarganligi va kambag’allashganligi nuqtaiy nazaridan ham uni boyitish va tiklash muhim ahamiyatga ega. Farg’ona viloyati xududida cho’l, adir va tog’ o’simliklari rivojlangan. Viloyatdagi o’rmonzorlarning 90 foizi tekisliklarga, qolgani tog’larga to’g’ri keladi.Tekislikdagi o’rmonzorlar vodiy va cho’l o’rmonlariga bo’linadi.o’zbekiston Qizil kitobi kiritilga o’simliklar.
Cho’l o’rmonlari saksovul, juzg’un, qandim kabilardan iborat bo’lib, ular juda katta xududni shamol erroziyasidan himoya kiladi, lekin tabbiiy cho’llarning o’zlashtirilishi antropogen omil ta’siri natijasida o’simlik dunyosi qirilib ketmoqda. Viloyat o’rmonlari daryo vodiylaridagi to’qayzorlardan, aholi yashaydigan xududlar, suv inshoatlari, ekin maydonlari va yo’llar atrofidagi ixota daraxtzorlaridan iboratdir. Keyingi yillarda to’qayzorlar, aholi xududlaridagi, ham da kanallar va dalalar atrofidagi daraxtzorlar maydoni keskin qisqarib ketdi.
Viloyat xududidagi tut ipak qurtining asosiy xom ashyosi hisoblangan tut daraxti kesilishi natijasida hozirgi kunda qariyb 35 foizga tushib qolgan.
Farg’ona viloyati bo’yicha esa 1350 turi tarqalgan bo’lib, shundan 551 tur cho’lda, 498 tur adirda, 785 tur tog’da tarqalgan. Hozirgi kunda 400 o’simlik turi muhofazaga muhtoj endemik va relikt turlardir. Bular orasida yo’qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur o’simlik o’zbekiston respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan.
O’simliklar resurslaridan foydalanish jarayonida dolzarb muammolar, chunonchi yaylovlarning turli sabablariga ko’ra kamayib borayotganligi, cho’llarda ko’chma qumlarning ko’payib borayotganligi, yaylovlarning nefьt mahsulotlari, xo’jalik va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi, sizot suvlari sathi ko’tarilishi tufayli yerlarning buzilishi, yaylovlarning cho’lga aylanishi, tog’ oldi va tog’ yaylovlarida erroziyaning kuchayishi, to’qayzorlarning yo’qolib borish, tog’ yon bag’rlarida yaylovlardan noto’g’ri foydalanish va daraxt va butalarni qirqish, pichan o’rishni pala-partish tashkil qilish tufayli surilma va sellarning keng miqyosida kuchayishi va boshqa muammolar paydo bo’ldi.o’zbekiston Qizil kitobi kiritilga o’simliklar.
Vujudga kelayotgan muammolar zanjiri cho’l, tog’oldi va tog’lardagi yaylovlardan oqilona foydalanilmayotganligi, yaylovlarning mahsuldorligini barcha joylarda baravariga oshirilmayotganligidan darak beradi. Shuning uchun turli xodisalar yuz berib, buning yaylovlarning bir qismi foydalanishdan chiqib qolmoqda yoki mahsuldorlik xaddan tashqari kamayib ketmoqda. Ushbu muammolarning tez va to’lig’i bilan hal qilish avvalo yaylovlardan ehtiyojga yarasha foydalanishni tashkil qilish, yaylovlarga vaqti-vaqti bilan dam berib, ularni qayta tiklanishiga imkoniyat yaratish, saksovul, cherkez, qandim quyonsuyak kabi butalarni qirqilishini qat’iyan man etish, katta maydonlarda agrofitotsenozlar yaratish, buzilgan yaylovlarni qayta tiklash ishlarini amalga oshirish kerak. Tog’ oldi va tog’lik zonada, yaylovlarda, yangi nihollarni ekish, yangi o’rmonlarni yaratish kerak.
Quvasoy adrlarining namligi bo’lgan xududlarda ularning floristik ko’rsatkichlari ancha kamaygan holda uchraydi. Shuningdek, efemer o’simliklar senotipi jamoalari ajralgan holda tarqalgan. Ammo, adirlarning keyingi yillarda tezkorlik bilan o’zlashtirilishi bu o’simliklar arealining qisqarishiga olib keldi.
Vodil atrofida «Antropogen» o’simliklar jamoasi yuzaga kelgan. Yangiobod, Yoshlarobod xududlarida o’simliklar jamoalarining yuqori pog’onasiga asosan o’rik, shaftoli, olma turlaridan, pastki pog’onasida shuvoq turkumiga taaluqlilaridir. Suvsizlik natijasida yangi shakllangan daraxt va butalar ancha achinarli holga kelgan, shuvoqlar esa moslashgan suvsizlikka moslashgan.
Vodil atrofii keyingi yillarda daryo suvi toshqini natijasida tabiiy shuvoqzorlar, xaprizorlar, na’matakzorlar yoppasiga yuvilib ketmoqda. Ayrim shifobaxsh o’simliklar formatsiyalari qisqarib ketdi. Masalan: xarpi, choyo’t, limon o’t, kovrak, tog’rayxon, mavrak va x.k. Ya’ni tabiiy ekosistemalar elementlarining zaxiralari kamayishiga olib kelmoqda.
Markaziy Farg’ona o’simliklari cho’l mintaqasining qumli, sho’rxokli va gipsli qismlariga, nisbatan o’simliklarni o’sish va rivojlaanishi uchun xar tomonlama qulay sharoitga ega. Shuning uchun ham bu yerlarda tarqalgan o’simliklarning hayot shakillari ham xilma-xil bo’lishi shubxasiz.o’zbekiston Qizil kitobi ga kiritilgan va kiritilishi lozim bolgan o’simliklar. .
Olib borilgan izlanishlar va to’plangan materiallarni tahlil asosida viloyat xududidagi to’qayzorlarda 46 oilaga mansub 140 turkum 209 o’simlik turi o’sayotgani ma’lum bo’ldi.
Hayot shakllari tahlil qilinganda ularning 7 turi daraxt, 14 turi buta, 3 turi chala buta, 98 turi ko’p yillik va 77 ta tur bir yillik o’simlik, 4 ta churliaxa va 6ta tur tekinxo’r o’simliklar ekanligi ma’lum bo’ldi.
Bu yerda tarqalgan 46 oiladan eng ko’p turga boy bo’lganlari qatoriga boshoqdoshlar (21turkum, 42 tur), murakkabguldoshlar (21turkum, 36 tur), karamdoshlar (12 turkum,14 tur), dukkakdoshlar (8 turkum, 12 tur), sho’radoshlar
(7 turkum, 10 tur) ni kiritish mumkin. Qolgan oilalar esa 4-5, ko’pchiligi 1-2 turga ega.To’qay o’simliklari orasida xalq xo’jaligi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan turlar ham oz emas. Ular foydali xususiyatlarga ko’ra sinchiklab o’rganish asosida umumiy turdan 141 turi yem-xashak bo’ladigan, 52 turi shifobaxsh, 21 turi efir moyli, 98 turi asal beruvchi, 94 turi alkaloidli, 28 turi oshlovchi moddali, 26 turi bo’yoqbop, 4 turi yog’och beruvchi, 12 turi oziq-ovqat bo’ladigan o’simliklar ekanligi nisbiy holda ma’lum bo’ldi.
Farg’ona viloyatida qamish formatsiyasi 4 ta, qizilmiya formatsiya 3 ta, turong’il formatsiyasi 3 ta, yulg’un formatsiyasi 4 ta, yantoq formattsiyasi 3 ta, sho’ra-ajiriq formatsiyasi 2 ta, qo’g’a farmatsiyasi 2 ta, oqbosh formatsiyasi 2 ta, qora saksovul formatsiyasi 5 ta assotsatsiya hosil qilgan. Qolgan joyda, savogich, qalam, kumush jangal, tol, ajiriq, qamish, botauk, kakra kabi o’simliklar qadimdan bundan 50 yil oldin keng tarqalgan.
Qalin bo’lib o’sgan yirik ekosistema hosil qiluvchi o’simliklar bo’lgan, lekin hozirgi kunda ular egallagan maydonlar turli sabablarga ko’ra qisqarib ketgan. Natijada ularni ekosistema hosil qilish imkoniyati asta-sekin yo’qolib bormoqda. Agar to’qay o’simliklarga bo’lgan munosabat ijobiy tomonga o’zgartirilmasa ularni saqlash, ko’paytirish borasida, o’rmon xujaligi xodimlari tomonidan faol ish olib borilmasa noyob o’simliklar asta-sekin yo’qolib borishi shubxasiz. Buning uchun sun’iy ekosistemalar chegarasini kengaytirishga chek qo’yish lozim. Agar madaniy landshaftlar chegarasini to’qayzorlar hisobiga kengaytirib borishga chek qo’yilmasa, kelajakda to’qayzorlardan maxrum bo’lib qolishimiz shubxasiz..o’zbekiston Qizil kitobi ga kiritilgan va kiritilishi lozim bolgan o’simliklar.
Viloyat o’rmonlari, daryo, kanal qirg’oqlarini yemirilib, o’pirilib ketishidan saqlaydi, vohalarni qum bosilishini oldini oladi, tuproq va ekinlarni shamol va suv eroziyasidan saqlaydi, yerlarni melorativ sharoitini yaxshilaydi, havoni kislorod bilan boyitadi, zaxarli gaz va chiqindilardan tozalaydi, shovqinni pasaytiradi, mikroiqlimni yaxshilaydi va nixoyat qurilish uchun yog’och beradi.
Yangi o’zalashtirilayotgan yerlarda tabiiy o’simlik qoplamining yo’qolishi shu joydagi suv balansida keskin o’zgarishlarni vujudga keltiradi. Sug’oriladigan yerlarda kanal va ariqlardagi shimilish miqdori kamaytirilishi ham da sug’orish normasiga amal qilinishiga qaramasdan yer osti suvlarining sathi yiliga 2-6m ko’tarilishi mumkin. Chunki tabiiy o’simliklar, masalan yulg’un, yantoq, shuvoqlar gektariga 5 mingdan 9 ming m3 gacha, madaniy o’simliklardan paxta poliz ekinlari esa 6-7ming m3 suv bug’latadi holos. Viloyatda ko’p joylarda yoppasiga tol va teraklarni o’ylamasdan kesib yuborilishi kanal va kollektorlar yaqinida shimilishini kuchaytirib, yerlarning melorativ holatini yomonlashuviga olib keldi.
Vohalarda qadimdan ko’p ekilib kelgan tol, terak jiyda kabi suvni ko’p bug’latadigan daraxtlar ma’lum joylarda saqlanishi va muhofaza qilish zarur.o’zbekiston Qizil kitobi kiritilga o’simliklar.
Viloyat xududida neogen davirdan qolgan va hozirda saqlanib qolgan relikt o’simliklar (chinor, turong’i pista) bilan birga boshqa xududlardan keltirilgan ilmiy xo’jalik va estetik jihatdan qimmatli bo’lgan o’simliklar (kiparis, kashtan Eldar qarag’ayi va boshqalar) ham o’sadi.
3-rasm.Sargish va qizil lolalar

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin