O’tiladigan


Kompetensiyaviy yondashuv



Yüklə 357 Kb.
səhifə34/57
tarix16.10.2023
ölçüsü357 Kb.
#156107
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
4-chorak kunlik

Kompetensiyaviy yondashuv: A1 harbiy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini bajara olish malakasini egallay olish kompetensiyasi


Dars jixozi: Mavzuga oid ko’rsatmali vositalari, rangli rasmlar, 10-sinf darsligi
Foydalanilgan qo’shimcha adabiyotlar: “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” darsligi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent 2009 yil.
Dars turi: Yangi bilimlar beruvchi va malakalarni shakllantiruvchi.
Dars usuli: A’nanaviy
I.Darsni tashkil etish: a) salomlashish
b) davomatni aniqlash.
s) o’quvchilarni darsga jalb qilish
d) siyosiy daqiqa
Siyosiy daqiqada o’quvchilar bilan bugungi kun yangiliklari savol-javob orqali so’raladi.
II. O’tgan dars mavzusini mustahkamlash.

  1. Uyga topshiriq nazorati. O’tgan mavzuni so’rash.

O’tgan mavzu bo’yicha konspekt

  1. O’tgan mavzuni takrorlash uchun o’quvchilar bilan og’zaki savol javob

o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Reja: 1) Tarixiy harbiy dostonlar va ajdodlar o’gitlari.
2) Harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi umumiy vazifasi.
3) Sportchilarimiz erishgan natijalar
Tarixiy harbiy dostonlar va ajdodlar o’gitlari.
Hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan ajdod-avlodlarimiz turli harakatli o‘yinlar, ot o‘yinlari, kurash, dorbozlik, otda poyga, yuk (tosh) ko‘tarish va boshqa ko‘pgina faoliyatlar bilan to‘ylar, bayramlar, milliy marosimlarda qatnashib kelgan. Maxsus maktab yoki o‘rgatadigan uyushmalar bo‘lmasa-da, ular xalq orasida qo‘llanilib kelindi. Aholini, ayniqsa, yosh avlodni jismoniy tarbiyalash, ularni mehnat va mudofaaga qurbi yetadigan darajada kamolotga erishtirish o‘tgan davrlardan amalga oshirilgan. Oilada bolalarni jismoniy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, to‘g‘ri tarbiyalashga jiddiy e’tibor berish o‘zbek xalqining qadimgi ajdodlariga borib taqaladi. «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi o‘nlab dostonlar, «Alpomish», «Qirq qiz» kabi dostonlardagi qahramonlar buning isbotidir. Shuningdek, buyuk sarkarda Amir Temur tuzuklari va Zahiriddin Muhammad Boburning asarlari bebaho ilmiy va badiiy manbalarda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, kurash, otda poyga va boshqa murakkab harbiy amaliy kuch sinash mashqlarini bajarish har bir inson uchun zarurligi ifodalangan.
Amir Temur ta’rificha, «Ishbilarmon lashkarboshi o‘zini va to‘qqiz sipohiy favji (askari)ni bir tandek ko‘rib, ularni qo‘l-oyog‘i, bosh, ko‘kragi va boshqa a’zolarini ishlatib kurashuvchi bir pahlavondek hisoblasin». Bu, o‘z navbatida, jangovarlik va chiniqish ilmini o‘rgatishdan iboratdir.



Yüklə 357 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin