Dars maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarganishongacha bo'lgan masofani aniqlash usullari, nishonning burchak kattaligi yordamida nishongacha bo'lgan masofani aniqlash, minglik formulasi va uni amalda qo'llash haqida batafsil tushuncha va bilim berish.
Tarbiyaviy: Bilimli, har tomonlama komil farzand bo’lishlari uchun zamin yaratish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni nishongacha bo'lgan masofani aniqlash usullarini, nishonning burchak kattaligi yordamida nishongacha bo'lgan masofani aniqlashni, minglik formulasi va uni amalda qo'llashni bilish malakasini rivojlantirish
Kompetensiyaviy yondashuv: Askarning jangda harakatlanish va jangovar qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi
Dars jixozi: Mavzuga oid ko’rsatmali vositalari, rangli rasmlar, 10-sinf darsligi
Foydalanilgan qo’shimcha adabiyotlar: “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik”darsligi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent 2009 yil. Dars turi: Yangi bilimlar beruvchi va malakalarni shakllantiruvchi.
Dars usuli: A’nanaviy
I.Darsni tashkil etish:a) salomlashish b) davomatni aniqlash. s) o’quvchilarni darsga jalb qilish d) siyosiy daqiqa Siyosiy daqiqada o’quvchilar bilan bugungi kun yangiliklari savol-javob orqali so’raladi. II. O’tgan dars mavzusini mustahkamlash. Uyga topshiriq nazorati. O’tgan mavzuni so’rash.
O’tgan mavzu bo’yicha konspekt
O’tgan mavzuni takrorlash uchun o’quvchilar bilan og’zaki savol javob
o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Reja: 1) Nishongacha bo'lgan masofani aniqlash usullari. 2) Nishonning burchak kattaligi yordamida nishongacha bo'lgan masofani aniqlash