Otning ma’nosi va grammatik belgilari



Yüklə 170 Kb.
səhifə3/15
tarix28.11.2023
ölçüsü170 Kb.
#167874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-ma\'ruza

Savol va topshiriqlar:

              1. Boshqa turkumlardan atoqli otga o‘tgan so‘zlarga misollar ayting.

              2. Aniq va mavhum otlarni qanday farqlaysiz?

              3. Jamlovchi va yakka otlarga misollar toping.

              4. Otlar doimo nutqda qanday shaklda ishlatiladi?

              5. Otlarning ko‘plik formasi qanday yo‘llar bilan yasaladi?

              6. Qanday otlar ko‘plik shaklda ishlatilmaydi?

              7. Leksik-sintaktik yo‘l bilan ko‘plik qanday hosil bo‘ladi?

              8. Shaxs oti va shaxs nomi o‘zaro farqlanadimi?

Otlarda son va egalik kategoriyasi
R E J A:
1. Son kategoriyasi.
2. Birlik va ko‘plikda ishlatiladigan otlar.
3. Egalik kategoriyasi.
4. Egalik bilan bog‘liq fonetik hodisalar.
TAYANCH SO‘ZLAR: kelishik formasi, grammatik aloqa, analitik forma, asosiy kelishik, vositali kelishik, belgili shakl, belgisiz shakl, qisqargan forma, sintaktik aloqa, sintaktik vazifa, sinonimiya, omonimiya, ko‘makchi, sintaktik shakl yasovchi.
Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 11, 15, 20, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 39, 40, 41, 44, 45.
Ot turkumi uchun xos asosiy va doimiy grammatik kategoriyalar son va kelishik kategoriyasidir. Chunki affiks olmagan holatda ham otlar son va kelishik ma’nosini ifodalaydi: kitob, bola, paxta (birlik son va bosh kelishikda). Egalik kategoriyasi haqida shu grammatik kategoriyaning affiksi bor hollardagina gapirish mumkin. Demak, egalik kategoriyasiga xos grammatik ma’no har bir ot uchun doimiy emas. Masalan: shahar, shaharlar, shaharlarda – bir so‘zning uch grammatik shakli; tarkibidan qat’i nazar bularning har birida grammatik son va kelishik ma’nosi ifodalangan (birlik va bosh kelishik, ko‘plik va bosh kelishik, ko‘plik va o‘rin-payt kelishigi). Egalik ma’nosi shunday ma’noni bildiruvchi affiks qo‘shilsagina ifodalanadi: shaharim, shaharlarim, shaharlarimizda kabi. Demak, ot turkumi uchta grammatik kategoriyaga ega: 1) son; 2) egalik; 3) kelishik.
Ot turkumidagi ushbu kategoriyalarning joylashuvida ham qat’iy tartib mavjud: o‘zak+ko‘plik+egalik+ kelishik (ona-lar-imiz-ga).

Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin